Raximov Abdulla Rustamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan erlarda qattiq bug‘doy intensiv navlarining hosildorligi va don sifatiga ekish muddatlari hamda o‘g‘itlash me’yorlarining ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx148.

Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin Xalilovich,qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoshimov Ibrohim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qattiq bug‘doy navlarining biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati hamda ma’danli o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qattiq bug‘doy navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda etishtirish texnologiyasi elementlari (ekish muddati va o‘g‘itlash me’yorlari) takomillashtirilgan;

sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitlarida qattiq bug‘doy «Krupinka» navi oktyabrning birinchi o‘n kunligida ekilganda ma’danli o‘g‘itlar N210Pl47Kl05 kg/ga, «Makuz-3» navi oktyabrning ikkinchi o‘n kunligida ekilganda N180Pl26K90 kg/ga qo‘llash maqbulligi asoslangan;

qattiq bug‘doy navlari urug‘lari erta (1.10) muddatda ekilganda kuzgi o‘suv davrida harorat yig‘indisi 678,6 dan 792,0 °S gacha bo‘lib, bunday harorat yig‘indisida biologik bahorgi navlarining er ustki vegetativ massasini me’yoridan ortiq o‘sib ketishi natijasida sovuqdan zararlanishi aniqlangan;

kech (1.11) muddatda ekilganda harorat yig‘indisi 252,4 dan 296,0 °S gacha bo‘lib, kuzgi vegetatsiya davri yakuniga qadar maysalarning to‘liq unib chiqmasligi, o‘simliklarda tuplanish tugunining rivojlanmasligi va tuplanmasligi isbotlangan;

qattiq bug‘doy navlarining kuzgi va bahorgi o‘suv davri, rivojlanish fazalari davomiyligi, tup qalinligini maqbullashtiradigan, siyraklanishini hamda o‘simliklarning yotib qolishini kamaytiradigan maqbul ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari ishlab chiqilgan;

kuzgi ekish muddatlarida qo‘llanilgan ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining qattiq bug‘doy navlari hosil elementlarining shakllanishi, uning strukturasi hamda hosildorligiga va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qattiq bug‘doy navlarining don hosili va sifatiga ekish muddatlari hamda o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

qattiq bug‘doy navlarini etishtirish bo‘yicha «Sug‘oriladigan erlarda qattiq bug‘doy etishtirishga oid tavsiyalar» hamda «G‘alla ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurashga oid tavsiyalar» tavsiyanomalari tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 maydagi 02/021-273-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyalar Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;

qattiq bug‘doyning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, kuzgi ekish muddatlarida ma’danli o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarining maqbullashtirilgan agrotexnologiyasi Samarqand viloyati Tayloq, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlaridagi g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 52 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 maydagi 02/021-273-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qattiq bug‘doy biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maqbul ekish muddatida qo‘llanilgan ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari bo‘yicha gektaridan 8,8–16,2 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;

Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qattiq bug‘doyning biologik kuzgi «Krupinka» navini oktyabrning birinchi o‘n kunligida ekish va gektariga N210P147K105 kg hamda biologik bahori «Makuz-3» navini esa oktyabrning ikkinchi o‘n kunligida ekish va N180Pl26K90 kg/ga hisobida ma’danli o‘g‘itlarni o‘suv fazalari bo‘yicha tabaqalashtirib qo‘llash texnologiyasi 45 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 maydagi 02/021-273-son ma’lumotnomasi). Natijada qattiq bug‘doy «Krupinka» navidan gektariga 71,4 sentner, «Makuz-3» navidan esa 68,1 sentner don hosili olinib, yuqori rentabellik darajasiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish