Zokirov Muxtorali Turdalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston milliy-madaniy makonida til aloqalari (o‘zbek tilidagi o‘zlashmalar misolida)” 10.00.11 – Til nazariyasiyu Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. DSc/Fil 1114
Ilmiy maslahatchi: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
  Rasmiy opponentlar: birinchi rasmiy opponent sifatida Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li filologiya fanlari doktori (DSc), professor; ikkinchi rasmiy opponent sifatida Sultonova Shoxista Muxammadjonovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  uchinchi rasmiy opponent sifatida Shokirov Tugral Sirojovich  filologiya fanlari doktori, professor (Tojikiston). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston milliy-madaniy makonida til aloqalarining shakllanish va rivojlanish mexanizmlarini, tarixiy-manbaviy asoslarini aniqlash, ularning o‘zbek tili taraqqiyotidagi tizimli va dinamik xarakterini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  O‘zbekiston Respublikasida tillararo aloqalarning tarixiy taraqqiyotidagi holatlar qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davr til kontaktlarining qiyosiy-tarixiy tahlili asosida tizimlashtirilib, har bir davrga xos tillararo ta’sirga oid tashqi va ichki omillar, biryoqlama yoki ikkiyoqlama yo‘nalishlar hamda leksik boyish kabi ustuvor lingvistik natijalar dalillangan;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan til siyosati va tillararo munosabatlar ravnaqi, davlat tili maqomi, ikki tillilik, ko‘p tillilik hamda tilni rejalashtirish jarayonlarining bog‘liqligi asoslanib, ularning til aloqalariga ta’siri meyoriy-huquqiy, sotsiolingvistik va funsional-pragmatik tamoyillari aniqlangan;
tillararo aloqalarning asosiy institutsional maydoni bo‘lgan ta’lim jarayonida ko‘ptillilik muhitidagi muloqotning funsional imkoniyatlari va ikkinchi til bilan bog‘liq muammolar, til kompetensiyasini shakllantiruvchi lingvomadaniy omillar, madaniy integratsiya hamda kommunikativ muvozanatni ta’minlashning lingvodidaktik masalalari dalillangan;
o‘zbek tiliga o‘zlashgan leksik birliklar orqali milliy tafakkur, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy ehtiyojlarning semantik transformatsiyasi, funsional moslashuvchanligi aniqlanib, tillararo ta’sir natijasida yuzaga keladigan leksik boyish, terminologik kengayish kabi ijobiy jarayonlar, interferensiya, me’yoriy og‘ish va semantik xiralashuv kabi salbiy holatlar asoslangan;
O‘zbekiston milliy-madaniy makonida o‘zbek tilining zamonaviy taraqqiyoti  til kontaktlari tizimi  doirasida tarixiy-dinamik jihatdan talqin etilgan, uning ko‘p qatlamli, funsional jihatdan boy, areal va umuminsoniy global kommunikativ jarayonlarga moslashgan, ochiq hamda sotsiolingvistik integrativ xususiyatga ega til sifatida shakllangani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston milliy-madaniy makonida til aloqalari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy xulosa hamda natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida tillararo aloqalarning tarixiy taraqqiyotidagi holatlar qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davr til kontaktlarining qiyosiy-tarixiy tahlili asosida tizimlashtirilib, har bir davrga xos tillararo ta’sirga oid tashqi va ichki omillar, biryoqlama yoki ikkiyoqlama yo‘nalishlar hamda leksik boyish kabi ustuvor lingvistik natijalariga oid xulosalardan “O‘zbek va tojik lisoniy aloqasi asoslari” nomli darslikda foydalangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537500-son ruxsatnomasi). Natijada darslikning “O‘zbek til kontaktlari tarixidan”, “O‘zbek tili va uning shakllanish asoslari” paragraflari dissertatsiya natijalariga asoslangan;   
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan til siyosati va tillararo munosabatlar ravnaqi, davlat tili maqomi, ikki tillilik, ko‘p tillilik hamda tilni rejalashtirish jarayonlarining bog‘liqligi asoslanib, ularning til aloqalariga ta’siri meyoriy-huquqiy, sotsiolingvistik va funsional-pragmatik tamoyillari xususidagi xulosalar “Tilshunoslik nazariyasi” nomli darslikda foydalangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 123086-son ruxsatnomasi). Natijada darlikning leksikologiya, leksikografiya hamda glossariy bo‘limlari dissertatsiya ilmiy natijalari hamda ma’lumotlari bilan boyitilgan;
tillararo aloqalarning asosiy institutsional maydoni bo‘lgan ta’lim jarayonida ko‘ptillilik muhitidagi muloqotning funsional imkoniyatlari va ikkinchi til bilan bog‘liq muammolar, til kompetensiyasini shakllantiruvchi lingvomadaniy omillar, madaniy integratsiya hamda kommunikativ muvozanatni ta’minlashning lingvodidaktik masalalariga oid xulosalar “Yazikoznanie (Tilshunoslik)” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-66-son ruxsatnomasi). Natijada kitobning XX-XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari mavzusining ilmiyligi oshgan;
o‘zbek tiliga o‘zlashgan leksik birliklar orqali milliy tafakkur, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy ehtiyojlarning semantik transformatsiyasi, funsional moslashuvchanligi aniqlanib, tillararo ta’sir natijasida yuzaga keladigan leksik boyish, terminologik kengayish kabi ijobiy jarayonlar, interferensiya, me’yoriy og‘ish va semantik xiralashuv kabi salbiy holatlarga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihada foydalangan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-dekabrdagi 04/1-6076-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan ishlar yangi ilmiy tahlillar va xulosalar bilan boyitilib, loyihaning ilmiy-nazariy ahamiyati ortgan;
 O‘zbekiston milliy-madaniy makonida o‘zbek tilining zamonaviy taraqqiyoti  til kontaktlari tizimi  doirasida tarixiy-dinamik jihatdan talqin etilgan, uning ko‘p qatlamli, funsional jihatdan boy, areal va umuminsoniy global kommunikativ jarayonlarga moslashgan, ochiq hamda sotsiolingvistik integrativ xususiyatga ega til sifatida shakllanganiga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori” nomli innovatsion loyihada foydalangan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-dekabrdagi 04/1-6075-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish