Xolmatov Shaxriyor Zoxidjon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tilidagi mahkumlar nutqiga xos argotizmlarning leksik-semantik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6633
Ilmiy maslahatchi: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
  Rasmiy opponentlar: birinchi rasmiy opponent sifatida Sulaymanova Nilufar Jabbarovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; ikkinchi rasmiy opponent sifatida Satimova Dilafruz Numonjonovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi qamoqxona argolarini leksik-semantik birlik sifatida o‘rganish, jinoyat olami va argolarning o‘zaro bog‘liqligi asosida ularning tematik va submadaniy, derivatsion va funksional jihatlarini tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  o‘zbek va ingliz tillarida argo va uning evolyusiyasi, argolarning tizimli tarzda paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-tarixiy omillar ilmiy jihatdan asoslangan; 
o‘zbek va ingliz tillarida mahkumlar nutqidagi 900 ga yaqin leksik va frazeologik birliklar tahlilga tortilgan hamda ularning 679 tasi 19 ta tematik guruhlarga ajratilgan; 
o‘zbek va ingliz tilidagi mahkumlar argolarining o‘ziga xos deritvatsion-funksional jihatlari (qofiyali ekvivalent so‘z, blending (chatishuv), teskari sleng, qisqartirishning turli usullari) qiyosiy chog‘ishtirma metod orqali yoritilgan; 
o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy matnlarda, xususan ham nasriy ham nazmiy manbalarda argo qo‘llanilishi va argolarni badiiy asar tarkibida tarjima qilish muammolari va ularning echimlari ilmiy asoslar orqali dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada aks etgan ingliz va o‘zbek tillaridagi argo, jargon va slengning farqli jihatlari ko‘rsatib berilganligi badiiy asar tarjimasi muammosiga qaratilgan xulosalar va natijalar Farg‘ona tumani 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2025-yil 5-iyundagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro loyihaning ingliz va o‘zbek tillaridagi argo tushunchasining o‘xshash va farqli jihatlari yuzasidan nazariy asosi mustahkamlangan. 
Ikkilamchi nominatsiya va uning lug‘atlarda aks etishi, qayta nomlash tushunchalarining tavsifi, tarjimada argolar sabab yuzaga keladigan muammolar va ularni oldini olishga doir taklif va xulosalardan 2021-2023-yillarda faoliyat olib borgan “Musiqa va san’at o‘quv muassalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi 2025-yil 4-iyul`dagi 282-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek raqslari, raqs liboslari, va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda nominatsiyaga oid xulosalar bilan boyitilgan. 
Argolar va submadaniyatning o‘zaro aloqadorligi, badiiy asar tarkibida argolardan foydalanishga doir xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-iyul`dagi 26-36-1015-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ssenariylari nazariy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish