Qudratova Muborak Shuxratovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Asqar Mahkam she’riyati poetikasi” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3340
Ilmiy rahbar: Rajabova Ma’rifat Baqoevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Sharipova Laylo Frunzeevna filologiya fanlari doktori (DSc); Axmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Asqar Mahkam poetik olamini yaxlit butunlik sifatida tadqiq etish va shoirning ijtimoiy-siyosiy voqelikni badiiy gavdalantirishdagi mahoratiga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Asqar Mahkamning poetik mahorati takomiliga ta’sir etgan omillar tahlil etildi va shular asosida ijodiy ta’sir va individual uslub qirralari aniqlangan;
Asqar Mahkam she’riyatida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli fikrlash tadriji hamda falsafiy fikrlash uslubining o‘ziga xosligi dalillangan;
she’riy matnda poetik obraz va badiiy matn serqatlamligini ijodkor shaxsi va falsafiy konsepsiyasi bilan uyg‘unlikda tekshirilgan;
Asqar Mahkam lirikasida badiiy talqin qilingan mavzu va poetik g‘oyalar, an’anaviy motiv va shoir poetik olamining o‘ziga xosligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asqar Mahkam she’riyati poetikasini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Asqar Mahkamning poetik mahorati takomiliga ta’sir etgan omillar, shu asosda ijodiy ta’sir va individual uslub qirralari, shoir she’riyatida shakl va mazmun uyg‘unligi, obrazli va falsafiy fikrlash tadriji hamda uslubining o‘ziga xosligi, ilohiy-irfoniy mavzu tadriji, poetik obraz va badiiy matn serqatlamligi, badiiy uslub hamda shakliy-ifodaviy vositalarning o‘ziga xosligi dalillangan xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2024-yilda bajarilgan AL-662204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (2025 -yil, 30 yanvardagi № 01-04/670-son ma’lmotnoma). Natijada ijodkorlarning ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratishda shoirlar she’riyati poetikasi bo‘yicha ilmiy-nazariy fikrlar muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyadagi zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik tafakkurning yetakchi tamoyillari Asqar Mahkam she’riyati poetikasi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ilohiy-irfoniy g‘oyalarning ijodkor shaxsiyati bilan bog‘liqligi, shoirning ijtimoiy-siyosiy voqelikni badiiy gavdalantirishdagi mahoratiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi huzuridagi “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlari jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2025-yil 16-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘garaklarning ilmiy saviyasini oshirishga, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqotdagi ilmiy fikr va qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar”, “Muloqot va munozara” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-yanvardagi 01-09-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, zahirasini yangi manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan.