Xudoyorova Nigora Nuriddinovna
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Navoiy forsiy g‘azallarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari”
10.00.02-O‘zbek adabiyoti ixtisosligi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2734
Ilmiy rahbar Bekova Nazora Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Astanova Gulnora Aminovna; 
Navoiy davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Boltaeva Gulchehra Shokirovna
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy forsiy g‘azallarining mundarijasi, badiiy qurilishi, mavzu va g‘oyalar olamini monografik tarzda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Foniy g‘azallarining badiiy xususiyatlarini o‘rganish jarayonida uning turkiy she’riyati kabi forsiy she’riyati ham g‘azal janrining eng yuksak talablariga javob berishini, ayni vaqtda shoir bu g‘azallari bilan zamonasining dolzarb ijtimoiy-ma’naviy muammolariga qizg‘in munosabat bildirib, bu janr imkoniyatlarini benihoya boyitganligi aniqlangan;
Foniy tatabbu’ yozish an’anasini oddiy uslub emas, balki adabiy oqim darajasiga olib chiqqanligi va shu orqali yangicha yo‘nalishga asos solganligi, tatabbu’navislik jarayonida muxtara’ va ixtiro‘ yaratish ana’anasini boshlab berganligi, boshqalarning g‘azallariga tatabbu’ yozish bilan birga, o‘z g‘azallariga ham tatabbu’ bitish an’analarini yuzaga keltirganligi asoslangan;
shoir bir qator ustozlarining o‘ziga manzur bo‘lgan nafis asarlarini saralab, ular bilan ijodiy bellashuvga kirishganligi, ular yaratgan g‘azallarning ma’no-mazmuni, g‘oyasi, tuzilishi, ohangiga juda katta e’tibor berganligi va shu yo‘nalishda yozilgan tavr g‘azallarida yangicha sarlavhalar qo‘llab, betakror lirik manzaralar hamda o‘ziga xos ifoda uslublari yaratganligi  dalillangan; 
Foniyning muxtara’ g‘azallarida lafziy va ma’naviy san’atlarining o‘rni, o‘sha davr fors-tojik yozma adabiyotida qo‘llanilmaydigan so‘zlar ishlatilganligi va ular orqali she’riyatning mazmuni, leksikasini boyitganligi, shoir turkiy asarlarida qo‘llagan muvaffaqiyatli tajribalarini forsiy g‘azallarida ham tatbiq etib, bunda ham yuksak natijalarga erishganligi, salaflari qo‘llagan timsollar, adabiy an’analardan mohirona foydalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Navoiy forsiy she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, mavzu ko‘lami, she’riy janrlar va badiiy tasviriy vositalarning rang-barangligi, ohangdorligi; shoirning poetik mahorati, adabiy merosining yuksak badiiyat bilan sug‘orilganligi hamda turkiy va forsiy xalqlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi alohida o‘rni bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida (2017-2020-y.y) bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishdafoydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 21-sentyabrdagi 353/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy forsiy merosining o‘ziga xos xususiyatlari shoir turkiy merosi bilan hamohang holda ilmiy tasavvur-tushunchalarni boyitishga erishilganligi ilmiy dalillar bilan isbotlangan, g‘azallar tahlilida tatabbu’larga, izdoshlik mahoratiga alohida sahifa ochilganligi asoslangan.
Navoiyning forsiy g‘azallarida vasf etilgan dolzarb ijtimoiy-ma’naviy g‘oyalar, shoir merosining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va uning poetik mahorati yoritilgan ilmiy xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Najot bilimda” ko‘rsatuvida (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-iyundagi 01-15/455-son ma’lumotnomasi) hamda Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasida, “Navoiy-Foniy g‘azallari dillarda mangu’’ ko‘rsatuvida foydanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2022-yil 22-noyabrdagi 267-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabin va tinglovchilarning Alisher Navoiyning forsiy g‘azallari, unda ilgari surilgan umuminsoniy qarashlar bo‘yicha xulosalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Jumladan, dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limida amaliyotda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2025-yil 20-may №2/1 sonli ma’lumotnomasi).
O‘zbekiton Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘iga asosan “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” o‘quv qo‘llanmasida Navoiy forsiy merosining jahon adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. (Vazirlikning 2025-yil 21-avgust 316-sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish