Kobulova Moxinabonu Avazbekovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Online adaptiv ta’lim tizimlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped8214
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatkulova Muyassar Shavkatovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Tillaev Azamat Ibragimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida online adaptiv ta’lim tizimlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida online adaptiv ta’lim tizimlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlanib, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlash va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda inson omilining raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unligini bosqichma-bosqich tashkil etish asosida aniqlashtirilgan;
online adaptiv tizimlar asosida o‘qitish modeli talabalarda raqamli kompetentlikni rivojlantirish, o‘zlashtirish darajasiga mos o‘quv strategiyalarini shakllantirish hamda o‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy faollikni oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi “Adaptiv blok” texnologiyasini onlayn muhitga moslashtirish, o‘quv materialini bloklar bo‘yicha strukturalashtirish, talabalarning raqamli faoliyatiga tayangan holda real vaqt rejimida diagnostika qilish, shaxsiy o‘quv traektoriyalarini avtomatik shakllantirish hamda adaptiv boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
adaptiv onlayn ta’lim tizimlari asosida o‘qitish samaradorligi virtual ta’lim muhiti taraqqiyoti dinamikasini hisobga olgan holda, “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan raqamli axborot resurslari orqali raqamli ko‘nikmalarni mustahkamlash va ijodiy mikromuhitni shakllantirish imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim muassasalarida online adaptiv ta’lim tizimlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi takomillashtirishga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” hamda “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 17-sentyabrdagi, 02/01-01-394-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida raqamli texnologiyalarga oid fanlarning o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
online adaptiv ta’lim tizimlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, o‘quv faoliyatining interaktiv shakllarini yaratish va inson omilining raqamli texnologiyalarga mos integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlashga oid ilmiy xulosalar “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2023-yil 5-dekabrdagi 01/08/643-T-son buyrug‘i asosida berilgan 100304-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada online adaptiv metodikasi aniqlashtirilgan;
adaptiv ta’lim modeli asosida talabalarda mantiqiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, shaxsiy o‘quv traektoriyasini shakllantirish, hamda raqamli muhitda faol hamkorlik qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid yondashuvlar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma tarkibiga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy Universiteti rektorining 2025-yil 27-martda 7-son buyrug‘i asosida berilgan 637-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada adaptiv o‘qitish modelining rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish