Dovidxonov Mahmudxon Muhriddinxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining rivojlanish tendensiyalari”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San366.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmetjanova Muqaddas Vahobovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xolmirzaev Xayitboy Dadaxonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida madaniy diplomatiyasi rivojlanishining asosiy tendensiyalarini ilmiy jihatdan ochib berish, shu asosda ilmiy va amaliy xulosalar chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
madaniy diplomatiyaning ta’lim almashinuvi dasturlari (Fulbright, Erasmus, DAAD va boshqalar) orqali amalga oshirilish mexanizmlari empirik sotsiologik tadqiqot asosida aniqlanib, ta’lim diplomatiyasining “yumshoq kuch” instrumenti sifatida ijtimoiy hamkorlik, madaniy rang-baranglik va multikultural muhitni barqarorlashtirish, shuningdek san’atning tarbiyaviy va integrativ funksiyalari orqali jamoatchilik ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida madaniy diplomatiyaning madaniyatlararo kommunikatsiyani rivojlantirish, milliy madaniy identifikatsiyani targ‘ib qilish hamda davlatning xalqaro madaniy imijini shakllantirishdagi funksional modeli ishlab chiqilib, unda san’atning estetik va kommunikativ funksiyalari madaniy diplomatiyaning muhim ijtimoiy mexanizmlaridan biri sifatida asoslangan;
global ommaviy axborot vositalarining (“BBC”, “Deusche Welle”, “CNN”, “Al-Jazeera”, “VOA”, “TRT World”) madaniy diplomatiyani amalga oshirishdagi kommunikativ mexanizmlari ochib berilib, ularning san’at va madaniy mahsulotlar vositasida jamoatchilik fikrini shakllantirish, odamlar ijtimoiy ongiga ta’sir ko‘rsatish va turli xalqlar madaniyati, san’atiga nisbatan hurmatni shakllantirish orqali davlatlarning xalqaro madaniy imijini yaratishdagi roli dalillangan;
xorijiy pop-madaniy mahsulotlar, xususan kino-seriallar, badiiy asarlar va musiqiy madaniyat ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida madaniy diplomatiyaning noinstitusional vositasi ekani isbotlanib, ularning san’atning kommunikativ, estetik va integrativ funksiyalari orqali madaniy identifikatsiya, madaniy integratsiya va madaniyatlararo kommunikatsiyani shakllantirishda muhim omil sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasi rivojlanish tendensiyalari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi tartibda amaliyotga joriy qilingan:
madaniy diplomatiyaning ta’lim almashinuvi dasturlari (Fulbright, Erasmus, DAAD va boshqalar) orqali amalga oshirilish mexanizmlari empirik sotsiologik tadqiqot asosida aniqlanib, ta’lim diplomatiyasining “yumshoq kuch” instrumenti sifatida ijtimoiy hamkorlik, madaniy rang-baranglik va multikultural muhitni barqarorlashtirish, shuningdek san’atning tarbiyaviy va integrativ funksiyalari orqali jamoatchilik ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari asoslab berilgan xulosa va takliflardan Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ning  19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 22-maydagi 10/295-son dalolatnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishning innovatsion usullari ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida madaniy diplomatiyaning madaniyatlararo kommunikatsiyani rivojlantirish, milliy madaniy identifikatsiyani targ‘ib qilish hamda davlatning xalqaro madaniy imijini shakllantirishdagi funksional modeli ishlab chiqilib, unda san’atning estetik va kommunikativ funksiyalari madaniy diplomatiyaning muhim ijtimoiy mexanizmlaridan biri sifatida asoslangan xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot-tashviqot materiallarining millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik, xorijdagi vatandoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish bilan bog‘liq qismlarini mazmunini boyitishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02-1326-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ushbu faoliyatning nazariy-uslubiy asoslarini yanada takomillashtirishda xizmat qilgan;
global ommaviy axborot vositalarining (“BBC”, “Deusche Welle”, “CNN”, “Al-Jazeera”, “VOA”, “TRT World”) madaniy diplomatiyani amalga oshirishdagi kommunikativ mexanizmlari ochib berilib, ularning san’at va madaniy mahsulotlar vositasida jamoatchilik fikrini shakllantirish, odamlar ijtimoiy ongiga ta’sir ko‘rsatish va turli xalqlar madaniyati, san’atiga nisbatan hurmatni shakllantirish orqali davlatlarning xalqaro madaniy imijini yaratishdagi roli dalillangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining xalqaro yo‘nalishdagi axborot siyosatini takomillashtirish, madaniy-ma’naviy dasturlar mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 04-04-2315-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning madaniy brendini samarali targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
xorijiy pop-madaniy mahsulotlar, xususan kino-seriallar, badiiy asarlar va musiqiy madaniyat ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida madaniy diplomatiyaning noinstitusional vositasi ekani isbotlanib, ularning san’atning kommunikativ, estetik va integrativ funksiyalari orqali madaniy identifikatsiya, madaniy integratsiya va madaniyatlararo kommunikatsiyani shakllantirishda muhim omil sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining O‘zbekistonning madaniy brendi va milliy ruhiy-ma’naviy qadriyatlarini jahon auditoriyasiga etkazish yo‘nalishidagi faoliyatini takomillashtirishda amaliy qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-noyabrdagi 01-03/416-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning nazariy-metodologik bazasini mustahkamlash, mazmun va shakl jihatidan yanada takomillashtirish hamda xalqaro miqyosdagi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish