Rustamalieva Shahnoza Rustamali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlar madaniyati rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San248.
Ilmiy rahbar: Nishonboeva Qunduz Vahobovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonova E’tibor Siddiqovna, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor; Xolmirzaev Xayitboy Dadaxonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar madaniyatining rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillarni aniqlash, ularning ayollarning ijtimoiy faolligi, huquqiy ongi va madaniy dunyoqarashini rivojlantirishga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oilaviy muhit, gender munosabatlaridagi tengsizlik, patriarxal qarashlar, an’anaviy stereotiplar va ta’lim imkoniyatlari bilan bog‘liq cheklovlar kabi ichki omillar hamda mehnat bozoridagi tengsizlik va ijtimoiy makonda uchraydigan diskriminatsiya kabi tashqi omillarning xotin-qizlar ijtimoiy-madaniy faolligiga kompleks ta’siri asoslangan;
ta’lim darajasi, san’atning ta’sir xususiyatlari, kasbiy malaka, huquqiy madaniyat va siyosiy faollik kabi individual resurslar bilan davlat va jamoat institutlarining qo‘llab-quvvatlovi o‘rtasidagi integratsiya xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarining kengayishiga ko‘ra ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishning muhim sharti ekanligi dalillangan;
xotin-qizlar madaniy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oilaviy muhit, ta’ziq, zo‘ravonlik holatlari va ijtimoiy diskriminatsiya, ayollarning madaniy va ma’naviy salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini cheklash kabi omillar ijtimoiy-madaniy stereotiplar, iqtisodiy qaramlik, oilaviy va maishiy yuklamalar, zo‘ravonlik va xavfsizlik masalalariga ko‘ra gender munosabatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
xotin-qizlarning jamiyat madaniy taraqqiyotidagi rolini oshirishda ularning san’at, madaniyat va jamoat ishlaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlar madaniyati rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar masalasi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oilaviy muhit, gender munosabatlaridagi tengsizlik, patriarxal qarashlar, an’anaviy stereotiplar va ta’lim imkoniyatlari bilan bog‘liq cheklovlar kabi ichki omillar hamda mehnat bozoridagi tengsizlik va ijtimoiy makonda uchraydigan diskriminatsiya kabi tashqi omillarning xotin-qizlar ijtimoiy-madaniy faolligiga kompleks ta’siri asoslangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022–2024-yillardagi madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 6-maydagi 02-12-18-2628-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning madaniy-ma’rifiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan madaniy-ma’naviy loyihalar doirasida qo‘llanilgan;
ta’lim darajasi, san’atning ta’sir xususiyatlari, kasbiy malaka, huquqiy madaniyat va siyosiy faollik kabi individual resurslar bilan davlat va jamoat institutlarining qo‘llab-quvvatlovi o‘rtasidagi integratsiya xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarining kengayishiga ko‘ra ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishning muhim sharti ekanligi dalillangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Kinoteatr” telekanalida efirga uzatilgan “O‘zimizning kino” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-apreldagi 03-14-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv sonlarida tadqiqot mavzusiga doir masalalar, hususan, filmlarda oila va ijtimoiy hayotda xotin-qizlar duch kelayotgan muammolar va ularning echimini keng yoritish targ‘ib etilgan;
xotin-qizlar madaniy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oilaviy muhit, ta’ziq, zo‘ravonlik holatlari va ijtimoiy diskriminatsiya, ayollarning madaniy va ma’naviy salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini cheklash kabi omillar ijtimoiy-madaniy stereotiplar, iqtisodiy qaramlik, oilaviy va maishiy yuklamalar, zo‘ravonlik va xavfsizlik masalalari kabi omillar sababli gender munosabatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yildagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 21-noyabrdagi 10/776-son dalolatnomasi). Natijada, markaz tomonidan amalga oshirilgan “Sharq ayoli ma’rifati” loyihasi, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari va ijtimoiy loyihalarda tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar, gender tenglikni mustahkamlash va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarning jamiyat madaniy taraqqiyotidagi rolini oshirishda ularning san’at, madaniyat va jamoat ishlaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yildagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 21-noyabrdagi 10/776-son dalolatnomasi). Natijada, markaz tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarida gender tenglikni mustahkamlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.