Yaxyaeva Sojida Abduraximovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishni takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.DSc/Ped506.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy maslahatchi: Olimov Shirinboy Sharapovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaeva Maqsuda Sultonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kiyamov Nishon Sadikovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ularni amaliyotga joriy etishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishdagi pedagogik qarashlar rivojining tarbiyaviy yo‘nalishlarining imitatsion (obektning xatti-harakati va botiniy jihatlari) va pedagogik xususiyatlarning qiyosiy tipologiyasi aniqlashtirilgan;
aksiologik qadriyatlar va pedagogik faolyatdagi odob-axloq, ilm olish, mehnat va kasb-hunarni egallash, ustoz va shogird (insonparvarlikka xos xususiyatlar) kabi an’analarning genderga yo‘naltirilgan ta’limga pozitiv ta’siri hamda genderga oid qarashlarning qiyosiy tahlili vositasida asoslangan;
ta’lim islohotlari sharoitida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari asosida bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari aniqlangan va tarbiyaviy samaradorligi ilmiy xolislik asosida baholangan;
genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning pedagogik shakllari hamda ularning ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanishning zamonaviy pedagogik-didaktik usullari asosida tashkiliy-tuzilmali modeli ishlab chiqilgan;
genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari tadqiqot mazmuniga mos holda optimallashtirishtirilgan va amaliyotga joriy etishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ularni ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishdagi pedagogik qarashlar rivojining tarbiyaviy yo‘nalishlarining imitatsion (obektning xatti-harakati va botiniy jihatlari) va pedagogik xususiyatlarning qiyosiy tipologiyasi aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universitetining 2024-yil 02-iyuldagi
452-son buyrug‘i, 452-16 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda gender ta’limini takomillashtirish jarayonini o‘rganishning pedagogik va axloqiylik mazmunini anglash, idrok etish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
aksiologik qadriyatlar va pedagogik faolyatdagi odob-axloq, ilm olish, mehnat va kasb-hunarni egallash, ustoz va shogird (insonparvarlikka xos xususiyatlar) kabi an’analarning genderga yo‘naltirilgan ta’limga pozitiv ta’siri hamda genderga oid qarashlarning qiyosiy tahliliga oid taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya fan o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 01/25-A/F-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 01/25-A/F-2/44-raqamli guvohnoma). Natijada oliy ta’lim tizimida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning pedagogik deontologik jihatdan yondashuvni amalga oshirish imkoniyati kengaygan;
ta’lim islohotlari sharoitida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari asosida bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlarini aniqlashga va tarbiyaviy samaradorligini ilmiy xolislik asosida baholashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017091320-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobotbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizimlari” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 04/11-10410-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning pedagogik shakllari hamda ularning ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanishning zamonaviy pedagogik-didaktik usullari asosida tashkiliy-tuzilmali modeli ishlab chiqishga oid amaliy tavsiyalar va tahlillardan “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universitetining 2024-yil 02-iyuldagi 452-son buyrug‘i, 452-16 raqamli guvohnoma). Natijada genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning zamonaviy pedagogik shakllari izohlangan;
genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari tadqiqot mazmuniga mos holda optimallashtirishtirish va amaliyotga joriy etishga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirish zarurati asoslangan taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya fan o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 1105-6090/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari tadqiqot mazmuniga mos holda optimallashtirishtirilgan va amaliyotga joriy etishga oid metodik tavsiyalar pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.