Raxmatov Furqat Abdirazzoqovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarmoq resurslarida axborot xavfsizligi tahdidlarini aniqlash usullari va vositalari”, 05.01.05 - “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T968.
Ilmiy maslahatchi: Musaev Muxammadjan Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Juraev G‘ayrat Umarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi tarmoq resurslarida axborot xavfsizligi tahdidlarini aniqlashni tezlashtirish imkonini beruvchi usul va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoq resurslariga tahdidlar xususiyatlari tahlili asosida hujumlar, shuningdek ular keltirib chiqaruvchi anomaliyalarni tezkor aniqlash imkonini beruvchi muhim belgilar va normal tarmoq trafigidagi og‘ishlarga sezgir parametrlar aniqlangan;
hujumlarning muhim belgilari va normal tarmoq trafigidagi og‘ishlarga sezgir parametrlarni tadqiq qilish asosida normal tarmoq trafigi modeli va tahdidlar turini aniqlash imkonini beruvchi tasniflash qoidalari ishlab chiqilgan;
normal trafik modeli va tasniflash qoidalaridan foydalangan holda hujumlar va ular keltirib chiqaruvchi anomaliyalarni tezkor aniqlashning takomillashtirilgan PNHAD usuli va uning algoritmi ishlab chiqilgan;
PNHAD usuli va sun’iy intellekt modellari asosida tarmoq resurslariga qo‘shma tahdidlarni aniqlash imkonini beruvchi ko‘p bosqichli takomillashtirilgan himoya usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p bosqichli takomillashtirilgan himoya usuli asosida SDN/NFV konsepsiyasiga asoslangan real vaqtda anomaliyalarni aniqlash, tasniflash va avtomatik javob berishni ta’minlovchi tizim arxitekturasi ishlab chiqilgan;
o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida ishlab chiqilgan usullarni turli axborot tizimlariga joriy etish va kengaytirish ssenariylari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarmoq resurslariga tahdidlarni aniqlash usul va vositalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tarmoq resurslariga tahdidlar xususiyatlari tahlili asosida hujumlar, shuningdek ular keltirib chiqaruvchi anomaliyalarni tezkor aniqlash imkonini beruvchi muhim belgilar va normal tarmoq trafigidagi og‘ishlarga sezgir parametrlar asosida yaratilgan dastur “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi portallarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Aprobatsiya  natijalariga ko‘ra, dasturiy vosita DDoS-hujumlarini, XSS-hujumlar va SQL-ineksiyalarni samarali aniqlagan hamda o‘rtacha 98.6 foiz aniqlikni ko‘rsatgan;
hujumlarning muhim belgilari va normal tarmoq trafigidagi og‘ishlarga sezgir parametrlarni tadqiq qilish asosida normal tarmoq trafigi modeli va tahdidlar turini aniqlash imkonini beruvchi tasniflash qoidalari asosida yaratilgan dastur “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati portalining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Aprobatsiya natijalariga ko‘ra, dasturiy vosita tarmoq resursiga bo‘lgan hujumlarni aniqlashda yolg‘on rost (FP) darajasi esa 2.1 foizni tashkil etgan.
normal trafik modeli va tasniflash qoidalaridan foydalangan holda hujumlar va ular keltirib chiqaruvchi anomaliyalarni tezkor aniqlashning takomillashtirilgan PNHAD usuli va uning algoritmi asosida yaratilgan dastur “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi portalining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Natijalariga ko‘ra, dasturiy vosita DoS/DDoS turkumiga mansub hujumlarni aniqlashda o‘rtacha reaksiya vaqti 20 millisekunddan kam ko‘rsatkichni tashkil etgan.
PNHAD usuli va sun’iy intellekt modellari asosida tarmoq resurslariga qo‘shma tahdidlarni aniqlash imkonini beruvchi ko‘p bosqichli takomillashtirilgan himoya usuli asosida yaratilgan dastur “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati portalining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Sinovlarda yuqori tezlikni ta’minlash uchun PNHAD algoritmi va WH-XGBoost modeli hamkorligidan foydalanilgan. Testlash natijalariga ko‘ra, dastur DDoS-hujumlarini 98.5 foizni, XSS-hujumlar va SQL-ineksiyalarni aniqlashda 98.7 foiz aniqlikni ko‘rsatib, reaksiya vaqti esa 15-20 millisekundni tashkil etgan; 
ko‘p bosqichli takomillashtirilgan himoya usuli asosida SDN/NFV konsepsiyasiga asoslangan real vaqtda anomaliyalarni aniqlash, tasniflash va avtomatik javob berishni ta’minlovchi tizim arxitekturasining virtual tarmoq funksiyalari “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi portalining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Aprobatsiya jarayonida virtual tarmoq funksiyalari DoS/DDoS, XSS, SQL-ineksiya kabi tahdidlarga bardoshliligi sinovdan o‘tkazilgan. O‘tkazilgan sinovlarda hujumlarni aniqlash o‘rtacha  98.2 foiz aniqlikni ko‘rsatib, tizimning ishlash quvvati esa bir soniyada 2.5 millionta paket (pps) ko‘rsatkichni tashkil etgan;
o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida ishlab chiqilgan usullarni turli axborot tizimlariga joriy etish va kengaytirish ssenariylari bo‘yicha tavsiyalar “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati portallarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 33-8/6609-son ma’lumotnomasi). Natijalarga ko‘ra, joriy etishning turli kengaytirish ssenariylari bo‘yicha taklif etilgan algoritmlar va modellar DDoS, XSS va SQL-ineksiya hujumlarini aniqlashda 98.6 foiz aniqlikni ko‘rsatgan. Modellarning bashoratlash vaqti esa 10 millisekundni tashkil etib, dasturiy vosita tomonidan tahdidlar manbalarining manzillari avtomatik bloklash va loglash to‘liq amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish