Qurbonov Xurshid Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Vodorod – havo  aralashmasini ratsional shakllantirish bilan transport vositalari dizellarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.3.PhD/T6030
Ilmiy rahbar: Ismatov Jumaniez Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Umidbek Boltaevich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vodorod-havo aralashmasini ratsional shakllantirish bilan transport vositalari dizellarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisobiy tadqiqot usuli asosida dizellarda havo orqali silindrga uzatilayotgan vodorodni qo‘shimcha yonilg‘i sifatida berish sharoitida yonuvchi aralashma komponentlarining termo-kimyoviy xususiyatlarini inobatga oluvchi hamda dvigatelning ish jarayonlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan;
laboratoriya tadqiqotlari asosida havo oqimi orqali silindrga uzatilayotgan vodoroddan qo‘shimcha yonilg‘i sifatida foydalaniladigan dizel dvigatellarining ish jarayonlarini stend sharoitida sinash uslubiyoti va eksperimental dasturi takomillashtirilgan;
eksperimental tadqiqotlar asosida dizel dvigatelida havo oqimi orqali silindrga uzatilayotgan vodoroddan qo‘shimcha yonilg‘i sifatida foydalanish sharoitida, dvigatel yuklama rejimiga bog‘liq ravishda beriladigan vodorod miqdorini aniqlash uchun samaradorlik mezoni ishlab chiqilgan;
Interpolyasiya usulidan foydalanish asosida dizel dvigatellarida vodoroddan qo‘shimcha yonilg‘i sifatida foydalanish sharoitida dizel–havo–vodorod yonuvchi aralashmasining energo – ekologik samaradorligini aniqlash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizel yonilg‘i havo aralashmasiga vodorodni qo‘shimcha yonilg‘i sifatida berish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yonuvchi aralashma komponentlarining termo-kimyoviy xususiyatlarini inobatga oluvchi hamda dvigatelning ish jarayonlarini tavsiflovchi matematik model 127-sonli avtotransport korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi №4/E1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport vositalarining dizellarga havo orqali vodorod gazini qo‘shimcha berish bilan ishlaydigan dizellarning ish jarayonini analitik hisoblash imkoni yaratilgan va ekologik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelgan;
dizellarning ish jarayonlarini stend sharoitida sinash uslubiyoti va ekspriment o‘tkazish dasturi 127-sonli avtotransport korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi №4/E1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dizellarda uglerod oksidi 30%, uglerodlarning hajmi 50% gacha kamayishiga erishilgan;
dvigatel yuklama rejimiga bog‘liq ravishda beriladigan vodorod miqdorini aniqlash uchun samaradorlik me’zoni 127-sonli avtotransport korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi №4/E1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dizellarga havo orqali vodorodni qo‘shimcha berish bilan harakatlanadigan transport vositalarida o‘tkazilgan sinovlar natijasida 60 km/soat tezlikda - 6.7%, 40 km/soat tezlikda - 7,01% yonilg'i tejamkorligiga erishilgan;
dizel-havo-vodorod yonuvchi aralashmasining energo-ekologik samaradorligini aniqlashning takomillashtirilgan uslubi 127-sonli avtotransport korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi №4/E1745-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bitta dizel dvigatelini ekspluatatsiya qilishda umumiy yillik energo-ekologik samaradorligi 17,643 mln. so‘mni tashkil etdi. Bunda bir yildagi bartaraf etiladigan ekologik zarar 98,5 ming so‘mni tashkil etishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish