Pushanov Akbar Nurlan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T3908
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor, Tilabov B.Q., texnika fanlari doktori, professor, Ermatov Z.D.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tog‘-kon kombaynlarida qo‘llaniladigan D6-22 turdagi qirquvchi tishning asosini prokatlash usulida olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KPP texnologik jarayonini kompyuterda modellashtirish asosida prokatlashda tebranishlar amplitudasi A = 0,25 mm va chastotasi f = 50 Gs qiymatlarida metallni plastiklik resursi 1,7-1,8 barobargacha oshishi aniqlangan;
kompyuterda chekli elementlar usuli (3D) asosida D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini prokatlab olishning texnologik rejimi metall sarfini 1,4-1,5 barobarga kamaytiruvchi texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
D6-22 turdagi qirquvchi tish asosiga deformatsiyalab ishlov berish bilan ish unumdorligini 2,1-2,2 martaga oshiruvchi maxsus shakldor uskunani deformatsiyalovchi yon qirra qiyalik hamda o‘tkirlashish burchaklari qiymatlari aniqlangan;
maxsus shakldor uskunani kompyuterda modellashtirish asosida D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini olishning KPP texnologik jarayoni kapital xarajatlar sarfini kamaytirishga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan;
metalldan foydalanish koeffisientini oshirishga qaratilgan tahlillar natijasida D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini shakllantirishdag KPP texnologiyasini qo‘llash umumiy resurs sarfini 35-40 % gacha kamaytirishi mumkinligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘-kon kombaynlarida qo‘llaniladigan D6-22 turdagi qirquvchi tishning asosini prokatlash usulida olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini prokatlab olishning texnologik rejimi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ ning “Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish” sexida  joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 25.08.2025-yildagi 03/04-1559 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qirquvchi asbob asosini tayyorlash uchun metall sarfi 1,4-1,5 martaga  kamaygan;
D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini KRR usuli bilan olishning maxsus shakldor uskunasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ ning “Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish” sexida  joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 25.08.2025-yildagi 03/04-1559 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qirquvchi tish asosiga ishlov berishdagi ish unumdorligi 2,1-2,2 martobaga oshgan;
D6-22 turdagi qirquvchi tish asosini ishlab chiqarishda KPP texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ ning “Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish” sexida  joriy qilingan  (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 25.08.2025-yildagi 03/04-1559 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qirquvchi asbob asosiga ishlov berishdagi xarajatlar 35-40 % kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish