To‘raev Anvar Normamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alyuminiy qotishmalarining eyilish bardoshliligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3911.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Atajanov Gapur Latipovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Xusniddin Zakirxanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy qotishmalarining eyilishbardoshliligini oshirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy qotishmasini Ni kukuni bilan legirlash texnologiyasi Al₃Ni asosidagi birikmaning qotishma matrisasi bilan hosil qiladigan birikmaning xossasi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasining zarbiy qovushqoqligini oshirish texnologiyasi Al₃Ni va Al₇Cu₄Ni fazalarini shakllanishini ta’minlash xossasi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmalarining cho‘zilishdagi mustahkamligini yaxshilash texnologiyasi kiritilgan Ni kukunlari qotishmada intermetallik fazalar hosil bo‘lishini ta’minlashi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini eyilish bardoshligini oshirish texnologiyasi qolipning issiqlik o‘tkazuvchanligining metal haroratiga bog‘liqliq ravishda o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini suyuqlantishda unga kiritilayotgan legirlovchining kuyish miqdorini kamaytirish texnologiyasi himoya flyusi oksidlanishdan himoya qilish samaradorligining kislorodga nisbatan aktivligining farqi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
alyuminiy qotishmalarining eyilishbardoshliligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
alyuminiy qotishmalarining eyilishbardoshligini oshirish uchun legirlash texnologiyasi “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0372-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy qotishmasining eyilishbardoshligi 9-11% ga oshgan;
alyuminiy qotishmalariga kovsh ichida ishlov berish texnologiyasi “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0372-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida olinayotgan quyma mahsulotlarining zarbiy qovushqoqligi 4-5% ga oshgan; 
alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda himoya flyusining tarkibi “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0372-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida metallning kuyish miqdori 16-18% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish