Kaxarova Nilufar Erkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘inomi): “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ misolida)”,  08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1870
Ilmiy rahbar: Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Nazarova Rano Rustamovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish sohasida ausorsing xizmatlarini joriy etishni takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “temir yo‘l transportida ausorsing xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni temir yo‘l tarmog‘iga oid asosiy va yordamchi funksiyalarning muayyan qismini shartnomaviy asosda tashqi ixtisoslashgan provayderlarga berishda yuzaga keladigan xatarlarni eng past darajaga tushirish imkoniyati nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;   
temir yo‘l transporti faoliyatidagi asosiy bo‘lmagan ayrim vazifalarini ausorsing xizmatlari doirasida mustaqil tomonlarga topshirishda korxonaning holatini baholashdan tortib, yakuniy qaror qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar tizimi “Strategik asoslash va xatarlar tahlili” bosqichini kiritish orqali takomillashtirilgan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda aussorsing xizmatlarini joriy etishda yuzaga keladigan xavflarni “Risk matrisa” asosida “past” (1-3 ball), “o‘rta” (4-9 ball), “yuqori” (10-15 ball) va “o‘ta yuqori” (16-25 ball) shkalalar bo‘yicha baholash orqali ularning manbasi va ta’sir doirasini asoslash taklifi ishlab chiqilgan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yordamchi-ko‘makchi faoliyatini ausorsingga o‘tkazishda xizmat ko‘rsatuvchi firmalarni multikriterial baholash asosida korxona asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transport yo‘lovchi tashish sohasida ausorsing xizmatlarini samarali tashkil etish va amalga oshirishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «temir yo‘l transportida ausorsing xizmatlari» tushunchasining iqtisodiy mazmunini temir yo‘l tarmog‘iga oid asosiy va yordamchi funksiyalarning muayyan qismini shartnomaviy asosda tashqi ixtisoslashgan provayderlarga berishda yuzaga keladigan xatarlarni eng past darajaga tushirish imkoniyati nuqtayi nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport sohasida korporativ boshqaruv” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent  davlat transport universiteti “Transport” nashriyoti, 2023 “07” 03 dagi 40-U-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xatarlarni eng past darajaga tushirish imkoniyati nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan «temir yo‘l transportida ausorsing xizmatlari» tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti faoliyatidagi asosiy bo‘lmagan ayrim vazifalarini ausorsing xizmatlari doirasida mustaqil tomonlarga topshirishda korxonaning holatini baholashdan tortib, yakuniy qaror qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar tizimi “Strategik asoslash va xatarlar tahlili” bosqichini kiritish orqali takomillashtirish taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan  “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston temir yo‘llar” AJning 2026 yil 23 yanvardagi 07/28026-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi resurslardan maqsadli va tejamkor foydalanish, zamonaviy menejment texnologiyalari va raqamli echimlarni joriy etish yuzasidan biznes rejasini ishlab chiqishda yordam bergan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda aussorsing xizmatlarini joriy etishda yuzaga keladigan xavflarni “Risk matrisa” asosida “past” (1-3 ball), “o‘rta” (4-9 ball), “yuqori” (10-15 ball) va “o‘ta yuqori” (16-25 ball) shkalalar bo‘yicha baholash orqali ularning manbasi va ta’sir doirasini asoslash taklifidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan  “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston temir yo‘llar” AJning 2026 yil 23 yanvardagi 07/28026-sonli ma’lumotnomasi).Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi ausorsing xizmatini joriy etishda yuzaga keladigan risklarini o‘z vaqtida aniqlash va uning baholash imkonini bergan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yordamchi-ko‘makchi faoliyatini ausorsingga o‘tkazishda xizmat ko‘rsatuvchi firmalarni multikriterial baholash asosida korxona asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan  “Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston temir yo‘llar” AJning 2026 yil 23 yanvardagi 07/28026-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish parametrlari aniqligini ta’minlash va o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish