Xolmuminov Aktam Xolmumin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4309.
Ilmiy rahbar: Nasurova Kamolaxon Ravshanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan tizimli ilmiy nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kambag‘allikni qisqartirish va yoshlar bandligini ta’minlashning samarali moliyaviy mexanizmi sifatida yoshlar startaplarini moliyalashtirishda venchur kapitali asosida bosqichma-bosqich “moliyaviy inkubatsiya” modelini ishlab chiqish va uni “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi faoliyatiga integratsiya qilish taklif etilgan;
respublika hududlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamida 3 oy rasmiy ish bilan ta’minlab, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 2 baravari darajasida ish haqi to‘lovini amalga oshirgan tadbirkorlik sub’ektlariga 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari tomonidan 100 million so‘mgacha garovsiz ajratiladigan kreditlarning 50 foizini ularning bank kartasiga o‘tkazib berishga ruxsat berish taklif etilgan;
har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi Respublika byudjetidan ish beruvchiga qaytarib berish hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
kambag‘allikni qisqartirish va yoshlar bandligini ta’minlashning samarali moliyaviy mexanizmi sifatida yoshlar startaplarini moliyalashtirishda venchur kapitali asosida bosqichma-bosqich “moliyaviy inkubatsiya” modelini ishlab chiqish va uni “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi faoliyatiga integratsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2025 yil 10 iyuldagi 426-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05-7442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi orqali bosqichma-bosqich venchur moliyaviy inkubatsiyasi yoshlar bandligini ta’minlab, kambag‘allikni qisqartirish va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilgan.
respublika hududlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamida 3 oy rasmiy ish bilan ta’minlab, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 2 baravari darajasida ish haqi to‘lovini amalga oshirgan tadbirkorlik sub’ektlariga 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025 yil 8 may PF-85-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05-7442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nogiron shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi va bandlik hamda daromad oshirilgan.
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari tomonidan 100 million so‘mgacha garovsiz ajratiladigan kreditlarning 50 foizini ularning bank kartasiga o‘tkazib berishga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05-7442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu toifadagi fuqarolarning moliyaviy resurslarga tez va oson ega bo‘lishi ta’minlanib, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga yangi imkoniyatlar yaratilgan.
har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi Respublika byudjetidan ish beruvchiga qaytarib berish hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasining 2025 yil 17 oktyabrdagi 05-7442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ish beruvchilarning yangi xodimlarni ishga qabul qilishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, mehnat bozorida bandlik darajasi oshadi va rasmiy mehnat munosabatlarini kengaytirish orqali iqtisodiy faollikning yuksalishiga xizmat qilgan.