Raxmatova Muxayyo Elboboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global ekologik muammolar jarayonida ijtimoiy-ekologik muhofazani takomillashtirish shartlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1613
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global ekologik inqiroz sharoitida ijtimoiy-ekologik muhofazani takomillashtirish yo‘llarini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-ekologik muhofazaning ѕhakllaniѕh va rivojlaniѕh jihatlari (global ekologik muammolarning kuchayishi, sivilizatsion taraqqiyotning texnogen bosqichga o‘tishi hamda barqaror rivojlanish konsepsiyasining shakllanishi), ekologik ѕiyoѕat, ekologik xavѕizlik va ijtimoiy himoya kabi kategorial va funksional xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotiga inson salomatligi va hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror modelini shakllantirish kabi ta’sirlari hamda global xususiyatlari aniqlashtirilgan;
ijtimoiy-ekologik muhofazaning aholi salomatligi, munosib turmush sifatini ta’minlash kabi ijtimoiy, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qaror toptirish kabi iqtiѕodiy, ekologik siyosatni barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish kabi ѕiyoѕiy, ekologik adolat mezonlarini mustahkamlash kabi huquqiy, ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish kabi ma’naviy-madaniy funksiyalari hamda davlat xavfѕizligini ta’minlaѕhdagi preventiv-barqarorlashtiruvchi, strategik-himoyaviy va milliy manfaatlarni saqlovchi roli ochib berilgan;
O‘zbekiѕtonning ijtimoiy-ekologik muhofazani ta’minlaѕhdagi Orolbo‘yi hududini tiklash va ko‘kalamzorlashtirish, yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha institutsional islohotlar va xalqaro majburiyatlarini milliy siyosatga integratsiya qilish kabi tajribalari, ekologik muammolarni anglash va xalqaro majburiyatlarga qo‘shilish, milliy institutsional va normativ bazani shakllantirish, “yashil” rivojlanish kabi rivojlaniѕh boѕqichlari, o‘rmonlashtirish, muhofaza etiladigan hududlarni maxsus dastirlar asosida rivojlantirish kabi yutuqlari, xalqaro ekologik maydonda tashabbuskor davlat, xalqaro yashil hamkorlik subekti sifatidagi o‘rni dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-ekologik muhofazani takomillashtirishning ijtimoiy-institutsional zamonaviy modeli hamda uning barqarorlik, preventivlik, tizimlilik, integratsiya, davlat va jamiyat hamkorligi, mas’uliyat, ilmiylik va hududiy differensiatsiya tamoyillari hamda ekologik xavfsizlik, ijtimoiy himoyalanganlik, boshqaruv samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish, huquqiy ta’minlanganlik, jamoatchilik ishtiroki va ma’naviy-ekologik madaniyat kabi mezonlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Global ekologik muammolar jarayonida ijtimoiy-ekologik muhofazani takomillashtirish shartlari bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan natijalar asosida:
ijtimoiy-ekologik muhofazaning ѕhakllaniѕh va rivojlaniѕh jihatlari (global ekologik muammolarning kuchayishi, sivilizatsion taraqqiyotning texnogen bosqichga o‘tishi hamda barqaror rivojlanish konsepsiyasining shakllanishi), ekologik ѕiyoѕat, ekologik xavѕizlik va ijtimoiy himoya kabi kategorial va funksional xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotiga inson salomatligi va hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror modelini shakllantirish kabi ta’sirlari hamda global xususiyatlariga oid ilmiy yangilik va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyiha doirasida beldilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 1-iyuldagi 04/11-8392-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining ekologik savodxonligini oshirish va ekologik madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-ekologik muhofazaning aholi salomatligi, munosib turmush sifatini ta’minlash kabi ijtimoiy, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qaror toptirish kabi iqtiѕodiy, ekologik siyosatni barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish kabi ѕiyoѕiy, ekologik adolat mezonlarini mustahkamlash kabi huquqiy, ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish kabi ma’naviy-madaniy funksiyalari hamda davlat xavfѕizligini ta’minlaѕhdagi preventiv-barqarorlashtiruvchi, strategik-himoyaviy va milliy manfaatlarni saqlovchi roli aniqlashtirilgan nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi VI ustuvor yo‘nalishi 6.2-bandida aks etgan - “Iqlim o‘zgarishlari, ekologik bo‘xronlar, Orol va ona tabiatni asrash zarurati” sohasiga mos ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining dastur va senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 21-iyundagi 2-13-21-3429-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik madaniyatni oshirish, aholida barqaror rivojlanishga oid qarashlarni shakllantirish, yoshlarda ekologik mas’uliyatni kuchaytirish va jamiyatda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga hamda ushbu muammolarni oldini olishga qaratilgan dasturni tayyorlashda muhim nazariy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekiѕtonning ijtimoiy-ekologik muhofazani ta’minlaѕhdagi Orolbo‘yi hududini tiklash va ko‘kalamzorlashtirish, yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha institutsional islohotlar va xalqaro majburiyatlarini milliy siyosatga integratsiya qilish kabi tajribalari, ekologik muammolarni anglash va xalqaro majburiyatlarga qo‘shilish, milliy institutsional va normativ bazani shakllantirish, “yashil” rivojlanish kabi rivojlaniѕh boѕqichlari, o‘rmonlashtirish, muhofaza etiladigan hududlarni maxsus dastirlar asosida rivojlantirish kabi yutuqlari, xalqaro ekologik maydonda tashabbuskor davlat, xalqaro yashil hamkorlik subekti sifatidagi o‘rni isbotlangan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy vazifalarini ishlab chiqish hamda “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” gʻoyasini oʻzining bosh shiori hisoblagan ustuvor yoʻnalishlari va 2025-yilga moʻljallangan Harakatlar dasturida belgilab olgan vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-yil 10-iyundagi 02/211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda keng foydalanilib, saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy-ekologik muhofazani takomillashtirishning fuqarolarni ekologik ahamiyatga molik ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga jalb qilish, mahalla, ta’lim muassasalari, NNT va ommaviy axborot vositalari orqali aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik mas’uliyatni kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish hamda ekologik jihatdan muammoli hududlarda aholi bilan ishlash, targ‘ibot va profilaktika dasturlarini tuzish kabi ustuvor yo‘nalishlari asoslangan takliflardan Qashqadaryo viloyat teleradiokanali “Oltin voha” radiosining 2025-yil 10-iyul kuni efirga uzatilgan “Ochiq muloqot” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokanalining 2025-yil 11-iyuldagidagi 17-05/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning ekologik madaniyatini shakllantirish, ularda atrof-muhit muhofazasiga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish hamda jamoatchilikning ekologik siyosatda faol ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilgan.