Umbarov Dostonjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlarida klasterlashning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Halimov Javlonbek Shaxriyorovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Raximova Madina Shuxrat qizi, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.v.b.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turistik hududlar negizida ziyorat turizmi klasterlarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-diniy ahamiyat, hududiy yaqinlik va transport infratuzilmasi, xizmatlar integratsiyasi, raqamli tayyorgarlik hamda iqtisodiy-ijtimoiy salohiyat indikatorlari asosida ziyorat obektlari va hududlarning klasterga moslik darajasini aniqlashga qaratilgan reytinglashning yangi mezonlari ishlab chiqilib, ilmiy asoslab berilgan;
SERVQUAL (GAP1–GAP5) ko‘p mezonli ekspert baholash usuli hamda “aqlli” destinatsion boshqaruv elementlarini yagona tizimga integratsiyalash orqali turizm klasterlarining iqtisodiy natijadorligi, ijtimoiy ta’siri va iste’molchi qoniqishini kompleks baholashga qaratilgan takomillashtirilgan yondashuv ilmiy asoslangan;
turizmga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning hududiy rivojlanish parametrlariga tayangan holda innovatsion rivojlanishni (marketing va raqamlashtirish), infratuzilmaviy ta’minotni (institutsional qo‘llab-quvvatlash) kuchaytirish hamda bazaviy investisiyalarni (kadrlar salohiyati va asosiy xizmatlar) ustuvorlashtirishga yo‘naltirilgan segmentatsiyalash amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida turistik joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishining real qiymatlari asosida ushbu tarmoqlarning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ko‘p omilli tahlil, trend ekstrapolyasiyasi hamda ARIMA modellariga tayangan kompleks prognozlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm xizmatlari sohasi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida klasterlashning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy-diniy ahamiyati, hududiy yaqinlik va transport infratuzilmasi, xizmatlar integratsiyasi, raqamli tayyorgarlik hamda iqtisodiy-ijtimoiy salohiyat indikatorlari asosida ziyorat obektlari va hududlarning klasterga moslik darajasini aniqlashga qaratilgan reytinglashning yangi mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 23-fevraldagi 02-11/2239-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida ziyorat obektlari va hududlarning klasterga moslik darajasi aniqlanib, ustuvor klaster zonalari tasniflandi hamda resurslar va investisiyalarni manzilli rejalashtirish imkoniyati yaratilgan;
SERVQUAL (GAP1–GAP5) ko‘p mezonli ekspert baholash usuli hamda aqlli destinatsion boshqaruv elementlarini yagona tizimda integratsiyalash orqali turizm klasterlarining iqtisodiy natijadorligi, ijtimoiy ta’siri va iste’molchi qoniqishini kompleks baholashga asoslangan takomillashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 23-fevraldagi 02-11/2239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada SERVQUAL (GAP1–GAP5) va aqlli boshqaruv integratsiyasi orqali turizm klasterlarining samaradorligi va iste’molchi qoniqishi kompleks baholanib, xizmatlar sifati bo‘shliqlari aniqlandi hamda boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
turizmga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning hududiy rivojlanish parametrlari asosida innovatsion rivojlantirishni (marketing va raqamlashtirish), infratuzilmani (institutsional qo‘llab-quvvatlash) kuchaytirishni hamda bazaviy investisiyalarni (kadrlar va asosiy xizmatlar) ustuvorlashtirishga yo‘naltirilgan segmentatsiyalash amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 23-fevraldagi 02-11/2239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududiy segmentatsiya asosida innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari belgilandi, infratuzilma va qo‘llab-quvvatlash manzilli kuchaytirildi, investisiyalar kadrlar va asosiy xizmatlarga yo‘naltirilib, tarmoqlarning samaradorligi va barqaror o‘sishi ta’minlangan;
Qashqadaryo viloyatida turizmga yashash joylari va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning real qiymatlari asosida mazkur tarmoqlarning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ko‘p omilli tahlil, trend ekstrapolyasiyasi hamda ARIMA modellariga tayangan kompleks prognozlash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 23-fevraldagi 02-11/2239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilgacha yashash joylari va umumiy ovqatlanish xizmatlarining o‘sish sur’atlari prognoz qilinib, talab va quvvat muvozanati baholandi hamda investisiya va infratuzilma bo‘yicha asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratildi.