Tursinkulov Nurali Anarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkinlik g‘oyasining ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi mafkuraviy ahamiyati”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1436.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ibodulla Ergashev siyosiy fanlar doktori, professor;
Azamat Muxtorov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkinlik g‘oyasining ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi mafkuraviy ahamiyatini ilmiy jihatdan tadqiq etish hamda milliy g‘oya, ma’naviy siyosat va zamonaviy islohatlar jarayonida qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb falsafiy maktablaridagi qarashlarning integratsiyasi asosida erkinlik g‘oyasining inson ongi va jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liqligi, shaxs dunyoqarashining o‘zgarishiga jamiyatdagi psixologik, mafkuraviy, madaniy jarayonlarning ta’sir etishi asoslangan;
mustaqillik davrida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy islohotlarda erkinlik g‘oyasining fuqarolik jamiyati, mustaqil ongli shaxsni tarbiyalash mexanzimi va milliy mafkurani shakllantirishning mafkuraviy-kommunikativ tizim sifatidagi o‘rni globallashuv jarayoni bilan bog‘liq holda asoslangan;
erkinlik g‘oyasining ijtimoiy taraqqiyotga innovatsion ta’sir etuvchi mafkuraviy mexanizmlari, jumladan, ta’lim, tarbiya, axborot makoni va fuqarolik faolligi tizimidagi funksiyalari fanlararo metodologiya asosida tahlil qilingan va uning jamiyat taraqqiyotidagi mafkuraviy qiymati keng qamrovda ochib berilgan;
erkinlik g‘oyasi milliy g‘oyaning tarkibiy qismi sifatida global ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liqligining falsafiy, mafkuraviy jihatlari aniqlangan va bu erkinlik g‘oyasining mafkuraviy immunitetni shakllantirishda strategik ahamiyatga egaligi amaliy hayot namunalari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mafkuraviy omillarini amalga oshirish borasida olingan tadqiqot ishi natijasi, xususan:
Sharq va G‘arb falsafiy maktablaridagi qarashlarning integratsiyasi asosida erkinlik g‘oyasining inson ongi va jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liqligi, shaxs dunyoqarashining o‘zgarishiga jamiyatdagi psixologik, mafkuraviy, madaniy jarayonlarning ta’sir etishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025 yilda rejalashtirgan faoliyati va aholining ma’naviy madaniyatni shakllantirishga oid turkum o‘quv qo‘llanmalarida foydalanilgan (2025-yil 12-maydagi №10/273-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston fuqarolari ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga, mafkuraviy barqarorlik, ma’naviy mustaqillik va axborot xavfsizligini ta’minlashga, shaxsning feyk axborotlarga qarshi tanqidiy munosabatini va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan;
mustaqillik davrida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy islohotlarda erkinlik g‘oyasining fuqarolik jamiyati, mustaqil ongli shaxsni tarbiyalash mexanzimi va milliy mafkurani shakllantirishning mafkuraviy-kommunikativ tizim sifatidagi o‘rni globallashuv jarayoni bilan bog‘liq holda asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (2025-yil 30-maydagi № 02-13-21-2984-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, ta’lim-tarbiya va falsafiy-ma’rifiy jarayonlarga innovatsion yondashuvni shakllantirishga, yoshlarda erkin fikrlash, tanlov mas’uliyati va ijtimoiy pozisiyani shakllantirishda falsafa, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va ta’lim sohalarida yangi dasturlar, o‘quv kurslari va treninglar yaratishga samarali metodika sifatida xizmat qilgan;
erkinlik g‘oyasining ijtimoiy taraqqiyotga innovatsion ta’sir etuvchi mafkuraviy mexanizmlari, jumladan, ta’lim, tarbiya, axborot makoni va fuqarolik faolligi tizimidagi funksiyalari fanlararo metodologiya asosida tahlil qilingan va uning jamiyat taraqqiyotidagi mafkuraviy qiymati keng qamrovdaligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalida foydalanilgan (2025-yil 3-okyabrdagi № 14-01-144-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, davlatning ma’naviy siyosatini mustahkamlashga, davlat darajasida qabul qilinayotgan ma’naviy-tarbiyaviy strategiyalar, fuqarolik ongi va global ta’sirlarga qarshi mafkuraviy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
erkinlik g‘oyasi milliy g‘oyaning tarkibiy qismi sifatida global ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liqligining falsafiy, mafkuraviy jihatlari aniqlangan va bu erkinlik g‘oyasining mafkuraviy immunitetni shakllantirishda strategik ahamiyatga egaligi amaliy hayot namunalariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (2025-yil 10-oktyabrdagi № 04-37-4346-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, davlatning ma’naviy siyosatini mustahkamlashga, davlat darajasida qabul qilinayotgan ma’naviy-tarbiyaviy strategiyalar, fuqarolik ongi va global ta’sirlarga qarshi mafkuraviy chora-tadbirlarni shakllantirishga xizmat qilgan.