Yuldasheva Madina Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hayvonlarning operatsion va tasodifiy jarohatlar bitishiga probiotikning ta’siri”, 16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V193
Ilmiy rahbar: Narziev Baxtiyor Dolievich, veterinariya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Sobir Baxtiyorovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Isaev Mashrab Tursunbaevich, veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hayvonlarda operatsion va tasodifiy jarohatlarni davolashda Innoprovet probiotikining samaradorligini, uni qo‘llash va veterinariya amaliyotiga joriy qilish uchun optimal me’yorlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamiz kinologiya pitomniklaridagi xizmat itlari va aholiga qarashli it va mushuklarda operatsion jarohatlar 59,6 %, tasodifiy jarohatlar 40,4 % ni tashkil etishi, tasodifiy jarohatlar orasida eng ko‘p tishlangan va kesilgan jarohatlaruchrashi aniqlangan;
ilk bor yiringli jarohatlarning qo‘zg‘atuvchisi Streptococcus pyogenesga nisbatan mahalliy Innoprovet probiotigining yuqori antimikrob samarador ekanligi ilmiy isbotlangan;
itlarning operatsion jarohatlarini davolashda Innoprovet probiotigi va siprofloksatsin antibiotigini kombinativ qo‘llashning samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan;
quyon, it va mushuklarda yiringli jarohatlarni davolash uchun Innoprovet probiotigi va antibiotik siprofloksatsin kombinatsiyasini qo‘llashning samaradorligi hayvonlarning klinik, gematologik va jarohatdagi gistologik o‘zgarishlarga qarab baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayvonlarning operatsion va tasodifiy jarohatlar bitishiga probiotikning ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Hayvonlarning jarohatlarini davolashda probiotiklardan foydalanish»bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan va Toshkent Milliy Kinologiya markazi, Samarqand va Jizzax viloyatlari Ravot 9784-harbiy qismda viloyatlari kinologiya pitomniklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasining 2025 yil 17 noyabrdagi 02/23-844-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni xizmat itchiligida qo‘llanilishi natijasida itlarda shikastlanishlar oqibatida turli jarohatlarini samarali davolashga erishilgan;
Itlarning yiringli jarohatlarini davolashda tuzalgunga qadar har kuni ichimlik suviga 1,0×10⁹ KHB/ml Innoprovet probiotigini qo‘shib berish, 2,0×10⁹ KHB/ml probiotik eritmasini drenaj sifatida hamda siprofloksatsin antibiotigini 1 ml muskul orasiga qo‘llash usuli Toshkent Milliy Kinologiya markazi, Samarqand va Jizzax viloyatlari Ravot 9784-harbiy qism kinologiya pitomniklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasining 2025 yil 17 noyabrdagi 02/23-844-son ma’lumotnomasi). Ushbu kompleks davolash usulini qo‘llash natijasida yiringli jarohatlarning bitishini 3-5 kunga qisqartirish imkoniyati yaratilgan, bunda iqtisodiy samaradorlik sarflangan 1 so‘m uchun 7,1 so‘mni tashkil etgan.