Ruziev Adham Iskanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Itlarda otitlarning uchrash darajasi, diagnostikasi va davolash usullarini takomilashtirish”, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V116
Ilmiy rahbar: Niyozov Hakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Boboqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Eshqobilov To‘ra Jo‘raevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aholi qaramog‘idagi va xizmat itlari orasida yiringli tashqi otitlarning uchrash darajasini aniqlash, ertachi tashxis, gematologik o‘zgarishlar, klinik belgilarini o‘rganish hamda samarali davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati aholisiga tegishli va kinologiya pitomnigi hamda priyut itlarida yiringli tashqi otitlar yil fasllari bo‘yicha qishda o‘rtacha 35,8%, zotlar bo‘yicha mahalliy (zotsiz) itlarda o‘rtacha 40%, yoshi bo‘yicha 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan itlarda o‘rtacha 64,16% uchrashi aniqlangan;
itlarda yiringli tashqi otitlarning asosiy sababi mexanik shikastlanishlar va mikroorganizmlar (proteus, staphylococcus epidermidis, staphylococcus saprophyticus, streptococcus, escherichia coli, pseudomonas aeruginosa) ekanligi ilmiy asoslangan;
quyonlarda eksperimental usulda hosil qilingan o‘tkir yiringli tashqi otitlarni davolashda sefotaksim-BXF3, novokain eritmasi, flukonazol, levomisetin spirti, dioksidin, ximotripsin, gidrokortizon, adrenalinni birgalikda qo‘llash yuqori samara berishi aniqlangan;
yiringli tashqi otitlar bilan kasallangan itlarni davolashda sefotaksim-BXF3 40 mg/kg, 0,5% 5 ml novokainda eritilib muskul orasiga, fusis 10 mg/kg vena qon tomiriga har 24 soatga bir marta jami uch marta, levomisetin spirti 0,25% 25 ml, dioksidin 1 ml, ximotripsin 1 ml, gidrokortizon 1 ml, adrenalin 1 ml aralashtirilib quloq ichiga 3 tomchidan 5 kun qo‘llashga asoslangan davolash usuli amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Itlarda otitlarning uchrash darajasi, diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Itlarda yiringli tashqi otitlarni davolashni takomillashtirish» bo‘yicha tavsiyalar (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 17 noyabr) ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati kinologiya pitomniklarida, Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo‘limidagi qarovsiz itlarni saqlash priyutida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayorgarlik o‘quv markaziga qarashli xizmat itlarida hamda Samarqand hududidagi ahloga qarashli itlarda joriy qilingan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 11 dekabrdagi 02/23-915-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar qo‘llanilishi natijasida itlarda quloq sohasining shikastlaridan yuzaga keladigan turli darajadagi yiringli tashqi otitlarni samarali davolashga erishilgan;
Itlarning yiringli tashqi otitlarida bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida, sefotaksim-BXF3 40 mg/kg miqdorda 0,5% 5 ml novokain eritmasida eritilib muskul orasiga, fusis 10 mg/kg miqdorda vena qon tomiriga har 24 soatga bir marta jami uch marta, levomisetin spirt 0,25% 25 ml, dioksidin 1 ml, ximotripsin 1 ml, gidrokortizon 1 ml, adrenalin 1 ml aralashtirilib quloq ichi yuvilib va keyingi kunlarda quloq ichiga 3 tomchidan 5 kun birgalikda dori moddalarini qo‘llashga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati kinologiya pitomniklarida, Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo‘limidagi qarovsiz itlarni saqlash priyutida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayorgarlik o‘quv markaziga qarashli xizmat itlarida hamda Samarqand hududidagi ahloga qarashli itlarda joriy qilingan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 11 dekabrdagi 02/23-915-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulining qo‘llanilishi natijasida kasal hayvonlarning 5-6 kun oldin sog‘ayishiga erishilgan.