Suyunova Gulnora Begalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Do‘lanazorlarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1220.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Otabek Temirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Safarov Asqar Asadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar Genetik Resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Do‘lanazorlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning turlari, rivojlanishi va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent va Qashqadaryo viloyatilari tog‘li hududlarida tarqalgan do‘lanazorlarda kalmaraz, monilioz va un shudring kasalliklarini Venturia crataegi, Monilia crataegi (Magn.) Honey, va Podosphaera oxeacanthae f. crataegi. turlarga mansub zamburug‘lar keltirib chiqarishi aniqlangan;
do‘lanazorlarda kalmaraz kasalligi Toshkent viloyati sharoitida 24,0%-36,0%, monilioz kasalligi 17,7%-33,7%, un shudring kasalligi 12,0%-33,0%, Qashqadaryo viloyati sharoitida kalmaraz kasalligi 18,3-26,7%, monilioz kasalligi 17,3-24,2%, un shudring kasalligi 2,4-21,8% gacha kasallik tarqalishi aniqlangan;
do‘lana navlarining zamburug‘li kasalliklarga chidamliligi baholanib, kasalliklarga o‘rtacha chidamli Pontika (26,3%) va Farg‘ona do‘lanasi (19,3%) navlari chidamli ekanligi, Turkiston (35,0%) do‘lanasi chidamsiz nav ekanligi aniqlangan;
do‘lanazorlarda vegetatsiya davrida kalmaraz (18,8%) va un shudring (19,2%) kasalliklari bilan avgust-sentyabr oylarida hamda monilioz (14,8%) kasalligi bilan iyun`-iyul` oylarida eng ko‘p zararlanishi aniqlangan;
kaasallik qo‘zg‘atadigan zamburug‘larning zarari natijasida do‘lana daraxtlari barglaridagi xlorafill-a pigmenti miqdori 1,27±0,21 – 2,08±0,39 mg/g va xlorafill-b 4,02±0,31 – 5,35±1,06 mg/g gacha pastlaganligi baholangan;
do‘lana mevalari kasalliklar bilan zararlanishi natijasida, makroelementlar Fe – 0,15 mg/kg, Na – 2,01 mg/kg, Ca – 307,0 mg/kg gacha yo‘qotilgan bo‘lsa, mikroelementlardan Cr – 0,06 mg/kg, Co – 0,2 mg/kg, Ni – 0,51 mg/kg, Mn – 0,81 mg/kg, Zn – 11,37 mg/kg va Cd – 0,3 mg/kg kamayganligi aniqlangan;
Venturia crataegi, Monilia crataegi (Magn.) Honey, va Podosphaera oxeacanthae f. crataegi. fitopatogenlari miseliysi rivojlanishiga qarshi difenokonazol+pidiflumetofen, kaptan, fluopiram+tebukonazol va siprodinil asosli fungisidlar qo‘llanilganda, patogenlar miseliysi umuman rivojlanmaganligi aniqlangan;
do‘lananing kalmaraz, un shudring va monilioz kasalliklariga qarshi Star Top 32,5% sus.k. (0,5 l/ga), Miravis Duo 200 sus.k. (0,75 l/ga), Best Captan 50 WP 50% n.kuk. (3,0 kg/ga), Luna Ekspiriens 40% sus.k. (1,0 l/ga), Xorus s.d.g. (0,4 kg/ga), Torso 22,5% em.k. (0,5 l/ga) va Duplet TT, 22,5% em.k. (0,5 l/ga) fungisidlari bilan ishlov berilganda, yuqori biologik samaradorlik 85,9% dan 94,4% gacha bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Do‘lanazorlarda kasallik qo‘zg‘atadigan zamburug‘larga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Do‘lana o‘simligi kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-311-son ma’lumotnomasi). Natijada soha mutaxassislari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlar uchun do‘lanazorlarda uchraydigan kasalliklar, ularni tarqalishi va zarari hamda kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
do‘lanazorlarda kalmaraz, un shudring va monillioz kasalliklariga qarshi Duplet TT, 22,5% em.k., Topco, 22,5% em.k., Star Top 32,5% sus.k. (0,5 l/ga), Miravis Duo 200 sus.k. (0,75 l/ga), Best Captan 50 WP 50% n.kuk. (3,0 kg/ga), Luna Ekspiriens 40% sus.k. (1,0 l/ga) va Xorus s.d.g. (0,4 kg/ga) me’yorlarida fungisidlarni qo‘llash taklif etilgan va biologik samaradorligi asoslangan hamda Jizzax viloyati Forish tumani Forish o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 20,0 gektar do‘lanazorlarda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-311-son ma’lumotnomasi). Natijada un shudring kasalligiga nisbatan 85,0% dan 93,0% gacha, kalmaraz kasalligiga nisbatan 86,0% dan 91,0% gacha va monillioz kasalligiga nisbatan 85,0% dan 90,0% gacha biologik samaradorlikka erishilgan;
zamburug‘li kasalliklarga qarshi Star Top 32,5% sus.k. (0,5 l/ga), Miravis Duo 200 sus.k. (0,75 l/ga), Best Captan 50 WP 50% n.kuk. (3,0 kg/ga), Luna Ekspiriens 40% sus.k. (1,0 l/ga), Xorus s.d.g. (0,4 kg/ga) me’yorlarida fungisidlari qo‘llash taklif etilgan va Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasiga qarashli 15,0 gektar do‘lanazorlarda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-04-311-son ma’lumotnomasi). Natijada kalmaraz kasalligiga qarshi 85,8% dan 93,8% gacha, un shudring kasalligiga qarshi 86,0% dan 94,4% gacha va monilioz kasalligiga qarshi 86,1% dan 93,7% gacha biologik samaradorlikka erishilgan.