Xurramov Asilbek Abdusmat o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitrus o‘simligi mandarinning istiqbolli sanoatbop yangi navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1471.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Sirojiddin Turdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Mandarinning “Mediana” navi (NAP 603).
II. Tadqiqotning maqsadi Sitrus mandarin o‘simligining qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori, mahsuldor, vitaminbop, zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, mevasi tarkibida urug‘ soni kam va sanoatbop mahalliy yangi navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
limonning Toshkent F1 va mandarinning Unshiu navlari chatishtirilishidan turli tuproq-iqlim sharoitlarida mahsuldorlik, zamburug‘li kasalliklarga bardoshlilik va kam urug‘lilik kabi qimmatli xo‘jalik belgilarini hamda meva sifat ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lgan yangi mandarin Mediana navi yaratilgan;
yangi Mediana duragay navi respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida issiqxona hamda ochiq maydonlarda etishtirishga mosligi aniqlangan;
mevasi tarkibida qand va kislota meyori barqaror, C vitamini miqdori yuqori, meva po‘sti yupqa, archilishi oson hamda eksport talablariga javob berishi bilan boshqa navlardan ustunligi ilmiy asoslangan;
sitrus mandarinni yangi yaratilgan duragay navi “MEDIANA” deb nomlanib, “Intellektual mulk agentligi” davlat muassasasi tomonidan 2023 yil 27 noyabrda seleksiya yutug‘iga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sitrus mandarin (Citrus reticulata) o‘simligining hosildor, sanoatbop seleksion navini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sitrus o‘simligi mandarinning yangi, yuqori hosildor, C vitaminiga boy, kasallikllarga chiqamli “MEDIANA” navi deb yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va (06.01.2026 yil, №NAP-603) patent berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-martdagi 05/06-04-305-son malumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan mandarin navi seleksion tajribalarda foydalanib yangi duragay va navlar yaratish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotlarda keng foydalanish imkonini bergan va Respublika sitrus mevali o‘simliklar genofondi turli tuproq-iqlim sharoitiga mos, hosildor yangi mahalliy mandarin navi bilan boyitilgan;
ushbu yangi nav Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Kakaydi Fidokori” fermer xo‘jaligida 0,1 gektar maydonda 24 ta, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Xudoyberdi Bobo Asil dalasi” fermer xo‘jaligining 0,15 gektar maydonidagi 38 ta hamda shu tumandagi “Ochilov Abdimurod” nomidagi dexqon xo‘jaligida 0,2 ga maydonda 50 dona issiqxona sharoitida ekilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-martdagi 05/06-04-305-son malumotnomasi). Natijada bitta mevasi vazni 125-160 grammdan, bir dona mandarin daraxtidan o‘rtacha 35-55 kg gacha hosil olishga erishilgan hamda sitrus o‘simligi mandarinning “Mediana” navida samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha andoza naviga nisbatan 21,1% yuqori rentabellikka erishilgan.