Ismailov Anvar Rustamovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchisining pedagogik madaniyati va kompetensiyasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped226
Ilmiy maslahatchi: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Gulnara Turdiaxunovna – pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich – pedagogika fanlari doktori, professor; Isroilova Dildora Muxtarovna – pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muallif konsepsiyasini hamda chet tili o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini takomillashtirishning maxsus metodikasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chet til o‘qituvchisining kasbiy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishda axloqiy-estetik qadriyatlar va kommunikativ integratsiyalashgan metodik tizim asosida xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga doir nazariy va amaliy yondashuvlar tizimlashtirilgan;
milliy va xalqaro ta’lim standartlariga mos innovatsion yondashuv asosida o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy o‘sishini ta’minlovchi kognitiv, motivatsion va kommunikativ komponentlarning o‘zaro integratsiyasiga moslashtirilgan metodik mexanizm modellashtirilgan;
pedagogik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus trening dasturi hamda filologik yo‘nalishdagi talabalar uchun pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan modulli mashg‘ulotlar tizimi asosida pedagogik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
xalqaro tajriba asosida xorijiy til o‘qituvchilarining kommunikativ faoliyatini baholovchi indikatorlar hamda pedagogik kompetensiyaning asosiy komponentlarini aniqlovchi funksional-modellashtirilgan struktura asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
nutqiy etiket asosida o‘qituvchilarning madaniy nutq kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta'minot asosida shaxsiy-aksiyologik, psixopedagogik va kasbiy mezonlarga asoslangan pedagogik faoliyat mezonlari tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
chet til o‘qituvchisining kasbiy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishda axloqiy-estetik qadriyatlar va kommunikativ integratsiyalashgan metodik tizim asosida xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga doir nazariy va amaliy yondashuvlar tizimlashtirilgan haqidagi ilmiy xulosalar Evropa Ittifoqining Erasmus + 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP dasturi doirasidagi “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiya qilish va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 27 iyuldagi 53/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet til o‘qituvchisining kasbiy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishda axloqiy-estetik qadriyatlar va kommunikativ integratsiyalashgan metodik tizim asosida xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga doir nazariy va amaliy yondashuvlar tizimlashtirilgan;
milliy va xalqaro ta’lim standartlariga mos innovatsion yondashuv asosida o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy o‘sishini ta’minlovchi kognitiv, motivatsion va kommunikativ komponentlarning o‘zaro integratsiyasga moslashtirilgan metodik mexanizm modellashtirilganligi haqidagi tavsiyalar Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL: “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” (“Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish va magistratura dasturlari asosida til o‘qitishni modernizatsiya qilish”) til o‘qitishni aralashtirilgan magistratura dasturlarini ishlab chiqish maqsadida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 27 iyuldagi 52/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi materiallar va tavsiyalar milliy va xalqaro ta’lim standartlariga mos innovatsion yondashuv asosida o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy o‘sishini ta’minlovchi kognitiv, motivatsion va kommunikativ komponentlarning o‘zaro integratsiyasiga moslashtirilgan metodik mexanizm modellashtirilgan;
pedagogik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus trening dasturi hamda filologik yo‘nalishdagi talabalar uchun pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan modulli mashg‘ulotlar tizimi asosida pedagogik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “STV” davlat telekanalida madaniy-ma’rifiy mavzular doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga bag‘ishlangan ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 1 avgustdagi № 01-07/260-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan maxsus trening dasturi hamda filologik yo‘nalishdagi talabalar uchun pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan modulli mashg‘ulotlar tizimi asosida pedagogik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
xalqaro tajriba asosida xorijiy til o‘qituvchilarining kommunikativ faoliyatini baholovchi indikatorlar hamda pedagogik kompetensiyaning asosiy komponentlarini aniqlovchi funksional-modellashtirilgan struktura asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini baholash mezonlari bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar Samarqand viloyati pedagog kadrlarni yangi metodika bo‘yicha tayyorlash milliy markazida o‘qituvchilarning pedagogik malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari materiallarida qo‘llanildi (Samarqand viloyati pedagog kadrlarni yangi metodikalar bo‘yicha tayyorlash milliy markazining 2023-yil 4-avgustdagi 03/1-117-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishi materiallaridan foydalanish natijasida xalqaro tajriba asosida xorijiy til o‘qituvchilarining kommunikativ faoliyatini baholovchi indikatorlar hamda pedagogik kompetensiyaning asosiy komponentlarini aniqlovchi funksional-modellashtirilgan struktura asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan; 
nutqiy etiket asosida o‘qituvchilarning madaniy nutq kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’’minot asosida shaxsiy-aksiyologik, psixopedagogik va kasbiy mezonlarga asoslangan pedagogik faoliyat mezonlari tizimini takomillashtirishga oid ilmiy xulosalar Chelyabinsk davlat madaniyat instituti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning pedagogik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha xalqaro o‘quv seminarini o‘tkazishda foydalanildi (Chelyabinsk davlat madaniyat instituti ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqoti materiali va natijalaridan foydalanish natijasida nutqiy etiket asosida o‘qituvchilarning madaniy nutq kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot asosida shaxsiy-aksiyologik, psixopedagogik va kasbiy mezonlarga asoslangan pedagogik faoliyat mezonlari tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish