Kattaxodjaeva Shaxloxon Boxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha 5-6 yoshli bolalarni fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9750 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Ilmiy rahbar: Muminova Nargiza Sabitdjanovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12 Ped 07.01.
Rasmiy opponentlar: Berdialieva Gulasal Abduqunduzovna — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Xushnazarova Ma’mura Nodirovna - pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zMPU.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha 5-6 yoshli bolalarni fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
          maktabgacha katta yoshdagi bolalarda savodxonlikka o‘rgatish faoliyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion-o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan integrativ yondashuvlarni maktabga tayyorlash, leksik-semantik, o‘qish, yozish malakalarida eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida kengaytirilgan;
          bolalarda savodxonlikka o‘rgatish faoliyatini shakllantirish modeli so‘zda fonemaning lokalizatsiyasini topish, tovushni intonatsion ajratish, so‘zning tovush tuzilishiga yo‘naltirish usuli sifatida ta’lim-tarbiyaviy faoliyat infratuzilmasini samarali optimallashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
          bolalarda fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatishni shakllantirish metodikasi fonematik differensiyalash, tinglash, tushunish, so‘zlashish, kabi nutqiy malaka talablarini rivojlantirishga oid subektiv munosabatlarini ta’lim-tarbiyaviy faoliyat traektoriyasiga adaptiv singdirish asosida takomillashtirilgan;
         maktabgacha katta yoshdagi bolalarda 4 k ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kreativ kollobarativ o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirish, kommunikativ va kritik individuallashtirishga ko‘ra muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy muhitga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda savodxonlikka o‘rgatishni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
          maktabgacha katta yoshdagi bolalarda savodxonlikka o‘rgatish faoliyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion-o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan integrativ yondashuvlarni maktabga tayyorlash, leksik-semantik, o‘qish, yozish malakalarida eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida kengaytirilgan taklif va tavsiyalardan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining tarbiyachi-pedagoglar malakasini oshirish kursi o‘quv rejasi mazmuniga singdirilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil, 3-dekabr-03-33-3444-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, bolalarni fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatishda innovatsion o‘yinli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan; 
         bolalarda savodxonlikka o‘rgatish faoliyatini shakllantirish modeli so‘zda fonemaning lokalizatsiyasini topish, tovushni intonatsion ajratish, so‘zni tovush tuzilishiga yo‘naltirish usuli sifatida ta’lim-tarbiyaviy faoliyat infratuzilmasini samarali optimallashtirishga ko‘ra takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari mualliflikdagi “Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan.  (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil, 3-dekabr-03-33-3444-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, bolalarni savodxonlikka o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan; 
         bolalarda fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatishni shakllantirish metodikasi fonematik differensiyalash, tinglash, tushunish, so‘zlashish kabi nutqiy malaka talablarini rivojlantirishga oid subektiv munosabatlarini ta’lim-tarbiyaviy faoliyat traektoriyasiga adaptiv singdirish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari o‘quv reja va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil, 3-dekabr-03-33-3444-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, maktabgacha 5-6 yoshli bolalar savodxonlik bilimlarini egallashi hamda o‘zini boshqarish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
          maktabgacha katta yoshdagi bolalarda 4K ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kreativ kollobarativ o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirish, kommunikativ va kritik individuallashtirishga ko‘ra muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy muhitga moslashtirishga doir taklif va tavsiyalari YuNISEF xalqaro tashkilotining “O‘zbekiston Respublikasida sifatli ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish” loyihasi doirasida tayyorlangan dastur mazmuniga singdirilgan.  (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil, 3-dekabr-03-33-3444-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, xorijiy tajribalar asosida tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirishga erishilgan. 
          Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tadqiqotchisi Kattaxodjaeva Shaxloxon Boxodirovnaning “Maktabgacha 5-6 yoshli bolalarni fonematik eshitish orqali savodxonlikka o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning tajriba-sinov ishi natijalari va ushbu natijalar asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar haqiqatdan ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion yondashuvlar asosida boshqarishni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish