Xasanov Ramish Samatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilida perfektli aspektual vaziyatlar va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3202
Ilmiy rahbar: Rizaev Bahodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis tilidagi  perfekt zamon shakllari orqali ifodalangan  aspektual vaziyatlarni  oʻzbek tilida berilish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zamon va aspekt kategoriyalarining semantik jihatdan mustaqilligi hamda ularning grammatik tizim doirasidagi o‘zaro semantik munosabatlar aniqlangan, hamda ushbu kategoriyalarning funksional-semantik chegaralari bilan bog‘liq yangi ilmiy xulosalar asoslab berilgan;
nemis tilida perfekt shaklining yasalishida (haben yoki sein) yordamchi   fe’llarning qo‘llanilish jarayonining aksional xususiyatlar, xususan, chegaralanganlik va chegaralanmaganlik bilan bog‘liqligi ilk bor tizimli ravishda aniqlanib, mazkur hodisaning grammatik-semantik asoslari ilmiy tahlillar orqali ochib berilgan;
perfekt shaklining tugallanganlik, natijaviylik, jarayonlilik, davomiylik va iterativlik kabi aspektual-temporal ma’nolarining o‘zbek tilida sintetik (morfologik), analitik (sintaktik) hamda kontekstual (payt ravishlari) vositalar orqali ifodalanish usullari ishlab chiqilgan;
nemis tilidagi perfekt zamon shakli orqali ifodalangan terminativlik, prosessuallik kabi aspektual vaziyatlar ilk bor o‘zbek tilidagi tarjimaviy muqobillari aniqlanib, ularning semantik tarkibi, grammatik tuzilishi, kontekstual xususiyatlari hamda ikki til o‘rtasidagi funksional-semantik o‘xshashliklar va strukturaviy-grammatik tafovutlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy qarashlar, perfektli aspektual vaziyatlar va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini tahlil qilishga doir amaliy tavsiyalar xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy dasturlar doirasida tadbiq etildi:
nemis va o‘zbek tillarida perfekt shaklining grammatik va tarjimaviy ekvivalentlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan nazariy xulosalar Evropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE IMEP dasturi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti, 2025-yil 28-yanvar, 154/02-sonli ma’lumotnoma). Natijada, perfekt shaklining o‘zbek tilidagi mazmunan to‘g‘ri tarjima qilinishini o‘rgatishga qaratilgan mashqlar tizimi va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu materiallar zamon va aspekt kategoriyalarini o‘zaro bog‘liq holda o‘zlashtirish imkoniyatini yaratdi;
nemis va o‘zbek tillarida zamon va aspekt kategoriyalarining ifodalanish shakllarini qiyosiy tahlil qilishga asoslangan yondashuvlar AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti, 2025-yil 27-yanvar, 252/02-sonli ma’lumotnoma). Natijada, grammatik struktura va tarjimaviy moslik masalalariga oid amaliy yondashuvlar ishlab chiqildi, metodik qo‘llanmalar yaratildi va ular til o‘rgatuvchilar faoliyatida samarali foydalanildi;
nemis tilida perfektli aspektual vaziyatlarning tasnifi va ularning semantik modellarini ishlab chiqishga oid ishlanmalar Erasmus+ “CLASS” loyihasi doirasida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti, 2025-yil 24-yanvar, 228/02-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tilshunoslik fanini o‘qitishda metodik materiallar yaratildi, elektron platformalar boyitildi, shuningdek “perfektli aspektual vaziyat”, “aspektual leksika” kabi atamalarning mazmuni kengaytirildi hamda tarjimaviy vositalarni qo‘llashga oid yangi nazariy yondashuvlar shakllantirildi;
nemis tilidagi perfekt shakllarning o‘zbek tilidagi tarjimaviy muqobillari va ularning sintaktik-semantik tahliliga oid materiallar Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi tomonidan efirga uzatilgan “Ochiq muloqat” eshittirishida ommaga taqdim etilgan (Qarshi shahri, “Qashqadaryo TRK”, 2025-yil 17-fevral, 1705/31-sonli ma’lumotnoma).
Natijada, dissertatsiyada olib borilgan ilmiy tahlillar va xulosalar keng auditoriyaga etkazildi, madaniyatlararo til yondashuvlari ommalashtirildi. Shuningdek, eshittirish davomida nemis tilining ayrim dialektlarida perfekt shaklining präteritum o‘rnida ishlatilishi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga ham e’tibor qaratilib, bu holatlarning o‘zbek tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik farqlarga ta’siri muhokama qilindi. Natijada, dissertatsiyada olib borilgan ilmiy tahlillar va xulosalar keng auditoriyaga etkazildi, madaniyatlararo til yondashuvlari ommalashtirildi. Shuningdek, eshittirish davomida nemis tilining ayrim dialektlarida perfekt shaklining präteritum o‘rnida ishlatilishi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga ham e’tibor qaratilib, bu holatlarning o‘zbek tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik farqlarga ta’siri muhokama qilindi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish