Shoimqulov Xayrullo Djo‘raniyozovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirishda syujetli-harakatli o‘yinlardan foydalanish texnologiyalarining nazariy asoslar”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.1.PhD/Ped4374
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Shuxrat Mamayusupovich – Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti    .
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Shopo‘latov Abdimalik Nurullaevich, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori pedagogika fanlari doktori (DSc).
ikkinchi opponent –  Donieva Yarkin Chorievna, Termiz davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida syujetli-harakatli o‘yinlardan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida syujetli-harakatli o‘yinlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarini shakllantirishga ko‘ra ularni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlanishini parallel ravishda ta’minlash imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirishning pedagogik modeli mazmuni raqamli va real muhit sintezini ta’minlashga ko‘ra bolalarning gadjetlarga bo‘lgan qiziqishidan foydalanish asosida harakatli va virtual o‘yin syujetlarini sport zaliga ko‘chirish orqali takomillashtirilgan;
harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy funksiyasi, o‘yin mazmunidagi syujet elementlari va metodik shartlarni uyg‘unlashtirishga ko‘ra mashg‘ulotlarning davomiyligi, intensivligi va dinamikasini belgilash orqali o‘quvchilarni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirishning pedagogik tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirish samaradorligi o‘yin mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra tezkorlik, chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlarning o‘sish dinamikasini ta’minlovchi o‘yin ichida individual rollarni taqsimlash texnologiyasini qo‘llash orqali aniqlashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirish uchun syujetli-harakatli o‘yinlardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida syujetli-harakatli o‘yinlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarini shakllantirishga ko‘ra ularni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlanishini parallel ravishda ta’minlash imkoniyatlarini ilmiy asoslashga doir taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim amaliyotida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-noyabrdagi 01/11-02/10-748-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirishda syujetli-harakatli o‘yinlardan foydalanish samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirishning pedagogik modeli mazmuni raqamli va real muhit sintezini ta’minlashga ko‘ra bolalarning gadjetlarga bo‘lgan qiziqishidan foydalanish asosida harakatli va virtual o‘yin syujetlarini sport zaliga ko‘chirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi “136”-sonli buyrug‘iga asosan 481746-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirishda syujetli-harakatli o‘yinlardan foydalanish samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy funksiyasi, o‘yin mazmunidagi syujet elementlari va metodik shartlarni uyg‘unlashtirishga ko‘ra mashg‘ulotlarning davomiyligi, intensivligi va dinamikasini belgilash orqali o‘quvchilarni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishgaga doir taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi “136”-sonli buyrug‘iga asosan 481746-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirishning  metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy moslashtirish va jismoniy rivojlantirish samaradorligi o‘yin mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra tezkorlik, chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlarning o‘sish dinamikasini ta’minlovchi o‘yin ichida individual rollarni taqsimlash texnologiyasini qo‘llash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-noyabrdagi 01/11-02/10-748-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini rivojlantirishda syujetli-harakatli o‘yinlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish