Qodirova Munisa Erkinjon qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matndagi san’atga oid terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5699 Ilmiy rahbar: Narmuratov Zayniddin Rajabovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori, professor Islomov Ikrom Xushboqovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy matnlarda qo‘llanilgan san’atga oid terminlarning leksik-semantik, tipologik va aksiologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni chog‘ishtirma tahlil asosida tizimlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
san’atga oid terminlar ilk bor badiiy matn kontekstida qiyosiy yondashuv asosida o‘rganilib, ularning lisoniy maqomi (shakli, mazmuni, funksional, aksiologik va kommunikativ-estetik xususiyatlari), shuningdek terminlarga xos aniqlik, barqarorlik, ixtisoslashuv, tizimlilik, mantiqiy bog‘liqlik va matndagi moslik kabi mezonlari o‘zbek va ingliz tillari materiali asosida aksiologik jihatdan qiyosiy-tasnifiy baholash negizida aniqlanib, nazariy-metodik asoslari ishlab chiqilgan;
san’at terminlarining kommunikativ va estetik imkoniyatlari, ularning obraz yaratishdagi o‘rni, shuningdek metaforik va metonimik vosita sifatida qo‘llanishi orqali baholab chiqilib, bunday birliklarning badiiy adabiyotlarda namoyon bo‘ladigan nominativ, aksiologik, tasviriy, identifikatsiyalovchi va madaniy konnotativ vazifalari misollar orqali asoslangan;
o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida qo‘llaniluvchi san’at terminlari leksik, grammatik, struktur hamda semantik mezonlar asosida tizimlashtirilib, o‘zbek tilida milliy madaniy merosga tayangan arxaik, fonosemantik jihatdan barqaror qatlam ustun ekani, ingliz tilida esa global madaniy integratsiya bilan bog‘liq, pragmatik-diskursiv faoliyatga yo‘naltirilgan, ko‘pincha o‘zlashma qatlam yetakchi ekani aniqlanib, grammatik-struktur tahlil natijasida o‘zbekcha terminlar morfologik o‘zgaruvchanligi, oddiy va ko‘p komponentli birliklar orqali ma’no zichligi hamda madaniy uyg‘unlikni, inglizcha terminlar esa sintaktik va iboraviy modellarda badiiy mazmunni ifodalashi bilan tavsiflanishi dalillangan;
san’at terminlarining baholovchi darajalari (ijobiy, salbiy, utilitar) aniqlanib, ularning milliy-madaniy konnotatsiyalari manbalarga muvofiq asoslangani hamda tarjimada kuzatilgan semantik siljishlar va aksiologik yo‘qotishlar asosida lingvistik-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgani natijasida, o‘zbek va ingliz tillaridagi baholovchanlik hamda tarjima strategiyalaridagi farqlar isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy matndagi san’atga oid terminlarning tipologik va aksiologik tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillari misolida) o‘rganish asosida:
san’atga oid terminlar ilk bor badiiy matn kontekstida qiyosiy yondashuv asosida o‘rganilib, ularning lisoniy maqomi (shakli, mazmuni, funksional, aksiologik va kommunikativ-estetik xususiyatlari) o‘zbek va ingliz tillari misolida qiyosiy tahlil hamda tasniflash orqali aniqlanganligi haqidagi xulosa va tavsiyalardan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan AL-662205561 - raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5744-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘zbek tilidagi qismi san’atga oid terminlarning kontekstual qo‘llanilishi va kommunikativ-estetik vazifalari asosida boyitilgan;
san’at terminlarining kommunikativ va estetik imkoniyatlari, ularning obraz yaratishdagi o‘rni, shuningdek metaforik va metonimik vosita sifatida qo‘llanishi orqali baholab chiqilib, bunday birliklarning badiiy adabiyotlarda namoyon bo‘ladigan nominativ, aksiologik, tasviriy, identifikatsiyalovchi va madaniy konnotativ vazifalari misollar orqali asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2021-2025 yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP “Triggering innovative approaches entrepreneurial skills for students through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia - TRIGGER” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 5- dekabrdagi 06/12-5145-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning leksik-semantik bazasi hamda badiiy matn asosida ishlangan o‘quv resurslari boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida qo‘llaniluvchi san’at terminlari leksik, grammatik, struktur va semantik mezonlar asosida tizimlashtirilib, ular orasidagi farqlar hamda o‘xshashliklar lingvistik jihatdan aniqlanib, yaqinlashuv va tafovut nuqtalari to‘g‘risidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1458-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tahlillar asosida o‘zbek tilining morfoleksik tizimini boyituvchi semantik guruhlar ishlab chiqilgan va avtomatik morfologik tahlil uchun tegishli algoritmik modellarning yaratilishiga asos bo‘lgan;
san’at terminlarining baholovchanlik darajalari aniqlanib, milliy-madaniy konnotatsiyalari manbalarga tayangan holda ochilgan, tarjimada yuzaga kelgan semantik siljishlar asosida ishlab chiqilgan lingvistik tavsiyalar hamda o‘zbek va ingliz tillaridagi baholovchanlik va tarjima strategiyalari doirasida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekistonda hamda xorijiy davlatlarda tashkil etilgan madaniy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 29-maydagi 02-12-14-3136-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyatni xorijiy adabiyotlar va madaniy kontekstlarda talqin etishga doir metodik yondashuvlar va tarjima mezonlarini shakllantirishda Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda tashkil etilgan madaniy tadbirlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.