O‘lmasov Firdavs Gayratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy tarqalgan qorin parda orti sohasi noorgan o‘smalarida tashxislash va xirurgik davo usullarini takomillashtirish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib313.

Ilmiy rahbar: Jo‘raev Mirjalol Dehqonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.

Rasmiy opponentlar: Muxammadaminov Shuxrat Karimdjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish  vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tarqalgan qorin parda orti sohasi noorgan o‘smalarini tashxislash usullari va jarrohlik amaliyotlarining taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy tarqalgan qorin parda orti sohasi noorgan o‘smalarini tashxislashda tomir fazasida mul`tisptral kompyuter tomografiyasi va videolaparoskopik tekshirish usullarining kompleks amaliyoti o‘smaning tarqalish darajasini  va jarrohlik amaliyotini bajarishga  asoslangan;

organizmning bir nechta a’zolarga o‘sib kirigan mahalliy tarqalgan qorin parda orti sohasi noorgan o‘smalarda kombinirlashgan va mul`tivisseral rezeksiyalarni samarali taktik yondashish tartibi takomillashtirilgan;

siydik naylarini va yirik magistral qon tomirlarni zararlangan noorgan o‘smalarida kombinirlashgan va mul`tivisseral rezeksiyalarda amalga oshirilgan rekonstruktiv jarrohlik amaliyotini texnik taktikasi takomillashtirilgan;

mahalliy tarqalgan qorin parda orti sohasi noorgan o‘smalarida jarrohlik amaliyotini nur va kimyoviy davolashni kompleks amalga oshirish orqali  asoratlarni kamaytirish va bemorlarning samarali hayot tarzini amalga oshirish mexanizmi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qorin parda orti noorgan o‘smalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Mahalliy tarqalgan qorin orti sohasi noorganik o‘smalarini tashxislash va xirurgik davolash usullarini takomillashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 8n-d/303-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma joriy etilishi qorin parda orti noorgan o‘smasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish hamda kasallikning qaytalanishlarsiz davrini oshirish imkonini bergan;

qorin parda orti noorgan o‘smalari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand va Jizzax filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 8Nd/303-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi QPONO‘ bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish spektrini ahamiyatli kengaytirish, shuningdek, uzoq muddat natijalarini yaxshilashga erishish, qaytalanish va metastazlarsiz davrini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish