Usmonova Maftuna Davlatjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi:ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Analitik kimyo fani o‘qitish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirish“(oliy ta’lim muassasalari misolida)  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3664
Ilmiy rahbar: Nishonov Mirkozimjon  texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,  PhD.03/2025.27.12.K.10.06
Rasmiy opponentlar: Xushvaktova Xusnobod Solievna pedagogika fanlari doktori, professor. Jumanov Axmadjon Mirzaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti ..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: analitik kimyo fani o‘qitish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalar vositasida takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: raqamli ta’lim texnologiyalar vositasida analitik kimyo fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari talabalar metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlarni yaratishga oid raqamli ta’lim muhiti aniq jarayonlarini imitatsiyalash va kimyoviy jarayonlarni virtual modellashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
“Analitik kimyo” fanini o‘qitish modeli immersiv texnologiyalarga ko‘ra “baholash va nazorat” interaktiv tizimini kasbiy mobillik traektoriyasiga integratsiyalash hamda raqamli vositalar yordamida kontekstli o‘qitish sharoitiga refleksiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Analitik kimyo” fanini o‘qitishda talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti murakkab kimyoviy va analitik jarayonlarni adaptiv vizuallashtirish orqali raqamli ta’lim texnologiyalari mazmunini tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha ta’limiy-metodik resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalar vositasida “Analitik kimyo” fanini o‘qitish natijadorligi Plickers, Yandex Forms, Mentimeler orqali mobil so‘rov va ovoz berish, Quizlet, Kahoot yordamida mobil viktorinalar o‘tkazish jarayonida raqamli texnologiyalarning metodik imkoniyatlarini mobil qidiruv, bulutli servislar va veb-questlar asosida refleksiv baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Talabalarning kimyo ta’limi jarayonida raqamli texnologiyalar asosida metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim texnologiyalar vositasida analitik kimyo fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari talabalar metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlarni yaratishga oid raqamli ta’lim muhiti aniq jarayonlarini imitatsiyalash va kimyoviy jarayonlarni virtual modellashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Analitik kimyo(laboratoriya mashg‘ulotlari uchun)” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida 839149 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlari orttirilgan;
““Analitik kimyo” fanini o‘qitish modeli immersiv texnologiyalarga ko‘ra “baholash va nazorat” interaktiv tizimini kasbiy mobillik traektoriyasiga integratsiyalash hamda raqamli vositalar yordamida kontekstli o‘qitish sharoitiga refleksiv muvofiqlashtirish; 3D texnologiyalar yordamida integratsiyalash hamda ta’lim jarayonida kasbiy mobillikni rivojlantirishning “baholash va nazorat” interaktiv tizimini raqamli vositalar yordamida takomillashtirishga doir tavsiyalari va uslubiy ko‘rsatmalari, dasturiy ta’minotini murakkab analitik jarayonlarni adaptiv vizuallashtirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga oid metodik resurslarni ishlab chiqishga doir tavsiyalaridan “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmada  foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i asosida №697399 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda raqamli ta’lim muhitida raqamli texnologiyalardan foydalanishning elektron ta’lim resurslari vositasida takomillashtirish imkonini bergan.
“Analitik kimyo” fanini o‘qitishda talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti murakkab kimyoviy va analitik jarayonlarni adaptiv vizuallashtirish orqali raqamli ta’lim texnologiyalari mazmunini tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha ta’limiy-metodik resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Analitik kimyo(laboratoriya mashg‘ulotlari uchun)” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida 839149 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish mazmuni kengaytirilgan.
Raqamli ta’lim texnologiyalar vositasida “Analitik kimyo” fanini o‘qitish natijadorligi Plickers, Yandex Forms, Mentimeler orqali mobil so‘rov va ovoz berish, Quizlet, Kahoot yordamida mobil viktorinalar o‘tkazish jarayonida raqamli texnologiyalarning metodik imkoniyatlarini mobil qidiruv, bulutli servislar va veb-questlar asosida refleksiv baholashni takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishga oid metodik takliflari “Analitik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” uslubiy qo‘llanmasi (Guvohnoma. № DGU–005426) mazmuniga singdirilgan hamda http://analitikkimyo ta’lim mediaportalida joylashtirilgan ( Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-01-57/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar asosida talabalarning metodik tayyorgarligi takomillashtirish imkoniyati orttirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish