Shaxobitdinov Xayotbek Xakimjon O‘g‘lining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida rivojlantirish metodikasi (Xalq pedagogikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10373
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Juraevna, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.32.01.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Mashrabxon Vaxidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alijonova Mahbubaxon Rustamjonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar badiiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari an’anaviy xalq tajribasiga asoslangan akseologik ta’sir tamoyillarini kompetensiyaviy o‘qitish talablari bilan implementatsiyasini zamonaviy ta’lim paradigmaları kontekstida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning modifikatsion modeli  talabalarning ijodiy-estetik faoliyatini personal refleksiyada artpedagogik yo‘naltirish hamda obrazli-metaforik yondashuvlarni  dizayn fikrlash muhitida moslashuvchan imitatsiyalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning texnologiyalari talabalarning emotsional sezuvchanligini oshirishga qaratilgan etnopedagogik-matrisa organayzerlarini  kreativ fikrlashni intensivlashtiruvchi hissiy-estetik intervallarda  vizual maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik ta’minoti badiiy-estetik me’yorlar va qadriyatlarga asoslangan dramatik mashg‘ulotlarning infografik modellari¬ni badiiy obrazli kompozisiyalarda differensial refleksiyada joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik ta’minoti badiiy-estetik me’yorlar va qadriyatlarga asoslangan drammatik mashg‘ulotlarning infografik modellarini badiiy obrazli kompozisiyalarda diffrensial refleksiyada joriy etish asosida takomillashtirilganiga doir qarashlardan ixtisoslashgan atamalar tavsifida foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 25 oktyabr 2025 yil. 04-4503-son ma’lumotnomasi)     O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalainlgan.Natijada modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim atamalarning tavsifi yanada yorqinlashgan.  
bo‘lajak o‘qituvchilar badiiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari an’anaviy xalq tajribasiga asoslangan akseologik ta’sir tamoyillarini kompetensiyaviy o‘qitish talablari bilan implementatsiyasini zamonaviy ta’lim paradigmalari kontekstida ta’minlash asosida aniqlashtirilgani kabilarga doir materiallari va natijalaridan ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish usullarini ishlab chiqishda, Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan.   (Andijon davlat universitetining 25 oktyabr 2025 yil. 04-4504-son ma’lumotnomasi). Natijada modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilar lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan.
tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning texnologiyalari  talabalarning emotsional sezuvchanligini oshirishga qaratilgan etnopedagogik-matrisa organayzerlarni  kreativ fikrlashni intensivlashtiruvchi xissiestetik intervallarda  vizual maqbullashtirish asosida takomillashtirilishi masalasiga e’tibor berilgan. Olingan ma’lumotlar natijasida radiotinglovchilar bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy tafakkurni shakllantirish jarayonida xalq pedagogikasiga oid obrazlar, og‘zaki ijod namunalarini talqin qilish, dramatik va vizual yondashuvlardan foydalanish orqali estetik idrokni faollashtirish hamda ularni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish metodikasining tizimlashtirilganligi xususidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarini tayyorlashda (2025 yil fevral va oktyabr oylarida) foydalanilgan.( O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi 31 oktyabr 2025 yil. 05-09-1715-son ma’lumotnomasi).
 bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik (mashg‘ulot turlari, topshiriq shakllari), psixologik (obrazli fikrlash, estetik idrok), pedagogik (xalq pedagogikasi, badiiy obrazlar orqali tarbiya) imkoniyatlar yagona didaktik birlikda tizimlashtirilib, ularning ozaro uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirildi. Ushbu yondashuv ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida yangi imkoniyatlarni yaratdi va ochib berilgan yangiliklar va ilmiy natijalardan mazkur loyiha ishlanmalarida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi 2025 y. “18” iyul № 02-14-06-909 ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi, shuningdek, foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish