Abdukarimov Mirzohid Murotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʼi nomi): «Magistral neft va gaz quvurlari uchun samarali korroziyaga barqaror materiallarning ilmiy-texnik asoslarini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T993.
Ilmiy maslahatchi: Yodgorov Normahammad, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Hasan Irgashovich, texnika fanlari doktori, professor; Hojiev Shokir G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magistral neft va gaz quvurlari uchun samarali korroziyaga barqaror materiallarni olish texnologiyasining ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipol qatronini ammoniy sulfat, melamin sianurat, epixlorgidrin, epoksid smola va moy kislotalari bilan modifikatsiyalash asosida GK-1, GK-2, GMS-1, GE-1, GE-2, GY-1 markalari olingan bo‘lib, suvda va moyda eriydigan, metall yuzasini qoplama qilish orqali ularning fizik-kimyoviy hamda antikorrozion xossalari aniqlangan;
sintez qilingan ingibitorlarning tuzilishini tadqiq qilishda IQ-spektroskopiyasi, differensial-termogravimetrik, skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) hamda element analiz usullari orqali tarkibi tadqiq etilib gossipol qatroni asosidagi korroziya ingibitorlarining himoyalash darajasi standart talablar asosida ilmiy asoslangan;
GK-1 va GK-2 markali ingibitorlarning suv, graderli suv, xlorid kislota eritmasi hamda vodorod sulfidli eritma muhitlarida metallarni ingibirlash samaradorligini 96,68 % ga oshirish usullari ishlab chiqilgan;
GMS-1 markali korroziya ingibitori bilan epoksid smola modifikatsiyalanib, polimer kompozit qoplamalari turli muhitlarda olindi va ularning barqarorligi hamda ishlatish davomiyligi gravimetrik usul yordamida aniqlanib, korroziya tezligi va himoyalash darajasi 98,6 % ni tashkil etishi aniqlangan;
GY-1 markali korroziya ingibitori neft va gaz quvurlarining ichki devorlarini 1–6 % li HCl eritmasi bilan suyuq uglevodorodlar muhitida ishlov berilganda uglevodorodlardan himoyalash darajasi 98,7 % gacha yaxshilaganligi isbotlangan;
mahalliy xomashyolar asosida GK-1, GE-1, GY-1 kabi ingibitorlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va jarayonning optimal sharoitlari aniqlanib, ularning texnik-iqtisodiy samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magistral neft va gaz quvurlari uchun samarali korroziyaga barqaror materiallarning ilmiy-texnik asoslarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gossipol asosidagi neft moylarida eriydigan korroziya ingibitorlari «O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorod konlarini o‘zlashtirish jarayonida metall quvurlarni agressiv muhitlardan himoyalashda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2026 yil 2 iyuldagi 03-18-8-655-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft moylarida eriydigan GY-1 markali ingibitorning neft mahsulotlari muhitida korroziyadan himoyalash darajasini 98% ga yaxshilash imkonini bergan;
mahalliy xom ashyolar asosida olingan neft moylarida eriydigan GY-1 markali ingibitorlar «O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida, neft va gaz quduqlariga qarashli “Alan”, “Janubiy Kemachi”, “O‘rtabuloq” va Zevarda konlaridagi quduqlarda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2026 yil 2 iyuldagi 03-18-8-655-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz quvurlarining vodorod sulfid va suyuq uglevodorodli muhitdagi, ichki devorlarini korroziyadan himoyalash samaradorligini 98,7 % gacha oshirish imkonini bergan;
gossipol qatroni asosida sintez qilingan GK-1, GK-2, GMS-1, GE-1, GE-2, GY-1 turdagi korroziya ingibitorlari va ular bilan modifikatsiyalangan polimer qoplamalarni olish va qo‘llash texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2026 yil 2 iyuldagi 03-18-8-655-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GMS-1, GE-1, GE-2 markali modifikatsiyalangan ingibitorlar turli agressiv muhitlarda yuqori darajadagi korroziyani ingibirlash darajasi 95-98,6% yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish