Abdullaeva Moxlaroyim Nodirbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda rezus-immunizatsiyasi paytida homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sitokin xolatini xususiyatlari», 14.00.01 – «Akusherlik va ginekologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5731.
Ilmiy rahbar: Jabborov Ulug‘bek Uzoqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: rezus-immunizatsiyali homiladorlada antenatal fetal gemotransfuziyalarning gemolitik kasalligi mavjud homila va chaqaloqlarning sitokin profiliga ta’sirini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikada rezus-immunizatsiyali homiladorlarda fetal texnologiyalar bo‘yicha olti yillik tajribaning retrospektiv tahlili asosida ularning qo‘llanilishi tufayli gemolitik kasallikda homiladagi gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan, shuningdek gelli immunologik usullarning gemolizni erta aniqlash va fetal gemotransfuziyalarni o‘z vaqtida o‘tkazishdagi yuqori diagnostik ahamiyati isbotlangan;
gestatsiyaning II trimestrida gemolitik kasallik mavjud homilalarda yallig‘lanish va unga qarishi sitokinlar sintezining o‘rtacha 1,8 marta ortishi bilan ifodalanuvchi tug‘ma immun javobning faollashuvi aniqlangan, bu esa homiladagi ushbu sitokin profilining kasallik og‘irligini tashxislashda ahamityali immunologik markyor sifatida qo‘llash mumkinligi asoslangan;
gestatsiyaning III trimestrida gemolitik kasallik mavjud homilalarda barcha tekshirilgan sitokinlar darajasining o‘rtacha 1,9 marta ortishi bilan namoyon bo‘luvchi jadal sitokin disregulyasiyasi shakllangani aniqlangan, bu esa homiladagi mazkur sitokin spektrining kasallik monitoringidagi prognostik ahamiyatini asoslab, antenatal olib borish taktikasini belgilashi isbotlangan;
antenatal davrda rezus-immunizatsiyali homiladorlarda o‘tkazilgan fetal gemotransfuziyalarning gemolitik kasalligi bor chaqaloqlarda sitokin statusning me’yorlashuvi bilan ifodalanuvchi immunomodulyator samaradorligi isbotlangan va bu texnologiyalarning qo‘llanilishi perinatal kasallanish, postnatal asoratlar soni va chaqaloqlar o‘limi xavfini kamaytirishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rezus-immunizatsiyali homiladorlada antenatal fetal gemotransfuziyalarning gemolitik kasalligi mavjud homila va chaqaloqlarning sitokin profiliga ta’sirini baholash, ushbu texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
 birinchi ilmiy yanglik: ilk bor respublikada rezus-immunizatsiyali homiladorlarda fetal texnologiyalar bo‘yicha olti yillik tajribaning retrospektiv tahlili asosida ularning qo‘llanilishi tufayli gemolitik kasallikda homiladagi gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan, shuningdek gelli immunologik usullarning gemolizni erta aniqlash va fetal gemotransfuziyalarni o‘z vaqtida o‘tkazishdagi yuqori diagnostik ahamiyati isbotlanganligi  Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-56/4-son bilan tasdiqlangan «Gemolitik kasallikda homila va chaqaloqning sitokin statusi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2025 yil 04 avgustdagi 89-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 3 sentyabrdagi 101-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/22-son xulosasi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: rezus-immunizatsiyali homilador ayollarni antenatal kuzatish tizimida antirezus antitanachalarni standart serologik aniqlash homiladorlik davrida ko‘p marta amalga oshiriladi, bu sezilarli moliyaviy xarajatlar bilan birga keladi. Antirezus antitanachalarning standart laboratoriya monitoringini o‘tkazish uchun o‘rtacha umumiy xarajatlar bitta bemor uchun 550000 so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, G1 va G3 rezus-immunoglobulinlar subsinflarini gelli immunologik usullar yordamida aniqlash bir marta o‘tkazilganda tadqiqotning o‘rtacha narxi 275000 so‘mni tashkil etadi, shu bilan birga homilada gemoliz holatini erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash taktikasini asoslash uchun yuqori diagnostik va prognostik ahamiyatga ega. Gelli texnologiyalarni joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samara standart serologik monitoring xarajatlari va rezus-immunoglobulinlar subsinflarini aniqlash xarajatlari o‘rtasidagi farq hisoblanganda bir bemor uchun E = 550000 - 275000 = 275000 so‘mni tashkil qiladi. Tadqiqot ko‘lami doirasida rezus-immunizatsiyali 45-50 nafar homiladorlarning o‘rtacha yillik soni hisobga olinganda, yillik moliyaviy mablag‘larning umumiy tejalishi Eyil = 275000 × 50 = 13750000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: rezus-immunizatsiyali homiladorlarni antenatal kuzatish tizimiga rezus-immunoglobulinlarning G1 va G3 subsinflarini aniqlash bilan gelli immunologik usullarni joriy etilishi klinik jihatdan asoslangan va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, bu diagnostik samaradorlikni oshirishni ta’minlaydi va 45-50 nafar homilador ayolni kuzatishda sog‘liqni saqlash tizimining xarajatlarini yiliga o‘rtacha 12,4-13,8 million so‘mga kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik:   gestatsiyaning II trimestrida gemolitik kasallik mavjud homilalarda yallig‘lanish va unga qarishi sitokinlar sintezining o‘rtacha 1,8 marta ortishi bilan ifodalanuvchi tug‘ma immun javobning faollashuvi aniqlangan, bu esa homiladagi ushbu sitokin profilining kasallik og‘irligini tashxislashda ahamityali immunologik markyor sifatida qo‘llash mumkinligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-56/4-son bilan tasdiqlangan «Gemolitik kasallikda homila va chaqaloqning sitokin statusi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2025 yil 04 avgustdagi 89-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 3 sentyabrdagi 101-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28/22-son xulosasi). Ilmiy yangilikning tibbiy samaradorligi: gemolitik kasallik og‘irligining erta immunologik markeri sifatida homilaning sitokin profilidan foydalanish nafaqat homilador ayollarning kasalxonada yotish muddatini qisqartirishga, balki postnatal davrda tashxislash va davolash hajmini kamaytirishga imkon beradi. Homiladorlikning II trimestrida gemolitik kasalligi bo‘lgan homilalarda yallig‘lanish va ungga qarshi sitokinlarning (IL-18, IL-6, TNF-α) yaqqol faollashuvini erta aniqlash rezus-immunizatsiyalangan homiladorlarning kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: homiladorlarning statsionarda bir kecha-kunduz yotishi narxi (Sk) 853000 so‘mni tashkil etadi. Kasalxonaga yotqizishni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha moliyaviy tejamkorlik (Egosp) 412000 so‘mni, qisqartirilgan yotoq kunlarining ekvivalenti ΔKK = Egosp / Sk = 412000 / 853000 = 0,48 yotoq kunini tashkil etadi. Bu har bir bemorga o‘rtacha 0,5 yotoq kunining oldini olishga to‘g‘ri kelgan. Chaqaloqlarda kengaytirilgan laboratoriya tekshiruvlarini qisqartirish hisobiga tejamkorlik, laboratoriya tekshiruvlarining o‘rtacha narxi (Slab) 1180000 so‘mdan kelib chiqib aniqlanganda, ularning hajmi 32% ga kamayishi natijasida Elab = Slab × 0,32 = 1180000 × 0,32 = 377600 so‘mni tashkil etadi. Homilada jadal gemolizni erta aniqlash chaqaloqlik davrida yuqori xarajatli dori-darmon terapiyasini qo‘llash zaruratini kamaytiradi. Gemolitik kasallikning og‘ir kechishida dori-darmon bilan davolash (Smed) ning o‘rtacha narxi 2340000 so‘mni tashkil etganda, davolash taktikasini optimallashtirish va dekompensatsiyaning oldini olish hisobiga o‘rtacha iqtisod 25% ga etib, Emed = 2340000 × 0,23 = 538200 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bir bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik (E₁) barcha tarkibiy qismlarning yig‘indisi sifatida aniqlanganda E₁ = Egosp + Elab + Emed = 412000 + 377600 + 538200 = 1327800 so‘mni, tadqiqot doirasida esa (45-50 nafar rezus-immunizatsiyali homiladorlarda) bu ko‘rsatkichlar yiliga Eyil = E₁ × N = 1327800 × 45-50 = 59751000-66390000 so‘mni tashkil etadi;
uchinchi ilmiy yangilik:  gestatsiyaning III trimestrida gemolitik kasallik mavjud homilalarda barcha tekshirilgan sitokinlar darajasining o‘rtacha 1,9 marta ortishi bilan namoyon bo‘luvchi jadal sitokin disregulyasiyasi shakllangani aniqlangan, bu esa homiladagi mazkur sitokin spektrining kasallik monitoringidagi prognostik ahamiyatini asoslab, antenatal olib borish taktikasini tanlash imkonini berganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-56/4-son bilan tasdiqlangan «Gemolitik kasallikda homila va chaqaloqning sitokin statusi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2025 yil 04 avgustdagi 89-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 3 sentyabrdagi 101-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/22-son xulosasi). Ilmiy yangilikning tibbiy samaradorligi: III trimestr dinamik monitoringda sitokin spektridan foydalanish kechiktirilgan klinik qarorlar chastotasini kamaytirishga va shoshilinch homila ichi aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rtacha 20% ga kamaytirishga imkon bergani, bu esa antenatal kuzatuvni yanada oqilona rejalashtirishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: III trimestrda homilada sitokinlarning sezilarli darajada oshishi erta aniqlanganda, statsionar sharoitida uzoq muddatli dinamik kuzatuvga hojat qolmaydi, bu homilador ayolning kasalxonada qolishini o‘rtacha ΔKD = 1,8-2,2 yotoq kuniga qisqartirish imkonini beradi. Homilador ayolning shifoxonada bir kun qolishining o‘rtacha narxi Sd = 853000 so‘m bo‘lganda, bitta bemor uchun moliyaviy mablag‘ tejalishi E1 = AKD × Sd = 1,8-2,2 × 853000 = 1535400-1876600 so‘mni tashkil etadi. Homilaning sitokin spektrini qo‘shimcha prognostik baholash noaniq klinik ko‘rinishda o‘tkaziladigan takroriy instrumental va laboratoriya tadqiqotlari hajmini kamaytirishga imkon beradi. Kengaytirilgan antenatal monitoringning o‘rtacha narxi Sm = 1240000 so‘mni tashkil etganda, sitokin profilidan foydalanish uning hajmini o‘rtacha 30% ga kamaytirish imkonini beradi, bu esa E2 = Sm × 0,30 = 1240000 × 0,30 = 372000 so‘mni tashkil etadi. Homiladorlikning III trimestrida homilaning prognostik sitokin spektrini qo‘llashning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemor uchun Eum = E1 + E2 = (1535400-1876600) + 372000 = 1907400-2248600 so‘mni tashkil qiladi. Rezus-assotsiatsiyalangan gemolitik kasalligi bo‘lgan homilasi bor ayollarning o‘rtacha yillik kontingentini hisobga olgan holda (N = 45-50), yillik iqtisodiy samaradorlik Eyil = Eum × N = 1907400-2248600 × 45-50 = 85833000-112430000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: homiladorlikning III trimestrida gemolitik kasalligi bo‘lgan homilalarda sitokinlar darajasining jadal oshishini aniqlash fetal gemolizning og‘irligi va antenatal davolash taktikasiga nisbatan yuqori prognostik ahamiyatga ega, shuningdek, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lib, monitoring va davolashni optimallashtirish orqali homiladorlarni shifoxonada bo‘lish muddatini va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi;
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: antenatal davrda rezus-immunizatsiyali homiladorlarda o‘tkazilgan fetal gemotransfuziyalarning gemolitik kasalligi bor chaqaloqlarda sitokin statusning me’yorlashuvi bilan ifodalanuvchi immunomodulyator samaradorligi isbotlangan va bu texnologiyalarning qo‘llanilishi perinatal kasallanish, postnatal asoratlar soni va chaqaloqlar o‘limi xavfini kamaytirish imkonini berganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 iyunda 6i-56/4-son bilan tasdiqlangan «Gemolitik kasallikda homila va chaqaloqning sitokin statusi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2025 yil 4 avgustdagi 89-son va Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 3 sentyabrdagi 101-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/22-son xulosasi). Ilmiy yangilikning tibbiy samaradorligi: fetal gemotransfuziyalarni o‘tkazish homila holatining dekompensatsiya xavfini o‘rtacha 40-50% ga pasaytirishga, shuningdek, og‘ir perinatal asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: perinatal o‘limning kamayishi oilaga ijtimoiy va ruhiy yuklamani engillashtirib, nogironlik xavfini kamaytirish va uzoq muddatli ijobiy demografik ta’sirni shakllantirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: fetal gemotransfuziyaning bir seansi narxi Sfgt = 5500000 so‘m, diagnostik kordotsentez - Skord = 3000000 so‘m, homilador ayolning statsionarda bir kunlik qolish narxi - Sd = 300000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligi L=3 kun bo‘lganda, statsionar davolanish xarajatlari Sst = 3 × 300000 = 900000 so‘mni tashkil qiladi. Shunday qilib, antenatal homila ichi aralashuvi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar yig‘indisi Sumum = Sfgt + Skord + Sst = 5500000 + 3000000 + 900000 = 9400000 so‘mni tashkil qiladi. Iqtisodiy samaradorlikning integral ko‘rsatkichi homilaning saqlab qolingan hayoti qiymati bo‘lib, u davolanish uchun umumiy xarajatlarning homiladorlikning ijobiy natijasi ehtimoliga nisbati sifatida aniqlanadi: Sa = Sumum / P, bu erda P – fetal texnologyalar qo‘llanilganda homila hayotini saqlab qolish ehtimoli. R = 0,7-0,8 bo‘lganda, saqlab qolingan homila hayotining qiymati 11,8-13,4 mln so‘mni tashkil etadi, bu o‘limning oldini olish va uzoq muddatli ijtimoiy ta’sirni hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan asoslangan ko‘rsatkichdir. Fetal gemotransfuziyalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligining yana bir dalili ularni antenatal aralashuv bo‘lmaganda keyingi intensiv davolash xarajatlari bilan taqqoslashdir. Intensiv terapiyaning bir kunlik o‘rtacha narxi 1,45 million so‘mni tashkil etadi va hatto minimal davolanish davomiyligi 5-7 kun bo‘lgan taqdirda ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar dori terapiyasi va kengaytirilgan monitoringni hisobga olmaganda 7,25-10,15 million so‘mga etadi.  Xulosa: rezus-immunizatsiyali homilador ayollarda fetal gemotransfuziyalarni o‘tkazish isbotlangan immunomodullovchi ta’sirga ega va salbiy perinatal natijalar chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Usulning iqtisodiy samaradorligi yuqori xarajatli asoratlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lib, davolangan bemorlar soni va salbiy oqibatlarning oldini olish darajasiga qarab yillik 234-430 million so‘mgacha iqtisodiy zararni oldi olingan bo‘ladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish