Matchanova Gulruh Xayitmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Tolani dastlabki tozalash mashinasining ishchi konstruksiyasini takomillashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.2.PhD/T5701
Ilmiy rahbar: Bobojanov Xusanxon Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Kambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yigirish jarayonlarida paxta tolasini dastlabki tozalash mashinasining ishchi konstruksiyasini takomillashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta tolasini tozalashda yangi konstruksiyadagi, qoziqchalari soni oshirilganligi va diametri kamaytirilganligi natijasida tolali tutam tarkibidagi yirik yot aralashmalarni samarali tozalovchi tozalash barabani konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tolali massa tarkibidan yirik yot aralashmalarni tozalash jarayonida tolali massaning sifat ko‘rsatkichlarini oshirib, tolaga etkaziladigan zarbani yumshatish orqali shikastlanish darajasini kamaytirishga xizmat qiladigan, uch qismiga rezina qoplama o‘rnatilgan baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
S.M. Targ tenglamasi yordamida paxta tolasi oqimini qoziqchalar ta’sirida sifatli tozalash samaradorligiga erishishdagi qoziqchalarning uzunligi va burchak tezliklarining har bir qoziq va tolali tutam massasiga bog‘liqlik tenglamasi ishlab chiqilgan;
A.T. Sevostyanov modeli asosida takomillashgan konstruksiyadagi tozalash barabanining har bir qismida to‘plangan iflosliklar miqdori bilan ularning chiqib ketish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi differensial tenglamalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. CL-P dastlabki tola tozalash mashinasida yangi konstruksiyadagi tozalash barabanni qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
CL-P dastlabki tola tozalash mashinasining yangi konstruksiyadagi tozalash barabanini Urganch shahridagi «UrgTex» MChJ hamda “Textile Finance Khorezm” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 12-sentyabrdagi № 02/25-2171 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi tozalash barabanini qo‘llash orqali paxta tolalarini tozalanish darajasi 11–13% ga, ipning chiziqiy zichlik bo‘yicha notekisligi (CVm%) ni 2,74% ga, nisbiy uzilish kuchini 1,99% ga oshirilishiga erishilgan hamda ipning realizatsiyasi 80% dan 82-83% gacha ko‘tarilgani va 1 kg ipdan olinadigan sof foydani 32,5 so‘mdan 67,6 so‘mgacha oshirilgani natijasida korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 223,6884 mln. so‘m (ikki yuz yigirma uch million olti yuz sakson sakkiz ming to‘rt yuz) so‘mni tashkil etgan.