Turdieva O‘g‘iloy Komiljon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” - “Transformatsion tikuv buyumlari yangi assortiment dizaynini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5421 
Ilmiy rahbar: Xojiev Abduraxim, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Sabohat Sobidovna, texnika fanlari doktori, professor; Tashpulatov Salih Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Transformatsion tikuv buyumlari yangi assortimenti dizaynini ishlab chiqish va asoslash, insonlarning turmush tarzini engillashtiradigan va  ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Farg‘ona vodiysidagi 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarning bo‘y va vazn ko‘rsatkichlari tadqiq qilingan hamda transformatsion kiyim va sumka assortimenti uchun chaqaloqlar oyma-oy o‘sish parametriga mos keladigan konstruktiv o‘lchamlar ishlab chiqilgan; 
konstruktiv o‘lchamlar asosida 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun transformatsion tikuv buyumini takomillashgan assortiment modellarining konstruktiv-texnologik ketma ketligi ishlab chiqilgan;
transformatsion bolalar kiyimi va sumkasi uchun tanlangan plashovka, trikotaj hamda xrom miqdori kamaytirilgan ekologik xavfsiz charmdan transformatsion assortimentda qo‘llash imkoniyatlari asoslangan hamda ushbu materiallar asosida chaqaloqlar organizmiga salbiy ta’sirni kamaytiruvchi takomillashgan model konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
transformatsion tikuv buyumlarining yangi assortimenti – kombinezon, sumka, divancha, ryukzak va elkaga osiladigan sumka sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali modellar to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatsion tikuv buyum assortiment konstruksiyasini ishlab chiqish va asoslash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan transformatsion kombinezon va sumka assortimentining konstruktorlik-texnologik hujjatlari hamda dizayn-loyihasi “IMRON TEXTILE GROUP” X/K, “Yuksalish charm sanoat servis” MChJ va “Botir Muhammadali”MChJ da (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 15-iyuldagi №01/07/99-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natijada, biriktirib choklash sifati yaxshilangan, xomashyoga sarflangan xarajatlarga nisbatan 6,77% yuqori daromad olingan,  transformatsion sumka assortimentini ishlab chiqarishda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 142 863 800 (bir yuz qirq ikki million sakkiz yuz oltmish uch ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qilgan hamda xomashyo turlari bo‘yicha qiyosiy tahlil natijasida mol va buzoq terisiga nisbatan qo‘y va echki terisiga sarflangan xarajat yuqori daromad (163 534 774 so‘m) keltirishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish