Mamatqulov Orifjon Tursunovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta separatorining ratsional konstruksiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T788.

Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori,  professor; Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: separator ishchi organlarining samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish orqali paxta mahsulotlari dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta bo‘lagining separator ishchi kamerasidagi harakati traektoriyasi hamda silindrik baraban to‘rli sirti bilan ta’sirlashuvi jarayonini nazariy o‘rganish natijalari asosida ishchi kamera elementlarining ratsional parametrlari aniqlangan;

ishchi kamerada havo uyurmasini bartaraf qilish va mayda iflosliklardan tozalash imkonini beruvchi to‘rli baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

separatsiya jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlovchi maxsus yo‘naltirgichlar o‘lchamlari va orasidagi masofaning ratsional qiymatlari eksperimental usulda aniqlangan;

yon devor qarshisida o‘rnatilgan to‘rli disklar va sidirgich valiga o‘rnatilgan to‘rli barabanga ega bo‘lgan separator konstruksiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta havo yordamida tashish jarayonidagi separator qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

ishlab chiqilgan paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyatining «Kosonsoy paxta tozalash» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 8 fevraldagi 02-18/1036-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushining 8–10%  kamayishi ta’minlangan;

separator sidirgichi valiga o‘rnatilgan silindrik to‘r va kirish qismiga o‘rnatilgan maxsus yo‘naltirgichlar hamda ishchi kameradagi havo tezligi va bosimining ratsional ko‘rsatkichlari «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyatining «Kosonsoy paxta tozalash» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 8 fevraldagi 02-18/1036-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani havodan ajratish jarayonida havo bilan erkin tolalar chiqib ketishining 0,26 kg/hga kamayishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish