Usnatdinova El`mira Faxratdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tolaviy tarkibli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4 PhD/T6234.
Ilmiy rahbar: Abduraximova Fazilat Abdullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonqulov Sharofjon Qodirqulovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli tolaviy tarkibli aralash ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta, PAN, bambuk va viskoza iplaridan foydalanib yassi ikki ignadonli trikotaj to‘quv mashinasini texnologik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini qatlamlarini qo‘shimcha ipsiz asos halqalarini o‘zi bilan birlashtirish usuli takomillashtirilgan;
paxta hamda bambuk iplarini aralashtirib ikki qatlamli trikotaj to‘qimalari to‘qilganda trikotajni texnologik ko‘rsatkichlariga va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri iplarni chiziqiy zichliklarini o‘zgartirilishi bilan asoslangan;
bambuk va paxta iplari bilan aralashtirib to‘qilganda mashinaning to‘qish tizimida berilayotgan iplarning taranglik kuchlarini trikotajni tarkibidagi halqa o‘lchamlariga ta’sir etish bo‘yicha bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
paxta va bambuk iplarini aralashtirib to‘qilganda iplarni chiziqiy zichliklarini va to‘qima tarkibida ularni joylari o‘zgartirilganda trikotaj xususiyatlarini uning ko‘rsatkichlariga bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishli paxta-bambukli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bambuk va paxta iplaridan hosilali glad asosida pressli biriktirilgan yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasi “KNITTING ART TEX” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 15-yanvardagi № 02/06-71 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bambuk-paxtali trikotaj to‘qima turlarining ko‘payishi bu to‘qimalardan bolalar, ayollar va erkaklar ustki trikotaj mahsulot assortimentlarini ishlab chikarishni 3-5% ga oshirish imkonini bergan.