Shodieva Shaxzoda Musodilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikkilamchi xomashyo resurslaridan ip yigirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5985.
Ilmiy rahbar: Matismailov Sayfulla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Usmonov Xayrulla Saydullaevich texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkin o‘g‘li texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik ikkilamchi xomashyo resurlari - trikotaj qiyqimlaridan ip yigirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
trikotaj qiyqimlarini kesish va ularni chimdib titish mashinasida tolalarga ajratishning o‘zgaruvchan rejimga asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda ushbu texnologiyani amalga oshiruvchi mashina konstruksiyasi takomillashtirilgan;
chimdib titish jarayonida qiyqim va qayishqoq elementli ta’minlovchi silindrlar orasidagi ishqalanish kuchini aniqlashning matematik ifodasi siquvchi silindrlar umumlashgan massasi, radiuslari, rezinali vtulka va qiyqim bikrliklarini inobatga olib ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan qiyqimlarni titib tiklangan tolalarni olish texnologiyasida baraban arra tishlari iplarni olib ketish shartini analitik ifodasi ularning massasi, texnologik qarshiligi, baraban burchak tezligi hamda ishqalanish kuchining o‘zgarishini inobatga olib aniqlangan, bog‘lanish qonuniyatlari olingan va parametrlarni tavsiya qiymatlari asoslangan;
qiyqimlardan tola ajratish jarayonida ta’minlovchi silindr va qiyqimlar orasidagi ishqalanish kuchini modellarini tahlili asosida titish samaradorligini ratsional qiymatlari aniqlangan;
trikotaj qiyqimlarini kesuvchi va tolalarga ajratuvchi mashinaning konstruksiyasini o‘zgartirish hamda piltalash o‘timini qisqartirish asosida yigirish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tikuvchilik trikotaj qiyqimlari va chigallangan iplardan tola tiklash va ip yigirish texnologiyasini takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida:
tikuvchilik qiyqimlari va chigallangan iplardan tola tiklash samaradorligini oshirish uchun kesish mashinasining yangi takomillashtirilgan konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (№ IAP 8165, To'qimachilik chiqindilarini kesish qurilmasi” 22.07.2025 y) olingan. Natijada qiyqimlarni uzlyuksiz uzatish va ularni bo‘ylamasiga va ko‘ndalangiga kesish samaradorligiga erishilgan;
trikotaj qiyqimlaridan tiklangan tolalardan takomillashtirilgan qisqa ip yigirish usulida chiziqiy zichligi 50 teksli pnevmomexanik ip ishlab chiqarish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Uztex Tashkent” MChJ va “Uzyarn House Textile” MChJ korxonalarida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil «03» dekabr №02/06-2822- sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Tiklangan tolalalardan qisqa ip yigirish texnologiyasini joriy etish hisobiga elektr energiyasi hajmini kamaytirishga hamda mashina unumdorligini oshirishga erishilgan. Natijada tiklangan tolaning chiqishi 11,9% ga ortishiga, tiklangan tolalardan yigirilgan ipning uzish kuchi (Rkm) 11,85% ga, uzilishdagi uzayishi 18,65% ga oshishiga, ipning uzish kuchi bo‘yicha notekisligi (CV) 5,8% ga, uzayishi bo‘yicha variasiya koeffisienti 23,85% ga kamayishiga, ipning pishiqligi 34,7 % ga yaxshilanishiga erishilgan.