Olloqov Asliddin Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarali kolitning yiringli-yallig‘lanish asoratlarini bashorat qilishning klinik va immunologik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/Tib5639.
Ilmiy rahbarlar: Navro‘zov Bekzod Sarimbetovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03 raqamli ilmiy kengashasosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda klinik-immunologik monitoring usullarini ishlab chiqish va samaradorligini asoslash orqali ushbu kasallikning yiringli-yallig‘lanish asoratlari rivojlanishini bashoratlash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik yarali kolitning yiringli-yallig‘lanishli asoratlari eng ko‘p kasallikning o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlarda rivojlanishi aniqlanib, operatsiyadan keyingi davrda yiringli-yallig‘lanishli asoratlar 45,7% hollarda rivojlanishi va 29,3% holatda ular o‘limning asosiy sabablariga aylanishi isbotlangan;
nospesifik yarali kolitning klinik ko‘rinishlarining ifodalanganlik darajasi anemiya, gipoproteinemiya, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, shuningdek, leykotsitar indeks va intoksikatsiyaning gematologik ko‘rsatkichining oshishi shaklidagi yallig‘lanish jarayoni generalizatsiyalanishining laborator belgilari bilan birga kelishi aniqlangan; 
ilk marotoba nospesifik yarali kolitda hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlari T- va V- limfotsitlarining asosiy subpopulyasiyalarining muvozanatining progressiyalanuvchi buzilishi va kasallikning surunkali uzluksiz va o‘tkir kechishi holatida immunoregulyator indeksning pasayishi bilan tavsiflanishi isbotlangan; 
ilk marotoba kasallik shakli, og‘irligi, faolligi va davomiyligi, qondagi IL-6, IL-1β, TNF-α, IL-8 va aylanib yuruvchi immun komplekslarning darajasi o‘rtasidagi munosabatlarning kombinatsiyasiga asoslangan «PCNUC» bashoratli dasturi ishlab chiqilib, uning samaradorligini qiyosiy baholash, yiringli-yallig‘lanishli asoratlarni bashoratlashning an’anaviy usuli bilan taqqoslaganda, haqiqiy ijobiy va haqiqiy salbiy natijalarning o‘rtacha 1,9 baravarga ko‘payishi, yolg‘on natijalarini 2 baravarga kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 4 noyabrdagi 28/26 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitning yiringli-yallig‘lanishli asoratlari eng ko‘p kasallikning o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlarda rivojlanishi aniqlanib, operatsiyadan keyingi davrda yiringli-yallig‘lanishli asoratlar 45,7% hollarda rivojlanishi va 29,3% holatda ular o‘limning asosiy sabablariga aylanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlar NYaKning turli variantlarida yiringli-yallig‘lanish asoratlari shakllanishining klinik-patogenetik mexanizmlari haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. O‘tkir kechishning avj olishi xavf omillarini erta aniqlash, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda yuqumli-yallig‘lanish o‘zgarishlarini majburiy monitoring qilish zarurati asoslab berildi. Aniqlangan qonuniyatlar jarrohlik taktikasini optimallashtirish, yuqumli asoratlarning oldini olishni kuchaytirish va operatsiyadan keyingi kuzatuv protokollarini takomillashtirishga imkon beradi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish: olingan ilmiy natijalar Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 martdagi 68-sonli buyruq) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 23 iyundagi 01/475-sonli buyruq) klinik faoliyatiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir yiringli-yallig‘lanish asoratlari chastotasining pasayishi o‘lim holatlari sonini kamaytirishga, tiklanish muddatini qisqartirishga, davolash sifatini oshirishga va NYaK bilan og‘rigan bemorlarning nogironligini kamaytirishga yordam beradi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar davolanish muddatini qisqartirish (o‘rtacha 3 kunga) byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlaydi: taxminan bir bemor uchun 840000 so‘m. Xulosa: NYaK kechishining turli klinik variantlarida yiringli-yallig‘lanish asoratlarining chastotasi va tuzilishini batafsil tahlil qilishga asoslangan mazkur ilmiy yangilik bemorlarni olib borish taktikasini takomillashtirish va profilaktika choralarini kuchaytirish zaruratini asoslaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitning klinik ko‘rinishlarining ifodalanganlik darajasi anemiya, gipoproteinemiya, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, shuningdek, leykotsitar indeks va intoksikatsiyaning gematologik ko‘rsatkichining oshishi shaklidagi yallig‘lanish jarayoni generalizatsiyalanishining laborator belgilari bilan birga kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlar NYaKning avj olishining patogenetik mexanizmlarini sezilarli darajada aniqlashtirishga imkon beradi, bu klinik simptomlarning kuchayishi nafaqat yo‘g‘on ichak shilliq qavatining mahalliy yallig‘lanishi, balki tizimli buzilishlar bilan ham chambarchas bog‘liqligini tasdiqlaydi. Kasallik og‘irligini stratifikatsiya qilish aniqligini oshirish va terapevtik taktikani o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkonini beruvchi, anemiya, oqsil almashinuvi, elektrolit gomeostazi va tizimli yallig‘lanish indekslarini o‘z ichiga olgan bemorlarni kompleks laboratoriya baholashning muhimligi belgilandi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish: olingan ilmiy natijalar Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 martdagi 68-sonli buyruq) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 23 iyundagi 01/475-sonli buyruq) faoliyatiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: anemiya, oqsil buzilishlari va elektrolit disbalansining erta tashxisi tizimli asoratlar xavfini kamaytiradi, davolash sifatini yaxshilaydi va tiklanish muddatini qisqartiradi. Bu gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini oshirishga va NYaKning og‘ir shakllarida nogironlik xavfini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘irlikning standartlashtirilgan laboratoriya mezonlarini joriy etish terapiyani o‘z vaqtida to‘g‘rilashga va og‘ir tizimli buzilishlarning rivojlanishini oldini olishga imkon beradi. Bu statsionar davolanish muddatini qisqartirish va asoratlarni qimmatbaho korreksiya qilishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 840000 so‘m tejashni ta’minlaydi.. Xulosa: mazkur ilmiy yangilik NYaK bilan og‘rigan bemorlarda tizimli metabolik va yallig‘lanish buzilishlari shakllanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi va asoratlarning tashxisi, davosi va profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun kompleks laboratoriya monitoringi zaruratini asoslaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba nospesifik yarali kolitda hujayraviy immunitet ko‘rsatkichlari T- va V- limfotsitlarining asosiy subpopulyasiyalarining muvozanatining progressiyalanuvchi buzilishi va kasallikning surunkali uzluksiz va o‘tkir kechishi holatida immunoregulyator indeksning pasayishi bilan tavsiflanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlar NYaK immunopatogenezi mexanizmlari haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi, T- va V-hujayralar populyasiyalari disbalansi va immunoregulyator indeksning pasayishi immun dezadaptatsiyaning eng muhim markerlari ekanligini tasdiqlaydi. Kasallikning og‘irligi va kechish variantini aniqlashda hujayraviy immunitetni majburiy baholash zarurati ilmiy asoslab berildi. Immunologik buzilishlar yallig‘lanish jarayonining surunkali kechishi, klinik dinamikaning yomonlashuvi va asoratlar xavfining oshishi uchun asos yaratishi aniqlandi, bu immun monitoringni NYaK bilan og‘rigan bemorlarni olib borishning shaxsiylashtirilgan taktikasining asosiy elementlaridan biriga aylantiradi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish: olingan ilmiy natijalar Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 martdagi 68-sonli buyruq) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 23 iyundagi 01/475-sonli buyruq) klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immunologik siljishlarni erta bosqichlarda aniqlash og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olishga, kasallik muddatini qisqartirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va nogironlik xavfini kamaytirishga imkon beradi. Immunokorreksiya choralarini optimallashtirish qaytalanishlar chastotasini kamaytirishga va takroriy gospitalizatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Immunologik monitoringni joriy etish terapiyani o‘z vaqtida to‘g‘rilashga va og‘ir immunoyallig‘lanish asoratlarining rivojlanishini oldini olishga imkon beradi, bu statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartiradi. Bu byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlaydi: taxminan bir bemor uchun 840000 so‘m. Xulosa: Mazkur ilmiy yangilik NYaKning avj olishining muhim immunologik mexanizmlarini ochib beradi va asoratlarning tashxisi, davosi va profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun T- va V-limfotsitlar subpopulyasiyalari va immunoregulyator indeksni muntazam baholash zaruratini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba kasallik shakli, og‘irligi, faolligi va davomiyligi, qondagi IL-6, IL-1β, TNF-α, IL-8 va aylanib yuruvchi immun komplekslarning darajasi o‘rtasidagi munosabatlarning kombinatsiyasiga asoslangan «PCNUC» bashoratli dasturi ishlab chiqilib, uning samaradorligini qiyosiy baholash, yiringli-yallig‘lanishli asoratlarni bashoratlashning an’anaviy usuli bilan taqqoslaganda, haqiqiy ijobiy va haqiqiy salbiy natijalarning o‘rtacha 1,9 baravarga ko‘payishi, yolg‘on natijalarini 2 baravarga kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan qonuniyatlar NYaKda sitokinlar vositachiligidagi yallig‘lanishning asosiy bo‘g‘inlarini aniqlashtiradi va yaqqol sitokin javobi kasallikning og‘ir shakllari avj olishining markaziy mexanizmi ekanligini tasdiqlaydi. Asoratlar xavfini erta aniqlash va yallig‘lanishga qarshi hamda immunomodulyator terapiyani differensiatsiyalangan holda tayinlash uchun NYaKning og‘ir va uzluksiz kechishi bo‘lgan bemorlarda sitokin profilini majburiy baholash zarurati ilmiy asoslab berildi. Bu ma’lumot kasallik og‘irligini stratifikatsiya qilish va klinik kechishini prognoz qilish aniqligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish: olingan ilmiy natijalar Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 martdagi 68-sonli buyruq) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 23 iyundagi 01/475-sonli buyruq) ishiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yaqqol sitokin disbalansini erta aniqlash og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olishga, qaytalanishlar chastotasini kamaytirishga, o‘lim xavfini pasaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Bu nogironlikni kamaytirishga va NYaKning og‘ir shakllari bo‘lgan bemorlarda uzoq muddatli gospitalizatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sitokin monitoringini qo‘llash davolashni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga va og‘ir asoratlarning rivojlanishini oldini olishga imkon beradi, bu statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 1,5–2 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor uchun  840000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Olingan ma’lumotlar sitokinlarning faollashuvi NYaKning o‘tkir va uzluksiz shakllari avj olishida yetakchi rol o‘ynashini tasdiqlaydi, bu IL-1, IL-6, IL-8 va TNF-α ni baholashni standart tekshiruv protokollariga kiritish zaruratini asoslaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish