Davlatova Dilrabo Davlatnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa odamlarda surunkali umumiy parodontitning rivojlanishida endotelial disfunksiyaning roli» 14.00.21 –Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3871.
Ilmiy rahbar: Usmanova Shoira Ravshanbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sokolovich Natal`ya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiarov nomidagi qozoq milliy universiteti (Kozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa yoshdagi, arterial gipertenziyaga ega bemorlarda endoteliy disfunksiyasi buzilishlarini o‘rganish asosida umumlashgan parodontitni davolashga oid o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda parodontning klinik holati aniqlanib, qon tomir endoteliysining antikoagulyant va fibrinolitik faolligi buzilishi hamda tomir devorining qaytar tromborezistentligi pasayishi parodontning yallig‘lanish darajasi og‘irligi bilan o‘zaro kuchayishi 58% ni tashkil etishi isbotlangan;
arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda generalizasiyalashgan parodontitda parodont to‘qimalarida mahalliy ishemiya va nekroz rivojlanishi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida ET-1 konsentratsiyasining 20% ga oshishi hamda defenzin miqdorining ko‘payishi sababli o‘chog‘idagi neytrofillarga gematotoksik ta’sir ko‘rsatib, vazokonstriksiyaga uchrashi isbotlangan;
arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda generalizasiyalashgan parodontit og‘irlik darajasi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida nospesifik rezistentlik ko‘rsatkichlari — lizotsim, seruloplazmin va defenzin miqdorining 1,5 baravarga kamayishi so‘lakdagi fermentlar bilan bog‘liqligi sababli aniqlangan;
gipertenziyaga ega keksa bemorlarda surunkali umumlashgan parodontit rivojlanishida sitokin disbalansi va yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-10 darajasining pasayishi sababli qonda va so‘lakda IL-6 darajasi 1,5 baravarga, FNO-al`fa 2,64 baravarga oshishi, IL-10 esa 3,7 baravarga kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 10 iyundagi №19/04 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda parodontning klinik holati aniqlanib, qon tomir endoteliysining antikoagulyant va fibrinolitik faolligi buzilishi hamda tomir devorining qaytar tromborezistentligi pasayishi parodontning yallig‘lanish darajasi og‘irligi bilan o‘zaro kuchayishi 58% ni tashkil etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk bor surunkali generallashgan parodontitni katta yoshli arterial gipertenziya bilan og‘rib kelayotgan bemorlarda ko‘proq uchrashi, tez kechishi, erta aniqlash va davolanishga muhtojligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasalliklarni aniqlab to‘g‘ri tashxislash davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Urganch shahar tibbiyot birlashmasi (28.11.2024 yildagi 3650-12-180-TB/2024-son buyruq); Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi (13.03.2025 yildagi 01-28-son buyruq); Urganch shahar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi 365-12-180-TB/2024-son buyruq); Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi (13.03.2025 yildagi 01-27-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: arterial gipertenziya bilan kasallangan katta yoshli bemorlarning parodont kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilishi bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: arterial gipertenziya bilan kasallangan katta yoshli bemorlarning parodont kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarining oldini olish hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarni 685000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: arterial gipertenziya bilan kasallangan katta yoshli bemorlarning parodont kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi budjet mablag‘larini 685000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda generalizatsiyalashgan parodontitda parodont to‘qimalarida mahalliy ishemiya va nekroz rivojlanishi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida ET-1 konsentratsiyasining 20% ga oshishi hamda defenzin miqdorining ko‘payishi sababli o‘chog‘idagi neytrofillarga gematotoksik ta’sir ko‘rsatib, vazokonstriksiyaga uchrashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: arterial gipertenziya natijasida magniy miqdorining kamayishi, endotelial disfunksiya kelib chiqishi va gematosalivar barerning buzilishi katta yoshli bemorlarda surunkali generallashgan parodontit shakllanishida muhim rol o‘ynashi isbotlanib, kuzatilishi mumkin asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Urganch shahar tibbiyot birlashmasi (28.11.2024 yildagi 3650-12-180-TB/2024-son buyruq); Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi (13.03.2025 yildagi 01-28-son buyruq); Urganch shahar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi 365-12-180-TB/2024-son buyruq); Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi (13.03.2025 yildagi 01-27-son buyruq) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari-qon va so‘lakning biokimyoviy tahlili bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari hisobiga 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini 685000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ushbu tekshirishlar 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 685000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda generalizatsiyalashgan parodontit og‘irlik darajasi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida nospesifik rezistentlik ko‘rsatkichlari-lizotsim, seruloplazmin va defenzin miqdorining 1,5 baravarga kamayishi so‘lakdagi fermentlar bilan bog‘liqligi sababli aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: stomatologik yordam ko‘rsatishda ustuvorlik va profilaktik e’tiborni oshirish maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar yuqoridagi tibbiyot muassasalarida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: erta diagnostika va kompleks davolash bemorlarning tezroq tuzalishiga va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 685000 so‘mga iqtisod qilish mumkin. Xulosa: tavsiya etilgan metodlar budjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipertenziyaga ega keksa bemorlarda surunkali umumlashgan parodontit rivojlanishida sitokin disbalansi va yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-10 darajasining pasayishi sababli qonda va so‘lakda IL-6 darajasi 1,5 baravarga, FNO-alfa 2,64 baravarga oshishi, IL-10 esa 3,7 baravarga kamayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sifatli tekshiruv metodlarini joriy qilish orqali kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish natijasida bemorlarning jismoniy va ruhiy holati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar tegishli tibbiyot muassasalarida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sifatli stomatologik xizmatlar orqali bemorlar holati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruv metodlarini joriy qilish orqali budjet mablag‘larini 13700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: iqtisodiy samaradorlik 13700000 so‘mni tashkil etdi.