Radjabov Alisher Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisman  tishsizlikda og‘iz bo‘shlig‘i anatomo-funksional va mikrobiologik holatini inobatga olib tish protezlarini tanlash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4113.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Ruzuddinov Nurmuxammet Saurbekovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: qisman  tishsizlikda og‘iz bo‘shlig‘i anatomo-funksional va mikrobiologik holatini inobatga olib turli xil usullarda tayyorlanadigan  tish protezlarini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisman tishsizlikda og‘iz bo‘shlig‘i anatomo-funksional va mikrobiologik holatini hisobga olib o‘tkazilgan ortopedik davolashda bemorni protezga ko‘nikishi muddatini 1 oydan 15 kungacha qisqartirishi asoslangan;
ilk bor poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan qisman olib qo‘yiladigan protezlar bilan qisman ikkilamchi tishsizlikni ortopedik davolashning patofiziologik samaradorligi isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlarning paradont to‘qimasida  yallig‘lanish kasalliklari profilaktikasi tabiiy o‘simliklardan olingan vositalardan foydalanilib kasallik asoratlarini rivojlanishining kamayishi isbotlangan;
ilk bor olinadigan tish protezlarini kundalik tozalash uchun tavsiya etilgan gigienik muolaja protez yuzasidagi mikroorganizmlar va bakteriyalarni yo‘qotishning samarali usuli ekanligi klinik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 4 noyabrdagi 28/38 - son xulosasiga ko‘ra:
 birinchi ilmiy yangilik: qisman tishsizlikda og‘iz bo‘shlig‘i anatomo-funksional va mikrobiologik holatini hisobga olib o‘tkazilgan ortopedik davolashda bemorni protezga ko‘nikishi muddatini 1 oydan 15 kungacha qisqartirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qisman tishsizligi mavjud bemorlarda alveolyar o‘siq atrofiyasini, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, saqlanib qolgan tishlar parodont holati va og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiologik holatini inobatga olib protezlash samara berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 yildagi 17-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.02.2025 yildagi 33-I - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar qisman tishsizlikda protez xom ashyosini to‘g‘ri tanlashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda protezlashdan keyingi asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: qisman tishsizlikda tavsiya etilayotgan poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan olinadigan tish protezlari har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 340000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Bemorlarni protezga ko‘nikishni 15 kunga qisqartirdi. Xulosa: qisman ikkilamchi tishsizligi mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va saqlanib qolgan tishlar  parodont anatomo-funksional holatiga kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi, klinikasi va kechishi tabiati tish protezlardan foydalangan muddatiga bog‘liq. Qisman ikkilamchi tishsizlikda tishlarni olinganligiga 10 yildan ko‘p bo‘lgan bemorlarda alveolyar o‘siq atrofiyasi ikki baravar ko‘pligi kuzatildi. Tishlarning konvegensiya va divergensiya holati yoshga bog‘liq holda yoshlikda tishlarini oldirgan bemorlarda 3 barobar ko‘p kuzatildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan qisman olib qo‘yiladigan protezlar bilan qisman ikkilamchi tishsizlikni ortopedik davolashning patofiziologik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan qisman olib qo‘yiladigan protezlar akril plastmassali protezlari nisbatan 1,5 marta kam alveolyar o‘siq atrofiyasi kuzatildi,  alveolyar o‘siq va qattiq tanglay shilliq qavatiga mexanik va toksik-allergik ta’sirotlari kamligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 yildagi 17-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.02.2025 yildagi 33-I - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar qisman tishsizlikni mukammal protezlar bilan davolashga imkon berdi. Yuqoridagi ortopedik davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda protezlashdan keyingi asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: qisman tishsizlikda tavsiya etilayotgan poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan olinadigan tish protezlari har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 340000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan qisman olib qo‘yiladigan protezlar bilan qisman ikkilamchi tishsizlikni protezlash, alveolyar o‘siq va qattiq tanglay shilliq qavatiga mexanik va toksik-allergik ta’sirotlari kamligi isbotlanishi bilan ortopedik davolash samaradorligi oshirilgan, jumladan, bemorlarda protezlashdan keyingi asoratlarni oldini olishni imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlarning paradont to‘qimasida  yallig‘lanish kasalliklari profilaktikasi tabiiy o‘simliklardan olingan vositalardan foydalanilib kasallik asoratlarini rivojlanishining kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: og‘ish bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlar paradontning yallig‘lanish kasalliklari profilaktikasi maqsadida tabiiy o‘simliklardan olingan vositalari samara berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 yildagi 17-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.02.2025 yildagi 33-I - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  og‘iz bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlar paradontning yallig‘lanish kasalliklari davo-profilaktikasi maqsadida tabiiy o‘simliklardan olingan vositadan foydalanish, ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘ida saqlanib qolgan tishlar paradontning yallig‘lanish kasalliklarida tabiiy o‘simliklardan olingan vositadan foydalanish, davolash samaradorligini oshirish yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik davo-profilaktika jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 210000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishini ta’minladi. Parodont yallig‘lanishlarini oldi oldi. Xulosa: olinadigan tish protezlaridan keyin parodont to‘qimasida asoratlarning rivojlanishini va jarayondagi patologik o‘zgarishlarning og‘irligi tish protezlari xom-ashyosi va foydalanish muddatiga bog‘liq. Protezlashdan keyingi parodont kasalliklari davo-profilaktika usullarida tabiiy o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari foydalanilgan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor olinadigan tish protezlarini kundalik tozalash uchun tavsiya etilgan gigienik muolaja protez yuzasidagi mikroorganizmlar va bakteriyalarni yo‘qotishning samarali usuli ekanligi klinik jihatdan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olinadigan tish protezlarini tavsiya etilayotgan kundalik tozalash usuli protez yuzasidagi mikroorganizmlar va bakteriyalarni yo‘qotishning samarali ekanligi hamda protezni uzoq xizmat qilishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 yildagi 17-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.02.2025 yildagi 33-I - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  olinadigan tish protezlarini tavsiya etilayotgan kundalik tozalash usuli protez yuzasidagi mikroorganizmlar va bakteriyalarni yo‘qotishga imkon berdi. Yuqoridagi usullar ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda olinadigan protezlarni uzoq xizmat qilishiga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: qisman tishsizlikda tavsiya etilayotgan poliuretan xom-ashyosidan tayyorlangan olinadigan tish protezlari har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 340000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash va tavolash jarayonini ta’minladi. Bemorlarda tavsiya etilgan protezlarni kundalik tozalash usuli,  protezlardan foydalanish muddatini 2,5 martaga oshirganini guvohi bo‘ldik. Xulosa: qisman ikkilamchi tishsizlikda alveolyar o‘siqning notekis atrofiyasi va saqlanib qolgan tishlar deformasiyalari bo‘lganda poliuretan  xom ashyosidan tayyorlangan qisman olib qo‘yiladigan protezlar bilan davolash kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon beradi. Bu ulardagi stomatologik kasalliklarning oldini olish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish, shuningdek, tish shifokorlarini tish protezlarining salbiy ta’sirini oldini olishga jalb qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish