Baratova Shoira Norjigitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz suyaklari aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolatini baholash va davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/Tib2835.
Ilmiy raxbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Trunin Dmitriy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Azimov Muxammadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholashni hisobga olgan holda yuz skeleti suyaklarining aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz suyaklari aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini OHI-S indeksi orqali baholash asosida davolash qo‘llanilishi sababli DI darajasi 61,9% ga, CI darajasi 66,7% ga, umumiy OHI-S esa 64,1% ga yaxshilanib, posttravmatik asoratlar chastotasini 10,2% ga kamayishi aniqlangan;
yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda pastki jag‘ nervi holatini baholash uchun ishlab chiqilgan og‘riq simmetriyasi shkalasi (1-3 ball) yordamida 62,8% bemorda differensiallashgan neyroprotektor terapiya qo‘llanilishi sababli asosiy guruxda guruhda 76% nerv faoliyati to‘liq tiklanishi aniqlangan;
yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz shilliq qavati butunligi buzilishi natijasida so‘lak pH darajasi me’yordagi 5,8–6,2 gacha pasayib, qovushqoqlik 1,8–2,4 cP gacha oshishi sababli mikrobiologik tekshiruvlarda patogen mikroflora (P. gingivalis, A. actinomycetemcomitans) faolligining keskin oshishi aniqlangan;
mahalliy yallig‘lanishga qarshi gialuron kislota, aloe vera tarkibli gelini qo‘llash orqali og‘iz suyuqligida IL-6 darajasi 9,43% ga, PMA indeksi bo‘yicha og‘ir daraja gingivit 40,4% dan 5,4% ga pasayishi gelning mahalliy immunitetni tiklashdagi samaradorliligini ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Yuz suyaklari aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini baholash va davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.08.2025 y. 23-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: yuz suyaklari aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini OHI-S indeksi orqali baholash asosida davolash qo‘llanilishi sababli DI darajasi 61,9% ga, CI darajasi 66,7% ga, umumiy OHI-S esa 64,1% ga yaxshilanib, posttravmatik asoratlar chastotasini 10,2% ga kamayishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023 yil 7-iyunda 10-son bilan tasdiqlangan “Yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini baholash bilan davolash samaradorligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 3-fevral 2025-yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 26-martdagi №37 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolatini baxolash va og‘iz bo‘shlig‘ining qoniqarli gigienasini saqlash, jarohatdan keyingi asoratlarning rivojlanishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish YuSAJni davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarni statsionarda bir kunlik davolanishi har bir bemorga kompleks profilaktik maqsadda davo muolajalari va fizio terapiya o‘tkazilganida, xarajat quyidagicha bo‘ldi: (preyskuranti asosida) 1 bemorga o‘rin kuni 1 kunga 98000 tashkil qiladi. Kompleks davolanish, fizioterapiya va ovqatlanish sarf harajatlari 230000 so‘mni tashkil qiladi. Yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda vaqtida o‘tkazilgan davolash profilaktik tadbirlari asosida bemorlarni statsionarda davolanish kunlari 2,5 kunga qisqargan. Shuning natijasida 820000 so‘m iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda pastki jag‘ nervi holatini baholash uchun ishlab chiqilgan og‘riq simmetriyasi shkalasi (1-3 ball) yordamida 62,8% bemorda differensiallashgan neyroprotektor terapiya qo‘llanilishi sababli asosiy guruxda guruhda 76% nerv faoliyati to‘liq tiklanishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023 yil 7-iyunda 10-son bilan tasdiqlangan “Yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilik natijalarining amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 3-fevral 2025-yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 26-martdagi №37 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolatini baxolash va og‘iz bo‘shlig‘ining qoniqarli gigienasini saqlash, jarohatdan keyingi asoratlarning rivojlanishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish YuSAJni davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: qo‘shma jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining butunligi buzilishining oqibatida og‘iz suyuqligi qovushqoqligining oshishi va mineral tarkibining yomonlashuvi bilan kechishi so‘lakning kislotali muhiti oshishi oqibatida mikrofloraning patogen holatga o‘tishi diagnostik mezon sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning tekshiruvlarga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 180000 so‘mga iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz shilliq qavati butunligi buzilishi natijasida so‘lak pH darajasi me’yordagi 5,8–6,2 gacha pasayib, qovushqoqlik 1,8–2,4 cP gacha oshishi sababli mikrobiologik tekshiruvlarda patogen mikroflora (P. gingivalis, A. actinomycetemcomitans) faolligining keskin oshishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023 yil 7-iyunda 10-son bilan tasdiqlangan “Yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini baholash bilan davolash samaradorligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 3-fevral 2025-yildagi №1365-7-107-TB/2025-son raqamli va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 26-martdagi №37 raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Qo‘shma jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolatini baxolash va og‘iz bo‘shlig‘ining qoniqarli gigienasini saqlash, jarohatdan keyingi asoratlarning rivojlanishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish YuSAJni davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yuz suyaklari aralash jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik xolatini baxolash va og‘iz bo‘shlig‘ining qoniqarli gigienasini saqlash maqsadida o‘tkazilgan erta gigienik tadbirlar diagnostik mezon sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning qo‘shimcha, kechki davrda chuqur stomatologik ko‘rik va davolanishi uchun qatnaganligi hisobiga 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 151000 so‘mga iqtisod qilishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mahalliy yallig‘lanishga qarshi gialuron kislota, aloe vera tarkibli gelini qo‘llash orqali og‘iz suyuqligida IL-6 darajasi 9,43% ga, PMA indeksi bo‘yicha og‘ir daraja gingivit 40,4% dan 5,4% ga pasayishi gelning mahalliy immunitetni tiklashdagi samaradorliligini ko‘rsatishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023 yil 7-iyunda 10-son bilan tasdiqlangan “Yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilik natijalarining amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 3-fevral 2025-yildagi №1365-7-107-TB/2025-son raqamli va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 26-martdagi №37 raqamli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Yuz suyaklarining aralash jarohatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini butunligi buzulishi bo‘lgan bemorlarda davolash-profilaktika chora-tadbirlari majmuasini qo‘llash ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yuz suyaklarini aralash jarohatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini butunligi buzulishi bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan davo kompleksini qo‘llashning ijobiy samaradorligi ko‘rsatilib, uning stomatologiya amaliyotida qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga sarflanadigan mablag‘larni 380000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.Xulosa: Yuz suyaklari aralash jarohatlari bo‘lgan bemorlarda kompleks davo-profilaktika tadbirlarini joriy etish natijasida statsionar davolanish davri o‘rtacha 2,5 kunga qisqarib, umumiy klinik samaradorlik 60% atrofida oshdi. Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan erta gigienik va tashhislash choralari bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfini 30–35% ga kamayishi imkonini beradi.