Olimova Dildora Vohid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemodializdagi bemorlarda stomatologik kasalliklarni davolash samaradorligini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5574.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Fozilov O‘ktam Abdurazzoqovich, dotsent tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi: gemodializ muolajasi olayotgan bemorlarda uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklarni kompleks davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan, gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarining kelib chiqish mexanizmlari, ularning tarqalish chastotasi va klinik-patogenetik xususiyatlari majmuaviy ravishda asoslangan;
gemodializdagi bemorlarning stomatologik holatini baholashda gigienik ko‘rsatkichlar, klinik-stomatologik indekslari tahlil qilinib, ushbu holatlarning kserostomiya va uremik stomatitning patogenezidagi o‘rni asoslangan;
mazkur toifadagi bemorlarda so‘lak rN darajasi, biokimyoviy va immunologik markerlar dinamikasining og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari rivojlanishi bilan bog‘liqligi kliniko-biokimyoviy ko‘rsatgichlar asosida isbotlangan;
gemodializ muolajasi oluvchi bemorlarda stomatologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish uchun Bicarbonorm tabletkalari, ksilitol spreyi hamda maxalliy fotodinamik terapiyadan iborat majmuaviy davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 12 yanvardagi 01/08– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan, gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarining kelib chiqish mexanizmlari, ularning tarqalish chastotasi va klinik-patogenetik xususiyatlari majmuaviy ravishda asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarining yuqori tarqalish chastotasi aniqlanishi ushbu toifadagi bemorlarda stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, ularning rivojlanish mexanizmlarini baholash va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qildi. Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.6.2025 y. №-110); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (18.6.2025 y. №-70). Ijtimoiy samaradorligi: stomatologik asoratlarning erta aniqlanishi, og‘riq, quruqlik, diskomfort kabi simptomlarning kamayishi orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: profilaktika va erta tashxis natijasida bir bemor uchun o‘rtacha 350000 so‘m miqdorida ortiqcha davo xarajatlari kamaytirilishi ta’minlandi. Xulosa: olingan natijalar gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari yuqori chastotada uchrashini hamda ularning rivojlanishi organizmdagi metabolik va patogenetik buzilishlar bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gemodializdagi bemorlarning stomatologik holatini baholashda gigienik ko‘rsatkichlar, klinik-stomatologik indekslari tahlil qilinib, ushbu holatlarning kserostomiya va uremik stomatitning patogenezidagi o‘rni asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda stomatologik holatni OHI-S, PI va PMA kabi klinik-stomatologik indekslar asosida baholash og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining og‘irlik darajasini aniqlash, kserostomiya va uremik stomatit rivojlanishini baholash hamda ularning surunkali buyrak kasalligi fonida kechish xususiyatlarini ob’ektiv baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.6.2025 y. №-110); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (18.6.2025 y. №-70). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish markerlari asosida erta diagnostika yo‘lga qo‘yilishi stomatologik kasalliklarning og‘ir shakllarini kamaytirib, bemorlarning og‘riq, yallig‘lanish, qichishish va og‘iz quruqligi kabi holatlarini sezilarli darajada engillashtirib, hayot sifatining oshishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha antibiotikoterapiya va tasodifiy davo choralari qisqarishi natijasida bir bemor uchun o‘rtacha 380000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: olingan natijalar gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda stomatologik holatni klinik-stomatologik indekslar asosida kompleks baholash og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarini erta aniqlash, ularning og‘irlik darajasini baholash hamda klinik kuzatuv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: mazkur toifadagi bemorlarda so‘lak rN darajasi, biokimyoviy va immunologik markerlar dinamikasining og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari rivojlanishi bilan bog‘liqligi kliniko-biokimyoviy ko‘rsatgichlar asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda so‘lakning pH darajasi, sekresiya tezligi hamda IL-6 va CRP kabi immunobiokimyoviy markerlarning o‘zgarishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichlar stomatologik patologiyalarni erta tashxislash va ularning patogenezini baholashda muhim diagnostik mezon sifatida xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.6.2025 y. №-110); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (18.6.2025 y. №-70). Ijtimoiy samaradorligi: fotodinamik davo natijasida og‘riq, qichishish, yallig‘lanish, quruqlik, yomon hid kabi simptomlarning sezilarli kamayishi bemorlarning kundalik hayot sifati, ovqatlanish va psixologik holatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: antibiotiklar, antiseptiklar va simptomatik dori vositalariga ehtiyoj kamayishi natijasida bir bemor uchun o‘rtacha 420000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: olingan natijalar gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining rivojlanishi organizmdagi metabolik va yallig‘lanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. So‘lak pH, sekresiya tezligi hamda IL-6 va CRP ko‘rsatkichlarini baholash stomatologik kasalliklarni erta aniqlash va ularning og‘irlik darajasini ob’ektiv baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gemodializ muolajasi oluvchi bemorlarda stomatologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish uchun Bicarbonorm tabletkalari, ksilitol spreyi hamda maxalliy fotodinamik terapiyadan iborat majmuaviy davolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan majmuaviy davolash usulini qo‘llash gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida kuzatiladigan patologik holatlarni bartaraf etishda yuqori klinik samaradorlikka ega ekanligi, kserostomiya va uremik stomatit kabi holatlarning klinik belgilari kamayishi hamda stomatologik indekslar ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Amaliyotga joriy etilishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.6.2025 y. №-110); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (18.6.2025 y. №-70). Ijtimoiy samaradorligi: stomatologik ko‘riklarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi, og‘ir asoratlar va qaytalanuvchi yallig‘lanish holatlarining kamayishi, bemorlarning og‘riq va noqulayliklarining engillashishi natijasida umumiy hayot sifati sezilarli yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: optimal davo tanlash orqali ortiqcha dori vositalari, shoshilinch murojaatlar va yotqizish kunlari qisqarishi natijasida bir bemor uchun o‘rtacha 450000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Ishlab chiqilgan kompleks davo usuli stomatologik yordam sifatini oshirib, davolash samaradorligi va iqtisodiy tejamkorlikka erishilganligini to‘liq isbotladi.