Abdisattorov Abdijalil Abdivali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri vositasida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8569.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Nilufar Muxammadovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bahriev Ahmad Rahmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergashev Murodbek Ikromovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri imkoniyatlari orqali rivojlantirishga xizmat qiladigan metodikani yanada takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalq cholg‘ulari orkestri vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligi tuzilmasi (musiqiy bilim va tushunchalar, ijodiy usullar va yondashuvlar, ta'limni individuallashtirish, tadqiqot yondashuvlari va  texnologiyalar integratsiyasi) komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o’rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihatining empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni “Xalq cholg‘ulari orkestri” tanlov fani va “Ush avlod uchrashuvi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir, mualliflik konsert dasturlarini ishlab chiqish va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
xalq cholg‘ulari orkestri vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi tadqiqotchilikka (Research-Based Learning), guruh bo‘lib ishlashga (Team-Based Learning), amaliyotga (Work-Based Learning) asoslangan yondashuvlarning kompleks ta’siri validligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
xalq cholg‘ulari vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari ijodiy kompetentligini rivojlantirishning funksional modelining tashkiliy-texnologik bloki “Notadan ongli o‘qish”, “Shtrixlar bilan ishlash”, “Ansambl uyg‘unligi” kabi metodlarini amaliy mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri vositasida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq cholg‘ulari orkestri vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligi tuzilmasi (musiqiy bilim va tushunchalar, ijodiy usullar va yondashuvlar, ta'limni individuallashtirish, tadqiqot yondashuvlari va  texnologiyalar integratsiyasi) komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o’rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihatining empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan taklif va tavsiyalar bakalavriatning “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 02/01-01-590-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini tuzilmasi ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan;
 bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni “Xalq cholg‘ulari orkestri” tanlov fani va “Ush avlod uchrashuvi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir, mualliflik konsert dasturlarini ishlab chiqish va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan konsertlar, festivallar, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 17-dekabrdagi 01-04/85-222-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
xalq cholg‘ulari orkestri vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi tadqiqotchilikka (Research-Based Learning), guruh bo‘lib ishlashga (Team-Based Learning), amaliyotga (Work-Based Learning) asoslangan yondashuvlarning kompleks ta’siri validligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Xor va xorshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2022-yil 23-dekabrdagi 586-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirishga metodik jihatdan yo‘naltirilgan tizimli yondashuv asoslab berilgan;
xalq cholg‘ulari vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari ijodiy kompetentligini rivojlantirishning funksional modelining tashkiliy-texnologik bloki “Notadan ongli o‘qish”, “Shtrixlar bilan ishlash”, “Ansambl uyg‘unligi” kabi metodlarini amaliy mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash asosida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar bakalavriatning “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 21-dekabrdagi 11-05-7384/04-son dalolatnomasi). Natijada, xalq cholg‘ulari orkestri vositasida bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish modeli ta’lim amaliyotiga joriy qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish