Azizov Abror Mirxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bemorlarida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib290.
Ilmiy rahbar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Lazarev Anatoliy Fedorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi: diffuzion-tenzor(DT)-traktografiya va bosh miya o‘tkazish yo‘llarini intraoperatsion monitoring ma’lumotlari asosida supratentorial bosh miya o‘smalarini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RAning klinik ko‘rinishlari va ChSB bo‘g‘imining anatomik-funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda TE usullari variantlarini individual tanlash imkonini beruvchi bo‘g‘im disfunksiyasi darajasini aniqlash taktikasi taklif etilgan;
ChSBning RA bilan III–IV darajali zararlanishida ishlab chiqilgan moslama vositasida endoprotez turg‘unligini ta’minlovchi quymich kosasi tubi chuqurligini aniqlash taktikasi taklif etilgan;
ChSBni TEda taklif etilgan xirurgik davolash va reabilitatsiya taktikasi RA bilan kasallangan bemorlarda travmatizatsiya va asoratlarni kamaytirishi, yaxshi funksional natijalarni oshirishi va endoprotez nostabilligi profilaktikasi isbotlangan;
RA bilan kasallangan bemorlarda mobil podshipniklarga ega bo‘lgan shinaning qo‘llanilishi yordamida ChSB funksiyalari tiklanishining yaxshilanishi va postoperatsion kontrakturadan iborat bo‘lgan asorat xavfining keskin kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ChSB RA bilan kasallangan bemorlarda TE natijalarini yaxshilashga doir ilmiy tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashdan keyingi reabilitatsiya va davolash natijalarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-r/87-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiyalar davolash usulini va RA bilan kasallangan bemorlarning tiklanish muddatini maqbullashtirish va 85,5% holatlarda davolash natijalarining yaxshilanishiga erishish imkonini bergan;
ChSB funksional harakatlarini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan moslamani qo‘llash uslubi uchun Intellektual mulk agentligining faydali modelga patenti olingan (FAP 01257, 2017 yil). Ushbu uslub bo‘g‘im funksiyasini tiklashga, jarrohlik amaliyotidan keyingi kontrakturaning rivojlanish xavfini kamaytirishga va uning asoratlarining oldini olishga erishish imkonini bergan;
RA bilan kasallangan bemorlarda ChSB TE natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, 1-son Respublika klinik shifoxonasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining II klinikasi qoshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan panja va bo‘g‘imlar jarrohligi markaziga va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 14.03.2019 yildagi 8n-r/87-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Olingan tadqiqot natijalari RA bilan kasallangan bemorlarda davolashni yaxshilash, umumiy endoprotezlash usulini takomillashtirish va jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 7,5% dan 1,2% foizga qadar pasaytirish imkonini bergan.