Tuxtasinov Abror Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4576.
Ilmiy rahbar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Shodieva Matluba Jo‘raevna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tashmatova Kamola Abdurashidovna.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari xalq musiqa ijodining funksional aspektlari va akseologik yondoshuv tajribasiga tayanilgan holda pedagogik, kasbiy va shaxsiy qadriyatlarga ijodiy refleksiv va pedagogik verbal, noverbal interaksiya asosida aniqlangan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi “ustoz-shogird”, “improvizatsiya”, “loyihalash”, “quloq bilan eshitish” hamda ijtimoiy loyihalarida volontyor sifatida ishtirok etish kabi usullar mazmunini ifodalovchi motivasion, kognitiv-texnologik, samarali-ijodiylik, nazariy-tayyorgarlik komponentlarini aniqlash, nazariy va amaliy bilimlarni etnopedagogik faoliyatda differensial va integral qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy etnopedagogik madaniyat mezonlari o‘qituvchi kasbiga qiziqishni faollashtirish, kasbiy bilim, ko‘nikma, ijrochilik hamda pedagogik malakalarni amaliyotga qo‘llash usuli sifatida kasbiy faoliyat va ta’lim traektoriyasida badiiy va kommunikativ kollaboratsiya kontekstida motivasion, nazariy texnologik, samarali ijod qobiliyatlarini kommunikativ-individual aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish modeli talabalarning motivasion, ijodiy, kasbiy, kognitiv, kommunikativ qobiliyatlarining kasbiy imkoniyatlarini improvizasion ko‘nikmalar kontekstida kompleks-diagnostik aniqlash va funksional-kreativ rivojlantirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa  o‘qituvchisining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi bo’yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari xalq musiqa ijodining funksional aspektlari va akseologik yondoshuv tajribasiga tayanilgan holda pedagogik, kasbiy va shaxsiy qadriyatlarga ijodiy refleksiv va pedagogik verbal, noverbal interaksiya asosida aniqlangan xulosa va takliflardan “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metod, usul va vositalarining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi “ustoz-shogird”, “improvizatsiya”, “loyihalash”, “quloq bilan eshitish” hamda ijtimoiy loyihalarida volontyor sifatida ishtirok etish kabi usullar mazmunini ifodalovchi motivasion, kognitiv-texnologik, samarali-ijodiylik, nazariy-tayyorgarlik komponentlarini aniqlash, nazariy va amaliy bilimlarni etnopedagogik faoliyatda differensial va integral qo‘llash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodlari orqali talabalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda kasbiy etnopedagogik madaniyat mezonlari o‘qituvchi kasbiga qiziqishni faollashtirish, kasbiy bilim, ko‘nikma, ijrochilik hamda pedagogik malakalarni amaliyotga qo‘llash usuli sifatida kasbiy faoliyat va ta’lim traektoriyasida badiiy va kommunikativ kollaboratsiya kontekstida motivasion, nazariy texnologik, samarali ijod qobiliyatlarini kommunikativ-individual aniqlash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining cholg‘u va xonandalik ijrochilik mashg‘ulotlar jarayonida etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish modeli talabalarning motivasion, ijodiy, kasbiy, kognitiv, kommunikativ qobiliyatlarining kasbiy imkoniyatlarini improvizasion ko‘nikmalar kontekstida kompleks-diagnostik aniqlash va funksional-kreativ rivojlantirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “O‘zbek xalq musiqa ijodi nomli” o‘quv qollanma tayyorlashda foydalinilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti 2025-yil 31-yanvardagi 11-05-678/04-son buyrug‘i asosida berilgan ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda etnopedagogik madaniyatga oid musiqiy-ijodiy qobiliyatlar, badiiy-estetik didini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish