Haqnazarova Nilufar Kuranboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim transformatsiyasi sharoitida pedagog kadrlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanishi pedagogik tizimini takomillashtirish” 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped946.
Ilmiy maslahatchi: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Sharipova Dilyara Djumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Hilola Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim transformatsiyasi sharoitida pedagog kadrlarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  pedagog kadrlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanishining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari raqamli va an’anaviy ta’limni uyg‘unlashtirish, kasbiy rivojlanishni individual va refleksiv yondashuvlar asosida tashkil etish hamda malaka oshirish jarayonlarini adaptiv boshqarish orqali pedagoglarning kasbiy o‘sish samaradorligiga ta’sir etuvchi subektiv va obektiv omillar uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan;
oliy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarkibiy-funksional modeli kompetensiyaviy, kognitiv-metapredmet va aksiologik mezonlar mazmunining vertikal (rivojlanish bosqichlari) va gorizontal (fanlararo va faoliyatlararo) komponentlar bilan o‘zaro ichki aloqadorligini ta’minlash, shuningdek kasbiy faoliyat natijalari bilan uzviy bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim transformatsiyasi sharoitida pedagog kadrlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayoni refleksiv faoliyat, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy moslashuvchanlik imkoniyatlarini faollashtiruvchi omillarni bosqichma-bosqich integratsiyalash orqali kasbiy o‘sish trajektoriyalarini individuallashtirishga xizmat qiluvchi dinamik rivojlanish mexanizmi sifatida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati samaradorligini baholashning diagnostik mexanizmlari neyropedagogik kuzatuv, adaptiv monitoring hamda kasbiy faoliyat natijalarini ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bilan bog‘lovchi integrallashgan baholash mezonlarining mazmuni va funksional imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
  pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti kreativ fikrlash, muammoni hal etish, refleksiv faoliyat va kasbiy faoliyatning zamonaviy talablariga tezkor moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan adaptiv ta’lim texnologiyalariga asoslangan maxsus o‘quv modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
    pedagog kadrlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanishining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini raqamli va an’anaviy ta’limni uyg‘unlashtirish, kasbiy rivojlanishni individual va refleksiv yondashuvlar asosida tashkil etish hamda malaka oshirish jarayonlarini adaptiv boshqarish orqali pedagoglarning kasbiy o‘sish samaradorligiga ta’sir etuvchi subektiv va obektiv omillar uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Belarus Respublikasi Oliy ta’lim instituti bilan hamkorlikda 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-4821091576 “Masofaviy  texnologiyalardan foydalangan  holda  oliy  ta’lim va qayta  tayyorlash,   malaka  oshirish  tizimlarida o‘quv   faoliyatini    tashkil   etish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida qo‘llanilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 02/01-01-30 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning individuallashtirilgan o‘qitish traektoriyalarini yaratish, kasbiy refleksiv faoliyatni faollashtirish va masofaviy ta’lim sharoitida moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati ta’minlangan; 
oliy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarkibiy-funksional modelini kompetensiyaviy, kognitiv-metapredmet va aksiologik mezonlar mazmunining vertikal (rivojlanish bosqichlari) va gorizontal (fanlararo va faoliyatlararo) komponentlar bilan o‘zaro ichki aloqadorligini ta’minlash, shuningdek kasbiy faoliyat natijalari bilan uzviy bog‘lash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024- yil 6-sentyabrdagi  333-sonli buyrug‘i bilan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida № MO-4-19 raqam bilan ro‘yhatga olingan   “Ta’lim tizimi menejmenti” hamda № MO-Al-4-18  raqam bilan ro‘yhatga olingan   “Ta’limda menejment” yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlariga singdirilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 02/01-01-30 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning kompetensiyaviy yondashuv asosida faoliyat yuritish, refleksiv tahlil va innovatsion menejment ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlangan; 
ta’lim transformatsiyasi sharoitida pedagog kadrlarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayonini refleksiv faoliyat, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy moslashuvchanlik imkoniyatlarini faollashtiruvchi omillarni bosqichma-bosqich integratsiyalash orqali kasbiy o‘sish trajektoriyalarini individuallashtirishga xizmat qiluvchi dinamik rivojlanish mexanizmi sifatida takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalardan MRB-OT-2019-23 “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti” (2020-2021 yy.) mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida qo‘llanilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 02/01-01-30 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning kasbiy kompetentligi, refleksiv faoliyati va o‘zini o‘zi rivojlantirish motivatsiyasi sezilarli darajada oshgan;
pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati samaradorligini baholashning diagnostik mexanizmlarini neyropedagogik kuzatuv, adaptiv monitoring hamda kasbiy faoliyat natijalarini ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bilan bog‘lovchi integrallashgan baholash mezonlarining mazmuni va funksional imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi  391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № MO-391-2-12 raqamili “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishi bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari kadrlarini qo‘shma malaka oshirish kursining o‘quv reja va dasturlariga singdirilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 02/01-01-30 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning refleksiv faoliyati, kasbiy moslashuvchanligi hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq holda baholanishi ta’minlangan;
pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minotini kreativ fikrlash, muammoni hal etish, refleksiv faoliyat va kasbiy faoliyatning zamonaviy talablariga tezkor moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan adaptiv ta’lim texnologiyalariga asoslangan maxsus o‘quv modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida № MO-4-19 raqam bilan ro‘yhatga olingan   “Ta’lim tizimi menejmenti” hamda № MO-Al-4-18  raqam bilan ro‘yhatga olingan   “Ta’limda menejment” yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarining o‘quv reja-dasturlari va malaka talablariga singdirilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 02/01-01-30 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning kasbiy kompetentligi — ya’ni kreativ fikrlash, refleksiya va moslashuvchanlik salohiyati kompleks tarzda rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish