Xasanova Gulnaza Raxatjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirish” (pedagogika fanlari misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7760
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, dotsent Matjanov Nurjon Sultonmuradovich, pedagogika fanlari doktori, professor Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirishning potensial imkoniyatlarini aniqlash hamda samarali pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligining pedagogik tahlili ta’lim jarayonini bilim izlash, axborot manbalarini sintezlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish komponentlarini tizimli ravishda o‘rganish, faollik va samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlarni adaptiv baholash, refleksiv va amaliy komponentlarni qiyosiy tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirish jarayoni faol va mas’uliyatli ishtirokini fleksibid ta’lim muhitiga maqsadli integratsiyalash, individual o‘quv traektoriyasining o‘sish darajasini autentik baholash mezonlari va indikatorlariga moslashtirish, mustaqil faoliyatni raqamli platformalardagi resurslariga o‘zaro integratsiyasini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;  
kredit-modul tizimi asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish modeli kreativ fikrlash ko‘nikmalarini ta’lim mazmuniga singdirish, raqamli ta’lim muhitini masofaviy resurslar va keyslar bilan to‘yintirish, modulli o‘quv rejalariga mos innovatsion metodlarni maqsadli-jarayonli komponentlarga funksional akslantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatini kognitiv, motivatsion, amaliy va reflektiv diagnostikalash, fleksibil ta’lim muhitini qayta loyihalash, mexanizmlarni maqbul qo‘llash, autentik baholash tizimini joriy etish va subekt munosabatlari barqarorligini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari va ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy xulosalar tizimli ravishda umumlashtirildi:
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligining pedagogik tahlili ta’lim jarayonini bilim izlash, axborot manbalarini sintezlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish komponentlarini tizimli ravishda o‘rganish, faollik va samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlarni adaptiv baholash, refleksiv va amaliy komponentlarni qiyosiy tasniflash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyul kungi 22-01-272/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
talabalarning kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirish jarayoni faol va mas’uliyatli ishtirokini fleksibid ta’lim muhitiga maqsadli integratsiyalash, individual o‘quv traektoriyasining o‘sish darajasini autentik baholash mezonlari va indikatorlariga moslashtirish, mustaqil faoliyatni raqamli platformalardagi resurslariga o‘zaro integratsiyasini muvofiqlashtirishga asoslangan tizimli yondashuv natijasida aniqlangan takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyul kungi 22-01-272/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari va ularni qo‘llash mexanizmlari samaradorligi oshgan;
kredit-modul tizimi asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish modeli kreativ fikrlash ko‘nikmalarini ta’lim mazmuniga singdirish, raqamli ta’lim muhitini masofaviy resurslar va keyslar bilan to‘yintirish, modulli o‘quv rejalariga mos innovatsion metodlarni maqsadli-jarayonli komponentlarga funksional akslantirish asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyul kungi 22-01-272/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tizimda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatini kognitiv, motivatsion, amaliy va reflektiv diagnostikalash, fleksibil ta’lim muhitini qayta loyihalash, mexanizmlarni maqbul qo‘llash, autentik baholash tizimini joriy etish va subekt munosabatlari barqarorligini ta’minlashga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyul kungi 22-01-272/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish