Sarieva E’tibor Matchanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Madaniy turizm orqali talabalar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6187
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Saidova Moxinur Jonpulatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Rajabov Furqat To‘raqulovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: madaniy turizm orqali oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, tizimlashtirish va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muhitida madaniy turizmning ta’limiy imkoniyatlari madaniy qadriyatlar tizimini tarixiy-madaniy merosga hurmat, milliy qadriyatlarga sodiqlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlar bilan uyg‘unlashtirish, tarbiyaviy ahamiyatini perseptiv, kognitiv va kompetensiyaviy yondashuvlarga adaptatsiyalash, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning konstruktivistik va andrapedagogik salohiyatini aniqlashni kompleks baholash asosida tahlil qilingan;
madaniy turizm asosida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik imkoniyatlar ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’limiy-tarbiyaviy jarayonlarni madaniy meros obektlari, turizm vositalari va pedagogik salohiyatiga tizimli integratsiyalash, innovatsion o‘quv-didaktik materiallarni modernizatsiyalashgan mualliflik texnologiyasini refleksiv baholashga bog‘liqligi asosida aniqlashtirilgan;
madaniy turizm vositalari yordamida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini samarali tashkil etish modeli tashkiliy-metodologik komponentiga milliy an’analarga asoslangan ijodiy loyihalarni pedagogik-psixologik va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar bilan uyg‘unlashtirish, mazmunli-jarayonli komponentiga ekskursiyalar, tarixiy obidalarga tashrif, muzey va madaniy muassasalarda o‘tkaziladigan interaktiv mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muhitida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonining samaradorligi madaniy muhitni shakllantirishda estetik dunyoqarash va tarixiy ongni ijtimoiy faollik va muloqotning kollaborativligini ta’minlash, interaktiv va amaliy kurslarni determinativ ko‘rsatkichlarga bog‘liq o‘zgarishlarni monitoring qilish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy turizm orqali talabalar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muhitida madaniy turizmning ta’limiy imkoniyatlari madaniy qadriyatlar tizimini tarixiy-madaniy merosga hurmat, milliy qadriyatlarga sodiqlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlar bilan uyg‘unlashtirish, tarbiyaviy ahamiyatini perseptiv, kognitiv va kompetensiyaviy yondashuvlarga adaptatsiyalash, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning konstruktivistik va andrapedagogik salohiyatini aniqlashni kompleks baholash asosida ilmiy jihatdan tahlil qilindi hamda “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirildi (Urganch davlat universiteti rektorining 2025-yil 30-iyundagi qarori). Natijada oliy ta’lim muhitida talabalarda tarixiy-madaniy merosga hurmat, milliy qadriyatlarga sodiqlik hamda ijtimoiy faollikni shakllantiruvchi pedagogik imkoniyatlari aniqlandi;
madaniy turizm asosida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik imkoniyatlar ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’limiy-tarbiyaviy jarayonlarni madaniy meros obektlari, turizm vositalari va pedagogik salohiyatiga tizimli integratsiyalash, innovatsion o‘quv-didaktik materiallarni modernizatsiyalashgan mualliflik texnologiyasini refleksiv baholashga bog‘liqligi “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirildi (Urganch davlat universiteti rektorining 2025-yil 30-iyundagi qarori). Natijada madaniy turizm orqali talabalar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirildi;
madaniy turizm vositalari yordamida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini samarali tashkil etish modeli tashkiliy-metodologik komponentiga milliy an’analarga asoslangan ijodiy loyihalarni pedagogik-psixologik va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar bilan uyg‘unlashtirish, mazmunli-jarayonli komponentiga ekskursiyalar, tarixiy obidalarga tashrif, muzey va madaniy muassasalarda o‘tkaziladigan interaktiv mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirildi va Andijon davlat pedagogika institutida bajarilgan 01-713 raqamli “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amaliyotga joriy etildi. Natijada mazkur model madaniy turizm pedagogik imkoniyatlarini anglashga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida amaliyotda samarali qo‘llanila boshlandi;
oliy ta’lim muhitida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonining samaradorligi madaniy muhitni shakllantirishda estetik dunyoqarash va tarixiy ongni ijtimoiy faollik va muloqotning kollaborativligini ta’minlash, interaktiv va amaliy kurslarni determinativ ko‘rsatkichlarga bog‘liq o‘zgarishlarni monitoring qilish Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan AI-XT-0-92997 raqamli“Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli ilmiy-amaliy loyiha doirasida amaliyotga joriy etildi. Natijada madaniy turizmning talabalar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidagi samaradorligini aniqlash indikatorlarini belgilash imkoniyati yaratildi.