Qodirova Guli Marselovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarining 5-7-sinflarida jadid she’riyatini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (A.Avloniy va H.H.Niyoziy she’riyati misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped8215.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Juraeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Murodov Adham Ilhom o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adabiyot darslarida jadid shoirlari, xususan, Abdulla Avloniy va Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatidagi ijodiy individuallik, badiiy mahorat, shakliy va uslubiy izlanishlarni o‘quvchilarga o‘rgatish, mazkur mavzularni o‘qitish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadid she’riyatining shakllanishi va uning ma’rifiy g‘oyalarining rivojlanishdagi tarixiy pedagogik shart-sharoitlar XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi muhitni she’riyatning A.Avloniy (tarbiya-insoniyat-madaniyat) va H.H.Niyoziy (vatan-hurriyat-milliy birlik) yo‘nalishlariga simulyativ birligini ta’minlash, o‘qitishning qiyosiy tipologiyasi, metodologik vositalari, uslub va shakllarini diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
jadid she’riyatini o‘qitishda raqamli va multimedia vositalarining didaktik-metodik jihatlari o‘quvchilarda qiziqish va tahlil ko‘nikmalarini Avloniyning “Vatan”, “Chin do‘st” va Niyoziyning “Jonlarning jononi vatan” she’rlaridagi vatanparvarlik, millatlaro totuvlik, gumanizm g‘oyalariga mos intensivligini ta’minlash, milliy mental xususiyatlarini ta’lim-tarbiya mazmuniga integrativ-vizual amaliy uslublar orqali singdirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining 5-7-sinflarida jadid she’riyatini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirishda namoyandalarning sinergetik, akmeologik va aksiologik yondashuvlarini kompleks qo‘llash, pedagogik qarashlarini produktiv, progressiv, empirik darajalariga ta’lim-tarbiya identifikatsiyasi konstruksiyasining refleksivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining 5-7-sinflarida jadid she’riyatini o‘qitish samaradorligi jadid namoyandalarining ma’naviy merosini kreativ fikrlash va ijodkorlikni atributiv kategoriyalar orqali uslubiy-metodik jihatdan kompleks ta’minlash, o‘quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirish omillari o‘qitishning interfaol texnologiyalarini qo‘llash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining 5-7-sinflarida jadid she’riyatini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablarida Adabiyot darslarida jadid she’riyati namunalarini o‘qitishda bola ruhiyati va qiziqishiga uyg‘un holda jadid she’riyatidan asarlar tanlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlarini tizimli shakllantirish, pedagogik imkoniyatlari zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or g‘oyalari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish va bu orqali o‘quvchilarda badiiy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan tadqiqot natijalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi bajarilishi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 ““bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-avgustdagi № 01/4-3736-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida Adabiyot darslarida jadid she’riyati namunalarini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda “Qarama-qarshi bahs”, “Mind’s Ee”(Aqlning ko‘zi) texnologiyalaridan foydalanish izchil va tizimli yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini adabiyot o‘qitish orqali rivojlantirish mazmuni an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘zbek tili va adabiyoti darslarida fanga doir nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarni takomillashtirish bilan bir qatorda o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatga o‘z echimini taklif qilishga o‘rgatish yo‘llari aniqlangan va bu jarayonda fanga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini takomillashtirish jarayonida turli metod, usul va texnologiyalardan foydalanishda nazariyadan amaliyotga tamoyili afzal ekanligi isbotlanganligi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan RZ-202004165-“Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-avgustdagi № 01/4-3786-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili va adabiyotiga doir nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini takomillashtirishning mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish keng yoritilgan;
fanga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini takomillashtirish jarayonida turli metod, usul va texnologiyalardan foydalanishda nazariyadan amaliyotga tamoyili afzal ekanligi isbotlashga oid takliflar 2021-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474 ““bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan. Natijada, o‘zbek tili va adabiyotiga doir nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi oshgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarga jadid she’riyatini o‘rgatish orqali ularda vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirishga oid fikr mulohazalardan Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 7-yanvar kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm” dasturida hamda 2025-yil 3-fevral kuni efirga uzatilgan “Mavzu tafsiloti” radioeshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 3-sentyabrdagi №713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jadidchilikning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati va adabiyot darslarida jadid she’riyati o‘qitilishi samaradorligini oshirishga erishilgan.