Bobotaev Mirjalol Ibodulla o‘g‘lining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi dialektizmlarning parametrik tahlili 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2159
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilgan dialektizmlarning lingvistik xususiyatlari, ularga xos parametrlarni tizimli ravishda tavsiflash, shuningdek, o‘zbek tiliga oid turli lug‘atlar, ayniqsa izohli lug‘atlarda dialektal leksikaning parametrlar asosida aks ettirilish holatini lingvistik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi dialektizmlarning lingvoareal, etnolisoniy, etnomadaniy va qiyosiy-tarixiy xususiyatlari lingvostatistik, fonetik-orfografik, morfologik, etimologik va leksik-semantik parametrlar tahlili asosida dalillangan;
dialektal lug‘aviy birliklarning lingvoareal jihatlari izohli lug‘at materiali asosida jonli shevalar (qarluq, qipchoq, o‘g‘uz) bilan sinxron va diaxron qiyoslash orqali ularning markirovkasidagi noaniqliklar bartaraf etilgan hamda leksikografik tavsiflashning takomillashtirilgan mezonlari ishlab chiqilgan;
muayyan konseptni ifodalovchi dialektal lug‘aviy birliklarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni va maqomi, shuningdek, ularning adabiy til leksikasi va frazeologik fondi bilan shakl-mazmun munosabatlari nuqtai nazaridan simmetrik va asimmetrik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinib, dalillar bilan asoslab berilgan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd qilingan o‘zbek lahja va shevalariga oid 1330 ta lug‘aviy birlikning shevalar, shuningdek, leksikologik tizimdagi o‘rni va milliy-madaniy, konseptual hamda lisoniy belgilariga nisbatan parametrik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi shevaga oid so‘zlarning leksikografik talqini va tavsifi yuzasidan olingan ilmiy tahlil, xulosa hamda natijalar asosida:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi dialektizmlarning lingvoareal, etnolisoniy, etnomadaniy va qiyosiy-tarixiy xususiyatlari lingvostatistik, fonetik-orfografik, morfologik, etimologik va leksik-semantik parametrlar tahlili asosida dalillangan tavsiyalar va xulosalaridan 2020-2023 yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 9 iyundagi 01/4-2342-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek shevalariga xos so‘zlardan tuzilgan lug‘atlardagi birliklardan dialektal korpus yaratish va unda sheva so‘zlarining o‘rnini belgilash, shevaga oid so‘zlarni transkripsiya qilishdagi har xillikdan qochib bir xillikni ta’minlash kabi masalalarning echimi leksikografiya sohasidagi ilmiy yutuqlarning ko‘payishiga xizmat qilgan;
dialektal lug‘aviy birliklarning lingvoareal jihatlari izohli lug‘at materiali asosida jonli shevalar (qarluq, qipchoq, o‘g‘uz) bilan sinxron va diaxron qiyoslash orqali ularning markirovkasidagi noaniqliklar bartaraf etilgan hamda leksikografik tavsiflashning takomillashtirilgan mezonlari ishlab chiqilgan xulosalaridan 2021-2023 yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025 yil 20 iyundagi 364/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy ishlar va loyihalarning samaradorligi oshgan;
muayyan konseptni ifodalovchi dialektal lug‘aviy birliklarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni va maqomi, shuningdek, ularning adabiy til leksikasi va frazeologik fondi bilan shakl-mazmun munosabatlari nuqtai nazaridan simmetrik va asimmetrik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinib, dalillar bilan asoslab berilgan o‘rinlardan 2022-2024 yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 9 iyundagi 01/4-2343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksioni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda, shuningdek, lug‘atlardagi dialektal lug‘aviy birliklarning shevaga xos so‘zlar hamda ularning adabiy til materiallari bilan ifoda-mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va asimmetrik munosabatlari asoslab berilgan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd qilingan o‘zbek lahja va shevalariga oid 1330 ta lug‘aviy birlikning shevalar, shuningdek, leksikologik tizimdagi o‘rni va milliy-madaniy, konseptual hamda lisoniy belgilariga nisbatan parametrik xususiyatlari aniqlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025 yil 6 iyundagi 26-36-995-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish mavzusi doirasidagi ma’lumotlarning ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga erishilgan.